Fiziologiyasi va gigiyenasi


Hazm shiralari ajratnvchi bezlar faolivatini o ‘rganish usul-



Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/252
Sana09.06.2022
Hajmi12,83 Mb.
#647569
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)

Hazm shiralari ajratnvchi bezlar faolivatini o ‘rganish usul-
lari. 
Hazm jaravonida ishtirok etuvchi bezlar. hazm shiralari ish­
lab chiqarishlari aniq b o iganidan buyon, olimlar tahlil ishlarini 
bajarish uchun shiralardan toza yoki aralashma holida olish uchun 
uringanlar. XVII asrdayoq Gollandiyalik olim Graafga s o ia k bezi 
va m e'daosti bezlarining tashqariga chiquvchi vo'llariga qo'yilgan 
naychalar vordam ida unchalik ko’p bo'lm agan miqdorda hazm shi­
ralari yig'ib olish imkoniga ega b o id i.
Olim g'ovak rezina vordamida m e’da shirasidan olish uchun 
harakat qilib ko'rdi, bunda g'ovak rezina yutilgach. u m e'd a ichi­
dagi suvuqlikka to'yinganidan keyin unga b o g ian g an ip orqa­
li m e'dadan chiqarib olindi. Shotlandiyalik hakam Stivens odam 
m e'da shirasining hazmlovchi ta'sirini ko'zbog'lagich (fokusnik) 
yordamidan foydalangan holda o'rgandi. K o'z bog'lagich m e’dasi- 
ga tushgan turli predmetlarni (narsalarni) qayd qilish vo'li bilan 
chiqarib tashlash kabi noyob hunar egasi ekanligini namovon qildi.
K o 'z bog'lagich maxsus tayyorlangan. oziq moddalar bilan 
to'ldirilgan teshikchalari orqali hazm shiralari kiradigan teshikli 
q o 'rg 'o sh in «bo‘g'irsoq»larni avval yutib, so'ngra qusish harakat­
lari bilan m e'dadan chiqargan. Tabiiyki, bunday usullar vordamida 
hazm shiralarining tarkibi va xususiyatlarini o'rganish juda qiyin 
bo'lgan.
Kevinchalik hayvonlarni narkozlash y o ‘Ii bilan qorin b o'sh lig 'i 
ochilib hazm shiralari ajratuvchi bezlar yo'llaridan hazm shiralar- 
idan olish imkoniga ega bo'lindi. Ammo, qandaydir bir xulosa qi­
lish uchun. ya'ni hazm bezlari faoliyati qonuniyatlari haqida gap 
yuritish juda qiyin. chunki hay von narkoz ostida jarrohning stolida 
yotgan bo'lsa. bu sharoit tabiiy sharoitdan tubdan farq qiladi. Fistu­
la usuli vordamida hazm bezlari faoliyati haqida juda katta miqdor­
da maTumotlar olish mumkin. 
Fistula
- bu hazm bezlari yo' li bilan 
yoki ovqat hazmi trakti - bo'shlig'ini organizmning tashqi muhit 
bilan aloqasini sun'iy bog'lanishini ta ’minlovchi naycha - asbob- 
dir. Bunday usulni yuzaga kelishi qiziq, lekin favqulodda kasal 
yoki m e'da jarohatlanishi natijasida m e ’da yoki ichaklarda yuza­
ga kelgan teshiklar orqali olib borilgan kuzatishlar sabab bo'lgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1842- yilda M oskvalik jarroh Basov itlarning m e'dasiga q o ’yilgan 
fistula orqali m e'da sekretsiyasini kuzatishni taklif qildi. Lekin bu 
holatda o'rganish uchun toza m e'd a shirasi olish mum kin emas edi, 
chunki bu holatda olingan shira oziqalar qoldiqlari, so 'lak va doi- 
miy ravishda m e’dada bo'ladigan shilimshiq moddalar bilan ara- 
lashgan holda b o ’ladi.
Faqatgina I. P. Pavlovning ishlari b o ’yicha fistula usuli tan olindi 
va keng qo'llanildi. I. P. Pavlov jarrohlik operatsivalarini bajarish 
davomida, hayvonlam ing u yoki bu hazm bezlari faoliyati orqasidan 
uzoq muddat davom ida kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar 
qo'ydi. I. P. Pavlov o ’zidan oldingi tadqiqotchilardan farqli o ia ro q , 
operatsiyadan keyin hayvon sog'aygach o'rganiladigan a ' zo uchun 
ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat k o ‘rsatishi uchun 
m o'tadil sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topishga harakat 
qilib, fanga tatbiq qildi.
Fistulali usuldan foydalanish tufayli har qanday vaqtda operatsiya 
qilingan a'zo funksiyasini kuzatish mumkin b o id i. Fistula yordami- 
da oziqalar qoldiqlari qo'shilm agan toza holdagi hazm shiralaridan 
yig'ib olish, ularning miqdorini aniq o'lchash va ovqat hazmining 
turli fazalarida shiralaming kimyoviy tarkibini, hazm lash faolligini 
aniqlash imkoniyatiga ega b o iin d i. I. P. Pavlov tomonidan tavsiya 
qilingan fistula usulining bosh yutug'i shundan iboratki, ovqat hazmi 
jarayonlari sog'lom hayvonlarda va organizm faoliyat ko'rsatayot- 
gan tabiiy sharoitlarda o'rganiladi va ov qat hazmi a ’zolarining faoli­
yati tabiiv oziqaviy qo'zg'atuvchilar bilan qo'zg'atiladi.
Hazm bezlari faolivatini o'rganishda I. P. Pavlovning roli shun- 
chalik buyukki. hatto fiziologiyaning ushbu bobini ko'pchilik hol­
larda «rus fiziologivasi bobi» deb yuritiladi. I. P. Pavlov esa Nobel 
m ukofotiga sazovor b o ig a n .
Lekin shuni qayd qilish kerakki, fistula usulining barcha yu- 
tuqlari va foydali tom onlarini ta'riflagan bilan bu usul yordamida 
odamlarning ovqat hazmi funksiyalarini o'rganish mum kin emas. 
Tushunarli sabablarga ko'ra, odamlarda tekshirish ishlarini olib 
borish uchun fistulalar hosil qilish ishi bajarilmaydi. Odamlar­
da so ia k n i maxsus metall kapsulalar - yopishgichlar yordamida
www.ziyouz.com kutubxonasi


yig'ib olish mumkin. Kapsula o g 'iz b o 'sh lig 'in in g shilliq pardasiga 
shunday yopishtiriladiki. uning markazida so'lak bezining chiqa- 
ruv yo'li qoladi, bunda fistula bilan so'lak endi og'izga tushmay, 
balki kapsulaga va rezina naycha orqali tashqariga chiqariladi va 
stakanchaga yoki probirkaga quyiladi.
M e'da shirasi va o 'n ikki barmoqli ichakning ximusidan olish 
uchun zonddan foydalaniladi, bunda o'rganilayotgan odam zond- 
ni yutadi. Bunday zondning tashqi teshiklari orqali tadqiqot ishlari 
uchun shira olish mumkin.
M e'dalar va ichaklarning holati haqidagi ayrim m a’lumotlarni, 
ular joylashgan hududning rentgen nurlari bilan yoritish hisobiga 
olish mumkin. Rentgenli tekshirishlardan oldin tekshiriluvchiga 
Rentgen nurlarini yomon o'tkazuvchi va ekranda yaxshi soya hosil 
qiluvchi eritma yoki o'lcham li modda ichiriladi.
M e'd a muskullari qisqarganida va ovqat hazmi traktida sekret- 
siya paytida ju d a kam miqdorda bo'lsa ham qayd qilish mumkin 
bo'lgan elektr hodisalari yuzaga keladi. M e’dalardagi elektr hodi- 
salarini qayd qilish - elektrogastrografiya m e’daning qisqarish 
faoliyatining o'rganish uchun q o ‘llaniladi.
Radiotelemetrik usulning kelajagi buyuk. Odamlarga yutish 
uchun ju d a mayda radiouzatgich- radiopiluli beriladi, ularning 
diametri 8 mm va uzunligi 15-20 mm ni tashkil etadi. Radiopi- 
lulida uzatgich joylashtirilgan bo'lib, u m e’da va ichaklar ichida- 
gi vodorod ionlarining konsentratsiyasini, ular ichidagi bosim va 
haroratni qabul qiladi. Uzatgich qabul qilinuvchi ko'rsatkichlarni 
m a’lum chastotadagi o'zgarishlarga aylantiradi, bunda ularni radio 
qabul qiluvchi apparat yordamida ushlash va qayd qilish hazm tark- 
ti bo'ylab erkin o'tadi va uning turli qismlaridagi u yerdagi harorat, 
bosim va muhit reaksiyasi haqidagi axborotlami beradi.

Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish