Fiziologiyasi va gigiyenasi


Bolalarning o ksish va rivojlanish qonuniyatlari: rivojlanish­



Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/252
Sana09.06.2022
Hajmi12,83 Mb.
#647569
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)

Bolalarning o ksish va rivojlanish qonuniyatlari: rivojlanish­
ning turli bosqichlarida gavda proporsiyasi. 
Bolalar o ‘sish va 
rivojlanishining muhim qonuniyatlariga, o'sish va rivojlanishning 
bir tekisda kechmasligini va tinimsizliklarim , hayotiy muhim funk­
sional tizim lar va akseleratsiyani. y a’ni ularni yetilishidan oldin yu­
zaga keluvchi hodisalar - geteroxroniyalarni kiritish mumkin.
I. 
A. Arshavskiy faqatgina turli yosh davrlarida organizmning 
fiziologik funksiyalarni spetsifik xususiyatlarini emas, balki shax­
siy rivojlanish qonuniyatlarini ham tushunish imkonini beruvchi 
asosiy omil sifatida «skelet muskullarining energetik qoidasini» 
shakllantirdi. Uning m a'lum otlariga k o'ra, turli yosh davrlaridagi 
energetik jarayonlarning xususiyatlari hamda nafas va yurak tom ir­
lar tizimining faoliyatining o'zgarishi va qayta shakllanishi onto- 
genez jarayonida yuqoridagi a ’zolarga mos b o ‘lgan skelet m uskul­
larining rivojlanishiga bog'liq bo'ladi.
A. A. M arkosyan shaxsiy rivojlanishining umumiy qonunlariga 
biologik tizim lar ishonchliligini ham qo'shishni taklif etdi.
Biologik tizim larning ishonchliligi deganda, organizmdagi ja- 
rayonlam ing boshqarilish darajasining, qaysini imkonivatdagi 
zaxiralardan favqulodda foydalanish natijasida yuqoridagi jara- 
yonlarning (optimal) maqbul holatda kechishi ta ’minlanishi va 
о ‘zaro almashinuvi natij asida yangi sharoitga moslashishini ta ’min- 
lovchi va juda tez ilgarigi holatga qaytish darajasi tushuniladi.
P. K. Anoxin geteroxroniva haqidagi ta ’limotni (funksional 
tizim larning notekis yetilishi) ilgari surdi va undan sistemogenez 
haqidagi ta ’limotning kelib chiqishini tushuntirib berdi. Uning 
ko'rsatishicha funksional tizim lar deganda turli lokalizatsiyalan- 
gan tuzilm alarni keng ko'lam dagi funksional jihatdan q o ‘shilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


natijasida aynan shu paytda olinadigan oxirgi moslashish samara- 
si (masalan. nafas olish funksional tizimi. tananing bo'shliqdagi 
harakatini ta'm inlovchi funksional tizim va h. k.) tushuniladi.
Funksional tizim. tuzilish jihatidan juda murakkab va o 'z ichiga 
afferentli sintez, qaror qabul qilish, o 'z-o 'zid an harakat qilish va 
uning natijasi, effektor a ’zolardan qayta afferentatsiva va. nihoyat, 
akseptorli ta'sir, kutilgan natija bilan olingan samaralarni qiyos- 
lashlarni qamrab oladi.
Afferentli tahlil. o 'z ichiga asab tizimiga tushadigan turli tur- 
dagi tahlil qilingan axborotlarni. tahlil qilinganlarni qayta ishlashni 
oladi. Tushayotgan axborotlarni tahlil va umum lashtirish natijalari 
avvalgi tajribalar bilan solishtiriladi.
Akseptordagi harakat bo'ig 'u si harakat modeli sifatida shakl- 
lanadi. boMg'usi natijalarni oldindan aniqlash yuz beradi va aniq 
natija bilan ilgari shakllangan model solishtiriladi.
Funksional tizim lar notekis yetiladi, ontogenetik rivojlanishning 
turli davrlarida organizmning moslashishini ta'm inlab bosqich- 
ma-bosqich qo'shilib. almashinib turadi.
Tuzilmalar birgalikda tu g'i 1 ish oldidan hayotiy muhim vazifalar- 
ni bajaruvchi funksional tizimlarni tashkil qilib, ular hosil bo'ladi va 
tanlanib hamda tezlashgan holda yetiladi. Masalan, og'izning ayla- 
na muskuli yuzning boshqa muskullari innervatsiya qilinishidan 
oldinroq. tezlashgan holda innervatsiya qilinadi. O g'izning aylana 
muskullaridan tashqari boshqa muskullar va emish aktini bajari- 
lishini ta'm inlovchi markaziy asab tizimining boshqa tuzilmalari 
ham tezlashgan rivojlanishga uchravdi. Q o'lning barcha nervlari 
orasida eng avval ushlash refleksida ishtirok etuvchi muskullarni 
qisqarishini barmoqlarni bukilishini ta'm inlovchi nervlar bunday 
to 'la qiymatli funksional tizimlarni tashkil qiluvchi m orfologik 
hosilalar, ya'ni yangi tug'ilgan bolalarning yashashini ta'm in lo v ­
chi morfologik tanlanib va tezlashib rivojlanishi sistem ogenez deb 
ataladi.
Sistemogenez rivojlanishning umumiy 
qonuniyati 
bo'lib, 
aynan em brional rivojlanish bosqichida yaqqol namoyon bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lekin funksional tizim larning geteroxronli yetilishi va bosqich- 
ma-bosqich q o ‘shilishi hamda almashinishi shaxsiy rivojlanishning 
boshqa bosqichlari uchun ham xarakterlidir.
Odam organizmida u tu g ‘ilganidan told o iim ig a qadar uning 
hayotining turli davrlarida tuzilishning maxsus xususiyatlari, bio- 
kimyoviy jarayonlar, organizmning to i iq yoki uning ayrim tizim- 
larining funksiyalarini o'zgarishi qayd qilinadi. Bu o'zgarishlar 
m a ’lum darajada o'sish va rivoj lanishning bosqichlarini aniqlovchi 
irsiy omillar bilan ta ’min etiladi. Ammo bu irsiy omillarning na­
m oyon bo'lishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga, yoshga oid xusu- 
siyatlarni shakllanishida oziqlanish va odamlarning ijtimoiy hayo­
tining mohivatini tashkil qiluvchi o'qitish va tarbiyalash hayotning 
gigiyenik sharoitlari, bolaning odam lar bilan muloqoti, jism oniy va 
mehnat faoliyati va boshqa omillar egadir.
Odamning hayoti - bu rivoj lanishning uzluksiz jarayonidir. 
Dastlabki qadam va harakat funksiyalarining kelgusi rivojlanishi, 
bolaning boshlab gapirgan so'zi va nutq funksiyasining rivojla­
nishi, bolaning ovqat hazmi va o'sm irlik davrida jinsiy yetilish, 
markaziy asab tizimining tinimsiz rivojlanishi, reflektor faoliyat- 
ning murakkablashuvi, bularning hammasi organizmning uzluksiz 
o'zgarishidan keltirilgan ayrim misollardir.
Bola organizmining o'sish jarayoniga taalluqli xususiyatlardan 
bo'lib, uning notekisligi yoki geteroxronizm va toiqinsim onligi 
hisoblanadi. O 'sishning tezlashgan davrlari uning biroz sekinlashi- 
shi bilan almashadi. Bola organizmining o'sish dinamikasini grafik 
kuzatishlarda bu qonuniyat juda yaqqol nam oyon bo'ladi (1-rasm).
Bola o'sishining ancha jadallashgan davri hayotining birinchi 
yilida va jinsiy yetilish davrida, y a ’ni 11-15 yoshlik bo'lgan payt- 
larga to 'g 'ri keladi. Endi tug'ilgan bolaning bo'yi 50 sm bo'lgan 
bo'lsa, bir yoshning oxiriga kelib 75-80 sm ga yetadi, y a ’ni 50 % 
dan ortishi kuzatiladi, gavda og'irligi esa uch martaga, y a ’ni yan­
gi tug'ilgan bola bor y o 'g 'i 3,0-3,2 kg bo'lsa, birinchi yil oxiriga 
kelib 9,5-10.0 kg gacha yetadi. Keyingi yillarda jinsiy voyaga ye- 
tish davrigacha o'sish tezligi pasayadi va o 'rtacha viliga 1,5-2,0 kg 
qo'shilsa, b o'y uzunligi 4,0-5,0 sm ga o'sadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1-rasm. Yoshga bog'liq holda tana proporsiyalarining o'zgarishi.
O 'sish tezligining ikkinchi marta sakrashi jinsiy yetilish davri- 
ning boshlanishi bilan bog'liq bo’lib. bo'y uzunligi bir vilda 7-8 sm 
ga hatto 10 sm gacha ortadi. Vaholanki 11-12 yoshda qizlar o 'sish 
bo'yicha o 'g 'il bolalardan bo'ydorroq boiadilar. 13-14 yoshda 
ularning bo'ylari deyarli bir xil bo'lsa. 14-15 yoshga borib esa 
bo'yi bo'yicha o 'g 'il bolalar qizlardan o'tib ketadilar va bu ortiqlik 
butun hayot davomida saqlanib qoladi.
Yangi tug'ilish davridan to to 'lig 'ich a voyaga yetish yoshigacha 
tana uzunligi - 3,5 marta. gavda uzunligi - 3 marta, qo 'llar uzunligi
- 4,5 marta, oyoqlar uzunligi esa 5 marta ortadi. Yoshga qarab tana 
proporsiyasi ham kuchli almashadi.
Yangi tug'ilgan bola voyaga yetgan odamlarga nisbatan oyoq- 
larning kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan farq qiladi. 
Yangi tug'ilgan bola boshining balandligi gavda uzunligining 
1/2 qismini, 2 yoshli bolada 1/5. 6 yoshda 1/6. 12 yoshda 1/7 va 
voyaga yetgan odam larda 1 8 qismini tashkil qiladi. yosh o'tishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


biian bosh o'sishi sekinlashib, oyoqlariniki esa tezlashadi. Jinsiy 
yetilish davri boshlanguniga qadar (pubertatoldi davri) gavda pro- 
porsiyalarida jinsiy farqlar kuzatilmaydi, jinsiy yetilish davrida esa 
(pubertat davri) o'sm irlarning oyoq qo'llari qizlarnikiga nisbatan 
uzunroq, gavda kaltaroq, chanoq suyagi torroq bo'ladi.
Gavdaning uzunligi bilan kengligi orasidagi proporsiyalar farqi- 
ni uch davrga bo'lish mumkin: 4 yoshdan 6 yoshgacha; 6 yoshdan 
15 yoshgacha va 15 yoshdan voyaga yetgan holatgacha bo'lgan 
davrlar. A garda pubertatoldi davrida umumiy o'sish, asosan, oyoq- 
larning o'sishi hisobiga ortsa, pubertat davrda esa gavdaning hiso­
biga ortadi.
Tananing ayrim qismlarini hamda ko'plab boshqa a'zolarning 
ham o'sish tasviri tananing uzunligini o'sish chizig'i bilan mos 
keladi. Lekin ayrim a'zolar va tananing qismlarida o 'sish boshqa- 
cha tipda bo'ladi, masalan, jinsiy a ’zolarning o'sishi jinsiy yetilish 
davrida tezlik bilan yuz beradi, limfatik to'qim alarning o'sishi bu 
davrda tugagan bo'ladi. 4 yoshli bolalarda boshning o'lcham lari 
voyaga yetgan odam lar bosh oTchamining 75-90 % ga yetadi. 
Skeletning boshqa qismlari 4 yoshdan keyin ham jadal o'sishda 
davom etadi.
Jinsiy yetilish davrida faqatgina jadal o'sishgina yuz bermay, 
balki ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishi ham jadal davom 
etadi.
Organizmning ayrim tizim larining o'sish jarayonida getero- 
xroniya hodisasi faqatgina ularning o'sish tezligini oshirish paytida 
kuzatilmaydi. Fiziologik tizim larning ayrim qismlari ham notekis 
yetiladi.
Asab tizimi doimo yaxlit bir butun holda faoliyat ko'rsatadi, le­
kin uning ayrim qismlari turli m uddatlarda va turli tezlikda rivojla­
nadi va shakllanadi. Masalan, asab tizim ining markazga intiluvchi 
yoki afferent tolalari, y a ’ni tananing periferik qismidan impulslarni 
markaziy asab tizim iga olib boruvchi qismi bola tug'ilishidayoq ye- 
tarlicha shakllangan b o ’ladi va 6 -7 yoshda to 'liq va oxirigacha ye­
tiladi. Shu bilan birga, asab tizim ining markazdan qochuvchi, yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi


efferent, v a'n i markaziy asab tizim idan impulslarni ishchi a'zolar -
muskullar va bezlarga olib boruvchi qismi faqatgina 23-25 yoshga 
kelib to iig 'ic h a yetiladi.
O lis h n in g notekisligi - bu evolutsiya davomida shakllangan 
moslashishdir. Hayotning birinchi yilida tananing uzunasiga ju d a 
tez o'sishi tana o g ‘irligining ortishi bilan bog'liq b o is a , kelgusi- 
yillarda o'sishning sekinlashishi a'zolar. to'qim alar, hujayralarning 
faol tabaqalanish jaravonlarini nam oyon b o iish i bilan ta 'm in la­
nadi.
Yuqorida qayd qilganimizdek. rivojlanish morfologik va funk­
sional o'zgarishlarga olib kelsa. o'sish esa to'qim alar, a'zolar va 
butun tananing og'irligining ortishiga olib keladi. Bola m o'tadil 
rivojlanganda bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy b o g ian g an bo'ladi. 
Ammo, o'sishning jadal davri tabaqalanishning jadal davrlari bilan 
mos kelmasligi mumkin.
Kuchli tabaqalanish o'sishning sekinlashishini chaqiradi. Bosh 
va orqa miyalarning massasining o'sishi, asosan, bola 8-10 yoshga 
yetganida deyarli voyaga yetgan odam nikiga tenglashib tamomla- 
nadi, asab tizimining funksional jihatdan takomillashishi yana an­
cha uzoq muddat davom etadi.
Harakat analizatorlarining yetilishi qator harakat funksiyalarini 
takom illashishi bosqichlarini bosib o'tganidan keyin, asosan. 13- 
14 yoshda tugaydi. Shu bilan birga, 15-18 yoshlar davom ida m u­
skul to'qim alarining yana jadal o'sishi va tabaqalanishi yuz beradi.
Rivojlanishning geteroxroniyasi tezlashgan va tanlangan o 'sish ­
ning va ontogenezning aynan shu bosqichida barcha a'zolarga nis­
batan organizm uchun zarur b o ig a n tuzilm alarning va ularning 
funksiyalarini tabaqalanishini ta'm in etadi.
Avrim morfologik hosilalarning yoki funksiyalarning rivojla- 
nishini qiyosiy jihatdan o'rganishda kuzatiladigan geteroxronizm, 
bola organizmining. uning hayotining avrim bosqichlaridagi gor- 
monik rivojlanishni yo'qolishini yoki buzilishini ko'rsatkichi hi- 
soblanmaydi. Har bir yosh davrlariga xos b o ig a n xususiyatlar bi­
lan bir qatorda rivojlanishning shaxsiy xususiyatlari ham o 'zgara
www.ziyouz.com kutubxonasi


boradi. Bu xususiyatlar salomatlik, hayot sharoiti asab tizim ining 
rivojlanish darajasiga b o g iiq holda o'zgarib turadi. Rivojlanish- 
dagi keskin xususiy o'zgarishlar, odatda, hayotning birinchi yilida, 
qachonki ular tug 'm a xususiyatlar va tarbiyalash sharoiti bilan bir­
ga b o ig a n d a namoyon b o ia d i.

Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish