Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Oltoy erkin ekologik hududining tashkil etilishi, uning salohiyati va



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

10.3. Oltoy erkin ekologik hududining tashkil etilishi, uning salohiyati va 
huquqiy, iqtisodiy munosabatlari 
1997-yil dekabr oyidan boshlab Oltoy erkin ekologik hududi garchi faoliyat 
ko„rsata boshlagan bo„lsa-da, aslida ushbu EIHni tashkil topishida 1991-yil 25-mayda 
chiqargan sobiq Rossiya hukumatining “Oltoy o„lkasi – erkin iqtisodiy hududining 
xo„jalik va huquqiy mavqei to„g„risida”gi qarori muhim rol o„ynagan edi. 
Oltoy o„lkasi G„arbiy Sibirning Janubiy-Sharqida joylashgan bo„lib, 
Novosibirsk va Kemerovo viloyatlari bilan, Qozog„iston va Oltoy Respublikasi bilan 
chegaralanib turadi. Ekologik hududning umumiy er maydoni 168 ming km
2
ni 
tashkil etib, o„lkada 12 ta shahar, 14 ta shahar tipidagi poselka, 7 ta qishloq 
tumanlari, shu jumladan, nemis milliy tumani ham faoliyat ko„rsatadi. Oltoy 
o„lkasining markazi Barnaul shahri bo„lib, o„lkada 110 dan ortiq millat va elat 
vakillari yashaydi. Jumladan, aholining 91 %ni ruslar, 4 %ni nemislar, 3 %ni 
ukrainlar, 0,4 %ni beloruslar va qozoqlar, 0,3 %ni mordvaliklar, tatarlar va 
chuvashlar, 0,1 %ni esa oltoyliklar tashkil etadi.
O„lkaning Sharqiy tomonlari tog„li hududlar bilan, G„arbiy tomonlari esa cho„l 
landshaft zonalari bilan o„ralgan. O„lkada qishloq xo„jaligini rivojlantirish uchun 
qulay issiq iqlim bo„lib, asosan, sabzavot va bog„dorchilik mahsulotlari yetishtiriladi. 
O„lka territoriyasidan oqib o„tuvchi Biya va Katun daryolari qo„shilib, Sibirning yirik 
Ob daryosini tashkil etadi. O„lkada 13 mingdan ortiq ko„llar bo„lib (9 mingga yaqini 
chuchuk suvli ko„llar hisoblanadi), ularning eng kattasi Kulundin ko„li (maydoni 728 
km
2
) hisoblanadi. Oltoy tog„ tizmasida esa tabiatdan juda chiroyli Aya nomli ko„l 
ham joylashgan.
Oltoy o„lkasining ko„pchilik joylari qalin o„rmonlardan iborat bo„lib, bir necha 
yuz ming kilometrlab maydonlar o„ziga xos o„simlik dunyosi bilan qoplangan. O„lka 
o„simlik va hayvonot dunyosiga juda boy bo„lib, unda 300 ga yaqin turdagi 
oziqlanuvchi hayvonlar, 300 dan ortiq turdagi qushlar va sudralib yuruvchilar 
yashaydi. Suv havzalari esa baliqlarga boy. 
XVII asrda Oltoy o„lkasi birinchi marta ruslar tomonidan kashf etilgan bo„lib, 
polimetall ruda konlarining ochilishi bilan o„lkada sanoat rivojlana boshladi. Oltoy 
o„lkasida (ma‟nosi “Oltin tog„lar”) sanoatni rivojlanishida taniqli rus sanoatchisi 
A.N.Demidovning hissasi katta bo„lib, u birinchi bo„lib, qazib olingan yer osti 
boyliklarini o„lkaning o„zida qayta ishlashga erishgan edi. Bu davrda Kalivano-
Voskresensk (1729 y.), Barnaul (1740 y.) kabi zavodlar qurilib ishga tushirildi. 
Zavodlarda asosan, oltin, kumush va mis rudalari qayta ishlanganligi sababli ham, 
Oltoy o„lkasi qadimgi Rusiyada yuqori rentabelli mintaqalardan biri hisoblangan. 
Barnaul zavodi qurilgan posyolka o„rnida keyinchalik Barnaul shahri bunyod etildi. 
O„lkada fan va texnika, madaniyat rivojlana boshladi. Jahonga mashhur bug„ 


301 
mashinasining va gidroqurilmaning yaratilishi ham shu o„lkada yashab o„tgan Kozma 
Frolov va I.I.Polzunovlarning nomi bilan bog„liqdir. Hozirgi kunda Oltoy o„lkasida 
500 dan ortiq sanoat korxonalar faoliyat ko„rsatib turibdi. Sanoatning rivojlangan 
tarmoqlari bo„lib mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoat korxonalari, kimyo 
va neftni qayta ishlash sanoati, to„qimachilik va yengil sanoat tarmoqlar, hamda 
qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati korxonalari hisoblanadi. O„lkada ishlab 
chiqarilgan sanoat mahsulotlarning 30-35 % mashinasozlik va metallni qayta ishlash 
sanoat tarmoqlariga to„g„ri kelib, bular haydov va trevalli traktorlar, kombayn va 
traktor dvigatellari, stanoklar, bug„ qozonlari, burg„ulash mashinalari va yuk tashish 
uchun mo„ljallangan magistral vagonlar, dizelli generatorlar, preslovchi mashina va 
stanoklar, avtomobil va traktorlarning generatorlari, haydov moslamalari va qishloq 
xo„jaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlardan iboratdir. 
Oltoy o„lkasida yoqilg„i-energetika sanoat majmuasining rivojlanishi xo„jalik 
yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. O„lkada yiliga 12,4 mln. kVt soat elektr 
energiyasi iste‟mol qilinib, uning 50 % o„lkaning o„zida ishlab chiqariladi. O„lkada 8 
ta yirik issiqlik elektrostantsiyasining markazlari bo„lib, uning 4 tasi RF energetika 
vazirligi tarkibiga kirsa, 4 tasi esa o„lkaga tegishli blokstantsiyadir. O„lkada elektr 
uzatuvchi liniyalarning umumiy uzunligi 75 ming kilometrni tashkil qilsa, kabel 
qurilmalarning uzunligi 130 km ni issiqlik trassalarining uzunligi esa 172 km ni 
tashkil etadi. Issiqlik elektrostansiyalarning (Zarin issiqlik elektroenergiyasi 
markazidan tashqari) asosiy qismi toshko„mir va mazut bilan ishlaydi. 1995-yilda 
o„lkaga tabiiy gazning kirib kelishi munosabati bilan issiqlik elektrostansiyaning bir 
qismi gaz bilan ishlay boshlangan edi. 
Oltoy o„lkasi yer osti qazilma boyliklarga boy bo„lgan iqtisodiy tumandir. 
O„lkada polimetallar (zahirasi 50 mln. tonna), osh tuzi, toshko„mir, soda va mirabilit 
konlarining katta zahirasi mavjud. Bundan tashqari temir rudasi, qimmatbaho nodir 
metallarning zahiralarini borligi o„lka makroiqtisodiyotini rivojlanishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda Oltoy o„lkasi noyob qazilma boyliklarga, 
ya‟ni marmar, granit, mineral tuzlarga va ichimlik suvlarga boy bo„lib, davolash 
balchiqlari bilan ham butun dunyoga mashhurdir. 
Oltoy o„lkasida kimyo va neft kimyosi sanoat tarmoqlari ham rivojlangan soha 
bo„lib, o„lkada sintetik tola va iplar, sintetik materiallar, samolet va avtomobillar 
uchun shinalar, rezina va asbesttexnika mahsulotlari, texnik uglerod kislotasi va 
boshqa kimyoviy mahsulotlar (erituvchi suyuqlik, bo„yoqlar va hokazolar) ishlab 
chiqariladi. Maishiy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hissasiga umumiy ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning 12 % to„g„ri keladi. 
Sanoat ishlab chiqarish strukturasida qora metallarning yalpi salmog„i 95 %ni 
tashkil etadi. 1984-yilda Oltoy koksokimyo zavodining qurilishi (hozirgi “Oltoykoks” 
hissadorlik jamiyati) MDH davlatlarining metallurgiya kombinatlarini rivojlanishida 
muhim rol o„ynamoqda. O„lkada yengil va to„qimachilik sanoat korxonalari, 
shuningdek, qishloq xo„jaligi ham rivojlangan sohadir. 
Oltoy o„lkasining madaniyati ham ko„p asrlik tarixga ega. O„lkada toshtaroshlik 
san‟ati, rassomchilik madaniyati, fan-texnika, sayyohlik va turizm sohalari ham 
yildan-yilga rivojlanib bormoqda.


302 
Oltoy o„lkasi tabiiy resurslarga boy hudud bo„lib, EIHni tashkil etish borasida 
o„lka ma‟muriyati investitsiyalarni, asosan, quyidagi yo„nalishlar bo„yicha taqsimlab 
kelmoqda: 
- qishloq xo„jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashga; 
- xalq iste‟moli mahsulotlarini ishlab chiqarishga; 
- qurilish va konstruksiyaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishga; 
-mudofaa 
kompleksi 
korxonalarini 
ta‟mirlab, 
mashinasozlik 
sanoati 
mahsulotlarini ishlab chiqarishga; 
- o„rmon xo„jaligi va yog„och materiallarni qayta ishlashga; 
- temir rudalarni, ko„mir va qimmatbaho toshlarni, marmar va oltin rudali 
toshlarni qayta ishlash sanoat korxonalariga; 
- kimyo va neft-kimyo sanoat kompleksiga qarashli korxonalarni qayta 
ta‟mirlab, shisha va shishadan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga;
- to„qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishga; 
- turizm sohasini va shuningdek, sanatoriya va kurort tumanlarni rivojlantirishga 
va hokazolarga. 
Oltoy erkin-ekologik hududni tashkil etilishida va tabiiy yer osti va yer usti 
resurslarga boyligi, turizm, sanatoriya va kurort industriyasining rivojlanganligi, 
chuqur iqtisodiy islohotlarni o„tkazilishi, chet el kapitali uchun huquqiy 
kafolatlarning mavjudligi va shuningdek, soliq imtiyozlarga egaligi kabi bir qator 
obyektiv va subyektiv omillar muhim rol o„ynamoqda. 
Oltoy erkin-ekologik hududining tashkil etilishida Rossiya Federatsiyasi bilan 
Oltoy o„lkasining hukumat boshliqlari tomonidan imzolangan “Rossiya Federatsiyasi 
hukumat organlari tomonidan Oltoy o„lkasining hukumat organlariga berilgan huquq 
va kafolatlarini cheklash to„g„risidagi” shartnoma va shuningdek, Rossiya 
Konstitutsiyasining 72-moddasiga asosan, “boshqarishdagi qo„shma hamkorlik” 
to„g„risidagi qoidalar muhim ahamiyat kasb etgan edi. 
1996-yilda Oltoy o„lkasining ma‟muriyati sobiq RSFSR Oliy Sovetining “Oltoy 
o„lkasi EIHning xo„jalik huquqiy maqomi to„g„risida”gi (1991 y.) farmoyishi va 
sobiq RSFSR Ministrlar Sovetining “Oltoy o„lkasi erkin iqtisodiy hududini 
rivojlantirishni kechiktirib bo„lmaydigan vazifalari to„g„risida”gi qarori (1991 y.), 
shuningdek, Rossiya hukumatining 1996-yil 21-oktabrdagi 1256-sonli “Oltoy o„lkasi 
iqtisodiyotidagi turg„unlikni bartaraf etishni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash 
to„g„risida”gi hujjatlari asosida “Oltoy erkin iqtisodiy hududi to„g„risida” qonunni 
qabul qildi. Oltoy EIHni tashkil etishning asosiy maqsadi – bu Oltoy o„lkasi 
iqtisodiyotini rivojlantirish, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalangan 
holda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, o„lkada mavjud bo„lgan rekreatsion 
potensialdan unumli foydalanish, chet el investitsiyasini keng jalb etish va 
takomillashtirish, o„lkani ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirish, aholi 
migratsiyasini oldini olish, aholi turmush darajasini ko„tarish va yangi ish joylarni 
tashkil etishdan iborat edi. 
Oltoy erkin-ekologik hududning tartiboti bo„yicha huquqiy asoslari bo„lib 
quyidagilar hisoblanadi.:birinchidan, Oltoy EIHning zonasida Rossiya Federatsiyasi 
va Oltoy o„lkasining qonunlari amal qilishi; ikkinchidan EIHning lokal, bojxona va 


303 
boshqa ko„rinishlari bo„yicha amal qilish tartiblari o„lkaning qonun qabul qiluvchi 
tashkilotlari tomonidan o„lka ma‟muriyatining taklifiga asosan, belgilab berilishi; 
uchinchidan hukumatning va Oltoy o„lkasining mahalliy boshqaruv organlari EIHda 
“Oltoy erkin iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonunda ko„rsatilgan me‟yoriy-huquqiy 
hujjatlar doirasida faoliyat ko„rsatishi; to„rtinchidan Oltoy EIHni rivojlantirish 
bo„yicha ko„rilgan chora-tadbirlar o„lka ma‟muriyati tomonidan amalga oshirilishi; 
beshinchidan Oltoy EIHda federal qonunlarga zid keluvchi hatti-harakatlarga yo„l 
qo„ymaslik; oltinchidan er va tabiiy boyliklarga egalik qilish huquqi Rossiya 
Federatsiyasi qonunlariga asosan, va shuningdek, o„lkadagi o„zgarishlar asosida 
tartibga solib turilishi; yettinchidan ekologiyani zararsizlantirish va tadbirkorlikni 
qonunda man etilgan turlari bilan shug„ullangan huquqiy va jismoniy shaxslar 
Rossiya Federatsiyasi va Oltoy o„lkasining qonunlarida belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortilishi va boshqalar hisoblanadi. 
Oltoy EIHning faoliyat yuritish mexanizmi esa quyidagi qonun-qoidalar asosida 
belgilab berilgan: birinchidan Oltoy EIHni boshqarish Davlat tashkiloti hisoblanmish 
o„lka ma‟muriyati tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududning o„zida esa 
xo„jalik boshqaruvi uchun hissadorlik jamiyatlari ko„rinishida hududiy ma‟muriyat 
tashkil etilib, unga aksiyalar paketining 51 %ni ushlab turish huquqi berilgan; 
ikkinchidan, 
Oltoy 
EIHning 
ma‟muriyati 
aksionerlar 
yig„ilishida 
o„lka 
ma‟muriyatining taklifiga ko„ra 4 yil muddatga saylangan bosh direktor tomonidan 
boshqarilishi va boshqalar. 
Bundan tashqari, Oltoy EIHning ma‟muriyati o„z faoliyati doirasida: 
- birinchidan, Oltoy EIHni rivojlantirish dasturini ishlab chiqib uni amalga 
oshiradi; 
- ikkinchidan, chet el va mahalliy investorlarning takliflarini ekspertizadan 
o„tkazadi; 
- uchinchidan, Oltoy EIHning faoliyatini tartibga solib turuvchi me‟yoriy-
huquqiy hujjatlar majmuasini ishlab chiqadi; 
- to„rtinchidan, Oltoy EIHning faoliyat yuritishini tashkil etish va rivojlantirish 
maqsadida o„lkaning qonun chiqaruvchi tashkilotlariga iqtisodiyotning ustuvor 
yo„nalishlarini rivojlantirish bo„yicha takliflar majmuasi (shuningdek, soliq va 
bojxona to„lovlari bo„yicha ham) taqdim etadi; 
- beshinchidan, Oltoy EIHni rivojlantirish uchun qimmatbaho qog„ozlar 
emissiyasini muomalaga chiqarish, kredit olish va chet el investitsiyasini jalb qilish 
bilan shug„ullanadi; 
- oltinchidan, xo„jalik subyektlarini EIHning ishtirokchisi sifatida ro„yxatga olib, 
ular bilan xo„jalik shartnomalarini imzolaydi; 
- yettinchidan, EIHda xo„jalik subyektlarining moliyaviy resurslarini yangi 
korxonalar va yangi ish joylarni tashkil etish uchun yo„naltirilishi ustidan nazoratni 
olib boradi; 
- sakkizinchidan, kichik biznes va o„rta tadbirkorlikni tashkil etib, uni 
rivojlantirish bilan shug„ullanadi; 

to„qqizinchidan, 
hududlararo 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni 
takomillashtirishga e‟tiborni qaratadi; 


304 
- o„ninchidan, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga e‟tiborni qaratadi; o„n 
birinchidan, Oltoy EIH uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini 
amalga oshiradi; 
- o„n ikkinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; o„n uchinchidan, 
turli xil mavzularda maslahatlar berishni tashkil etadi o„n to„rtinchidan EIHning 
federal tashkilotlari bilan bo„ladigan o„zaro munosabatlarda ishtirok etib, 
muammolarni birgalikda hal etish kabi bir qator funksiyalarni bajarish huquqiga ega 
hisoblanadi. 
Oltoy erkin-ekologik hududini tashkil etishda turli xildagi mulk va tashkiliy 
huquqqa ega bo„lgan yuridik tashkilotlar va korxonalar ishtirok etib kelmoqda. Ushbu 
hududning ishtirokchilari uchun barcha qulayliklarga ega bo„lgan soliq imtiyozlari va 
huquqiy asoslar ham yaratib berilgan bo„lib, ular quyidagilardan iborat: 
- Oltoy EIHning ishtirokchilari uchun qonunda belgilangan barcha turdagi 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanish huquqi berilgan; 
- Oltoy EIHning ishtirokchilari o„z faoliyatini amalga oshirishi davrida quyidagi 
shart-sharoitlarga e‟tibor qaratmog„i lozim: 
- o„lkada istiqomat qilayotgan aholining sog„ligi va turmush tarzi uchun barcha 
shart-sharoitlarning yaratib berilishi; 
- o„lkaning tabiiy, tarixiy va madaniy merosini asrab avaylashi; 
- Oltoy EIHni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy manfaatdorlik asosida 
rivojlantirishi; 
- o„lkada ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega bo„lgan ishlab chiqarish 
korxonalarining qurilishini to„lig„icha ekspertizadan o„tkazish va boshqalar. 
Oltoy EIHda ro„yxatga olingan xo„jalik subyektlari o„z hohishlari bilan 
moliyaviy resurslarini birlashtirish maqsadida ittifoqlar, assotsiatsiyalar va 
korporatsiyalarga 
birlashishlari 
ham 
mumkin. 
Bunday 
birlashuvlar 
faqat 
monopoliyaga qarshi siyosatga zid kelmasligi lozim. 
EIH tarkibida chet el investitsiyalari bilan hamkorlikda korxonalar, bank 
tizimlari va sug„urta kompaniyalarini tuzish mumkin. Bunda tashkil topgan 
korxonalarning ba‟zi-birlari to„lig„icha xorijiy investitsiyalari asosida ham tashkil 
etilgan bo„lishi mumkin. 
EIH ishtirokchilarining faoliyati hudud ma‟muriyati bilan tuzilgan maxsus 
shartnomada ko„rsatilgan bo„lib, bu shartnoma o„zaro tenglik, manfaatdorlik va 
hohish tamoyillari asosida 5 yil muddatga tuzilishi mumkin. Bunda xo„jalik 
subyektlarining faoliyati to„g„risidagi shartnoma, o„z mohiyatiga ko„ra, birinchidan, 
Oltoy EIHni boshqarish va maqsadlarini tan olishni; ikkinchidan, Oltoy EIHning 
ishtirokchilari o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni; uchinchidan, Oltoy EIHning 
huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy maqomini bajarishda xo„jalik subyektlarining 
majburiyatini; to„rtinchidan, Oltoy EIHning a‟zolik badallarini o„z vaqtida to„lab 
borishligini; beshinchidan, hudud ishtirokchilarining xo„jalik, tashukiliy, huquqiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalarini 
hal 
etishdagi 
majburiyatlarini; 
oltinchidan, 
shartnomaning bajarilishida tomonlarning javobgarligini; yettinchidan, shartnomani 
bekor qilinish shartlari va boshqalarni o„z ichiga oladi. 
Oltoy 
EIHning 
ma‟muriyati 
bilan 
hudud 
qatnashchisi 
o„rtasidagi 


305 
investitsiyalarni hududga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
to„g„risidagi shartnoma odatda 5 yil muddatga imzolanadi. Bu shartnomaga ko„ra 
hudud ma‟muriyati Oltoy EIHi to„g„risidagi qonunga amal qilgan holda ishtirokchi 
davlatlar tomonidan kiritilgan investitsiyalarni himoya qilishi, Oltoy o„lkasini 
rivojlantirishning Davlat dasturini qo„llab-quvvatlashi, er va tabiiy boyliklardan 
Rossiya qonunchiligida ko„rsatilgan majburiyatlar asosida foydalanishni o„z 
zimmasiga oladi. 
Oltoy iqtisodiy hududida Rossiyalik va chet ellik investorlar quyidagi 
huquqlarga ega hisoblanadi. Rossiyalik va chet ellik investorlar Oltoy EIHga 
quyidagi holatlar bo„yicha investitsiya kiritish huquqiga ega bo„lishi mumkin. 
Birinchidan, Rossiya va boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari 
tomonidan tashkil etilayotgan qo„shma korxonalarda paychilik asosida ishtirok etishi 
mumkin; ikkinchidan, chet ellik investorlar o„z mablag„lari hisobidan korxonalar 
tashkil etishi mumkin; uchinchidan, Rossiya Federatsiyasi va Oltoy o„lkasi 
qonunlariga binoan korxonalarni, bino va muassasalarni sotib olishi yoki emissiyaga 
chiqarilgan aksiyalarni, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog„ozlarni paychilik 
asosida boshqarishi mumkin; to„rtinchidan, qonunda ko„rsatilgan tadbirkorlik 
faoliyatining barcha turlari bilan shug„ullanishi mumkin. 
Oltoy EIHning ishtirokchilari quyidagi soliq imtiyozlariga ega bo„lib, 
birinchidan, Oltoy EIHning ishtirokchilari 5 yil muddatga o„lkaning budjetiga 
to„lanadigan barcha soliqlardan ozod qilinishi bilan bir qatorda Federal soliqlarning 
ham bir qismidan ozod qilingan. Faqatgina tabiiy resurslardan foydalanganligi uchun, 
litsenziya olish uchun, ekologiyaga yetkazilgan zararni qoplash uchun, nafaqa va 
bandlik fondlari uchun, ijtimoiy ta‟minot fondi uchun va shuningdek, aholi 
daromadidan olinadigan soliqlargina Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ko„zda 
tutilgan tartibda amalga oshiriladi xolos. Ikkinchidan, Oltoy EIHning ishtirokchilari 
10 yil muddatga foyda va qo„shimcha qiymat solig„ini o„lka budjetiga tushadigan 
qismidan, ya‟ni energetika, aloqa vositalari, aeroportlar, yo„llar, gaz o„tkazish 
tarmoqlari, ekologik tizimni qayta tiklash, ijtimoiy infratuzilma, qurilish 
materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xo„jalik va sanoat mahsulotlarini ishlab 
chiqarish va qayta ishlash, mehmonxonalar va turistik komplekslar, resurslarni tejab, 
chiqindisiz ishlaydigan korxonalarni qurish, texnik spirt va dori-darmon ishlab 
chiqaradigan obyektlarni qurish va hokazolar soliqdan ozod etiladi. Ushbu korxonalar 
10 yildan so„ng esa keyingi 5 yil mobaynida yuqorida ko„rsatilgan soliq turlarining 
50 %ni to„laydi. Uchinchidan, Yuqorida ko„rsatilgan imtiyozlar tugagandan so„ng – 
ishtirokchilar tomonidan o„lka budjetiga kelib tushadigan mablag„larning barchasi 
Oltoy EIHni rivojlantirish, qayta investitsiyalash, xo„jalik subyektlariga kreditlar 
berish va shuningdek, EIHni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun sarf 
qilinadi. 
Shunday qilib, Oltoy EIHni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishi 
ishlab chiqilgan dasturlar, rejalar va loyihalar kompleksi asosida amalga oshirib 
kelinmoqda. Makroiqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan ustunlikka ega bo„lgan 
sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanmoqda. 
Oltoy EIHni rivojlanishini nazorat qilib turish Oltoy o„lkasining ma‟muriyati 


306 
tomonidan olib boriladi. Bunda o„lkaning mahalliy organlari ham o„z huquqlari 
doirasida boshqarish funksiyasini bajaradi. O„lka ma‟muriyati iqtisodiy hududni 
boshqarishda Rossiya federal qonunchiligiga muvofiq EIHga jalb qilingan 
investitsiyalarni himoya qilib, norezident tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini 
himoya qiladi.
Ma‟lumki, Oltoy EIHni uch yo„nalishda (eksportga mahsulotni erkin ishlab 
chiqarish hududi, erkin savdo hududi, offshor rekreatsion hududi) tashkil etish ko„zda 
tutilgan. Biroq, hozirgi kunda EIHlarni tashkil etishning bir qator muammolari (katta 
imkoniyatga 
ega 
bo„lgan 
invetorlarni 
mavjudligi, 
lekin, 
investitsiyalarni 
yo„naltiradigan mukammal dasturning yo„qligi, EIHda Rossiyada istiqomat 
qilayotgan nemis millatiga mansub aholining asosiy qismi yashayotganligi, ya‟ni ular 
Oltoy EIH to„g„risidagi federal qonunning yo„qligiga ishora qilib, bu erda erkin 
bojxona hududi emas, erkin savdo omborlari hududini tashkil etish maqsadga 
muvofiq deyishmoqda) ham mavjud. 
Oltoy EIH Kipr orolidagi hududlar bilan xalqaro hamkorlik qilishga doir bir 
qator shartnomalar (investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro savdo-sotiq, qo„shma 
korxonalar qurish, Oltoy ko„rgazmalar yarmarkasida Kipr Respublikasining xalqaro 
ko„rgazmasini tashkil etish va boshqalar) imzolangan. Ushbu shartnomalar asosida 
xalqaro maydondagi investitsiyalarni jalb etish uchun tadbirkorlik dasturlari ishlab 
chiqilgan. Dasturlar doirasida butun dunyoga mashhur bo„lgan “Belokurixa” dam 
olish va sog„lomlashtirish markazida turistik rekreatsion hududi tashkil etildi. 
Shunday qilib, Oltoy EIH o„zining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy 
rivojlanishi jihatidan mamlakat iqtisodiyotini rivojida muhim ahamiyat kasb etib, 
xorijiy investorlarni va shuningdek, etib tadbirkorlarning qiziqishlarini tobora o„ziga 
jalb etmokda. 

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish