Yetkazib berish zanjirini boshqarish



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/50
Sana09.06.2022
Hajmi2,28 Mb.
#647253
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
2-1108

Nazorat savollari:
1. Yetkazib berish tizimi faoliyatida samaradorlik.
2. Yetkazib berish tizimini tuzishda qaysi elementlarga e’tibor 
beriladi? 
3. Omborlar, ularning ta’rifi va turlari. 
4. Omborxona operatsiyalarining qisqacha ta’rifi. 
5. Materiallarni saqlashdagi jihozlar turkumlanishi. 
6. Yukni ko‘tarish-tushirish transportlari turkumlanishi. 
 


84 
4- BOB. YETKAZIB BERISH ZANJIRIDA XAVFSIZLIK 
CHORALARI, QARORLARI ВА AXBOROT TEXNOLOGIYASI 
 
4.1. Moddiy va moliyaviy oqimlarni tashkil qilishning logistik usullari
Logistik boshqruv qarorlarini shakllantirish va hayotga tadbiq etishda 
uning natijaviyligini belgilab beruvchi uchta jihatni yuridik-huquqiy, 
ijtimoiy-psixologik va texnologik-tashkiliyni ko‘rib chiqish kerak. Bu 
jihatlarga batafsilroq to‘xtaymiz.
Yuridik huquqiy qaror faqat mazmuniy ma’noda tayyorlangan qaror 
huquqiy jahatlar oxirgi bosqichda shakllanish natijasida shakllanadi deb 
hisoblash kerak emas. Boshqaruv obyekti bashorat qilinayotgan hulqini 
amaldagi huquqiy me’yorlar bilan muvofiqlashtirish boshqaruv qarorini 
ishlab chiqishning eng birinchi bosqichlaridan boshlab butun jarayoni 
davomida amalga oshirilishi kerak.
Ishlab chiqarish–sotish jarayonining barcha ishtirokchilari ular oddiy 
shaxslar, ixtisoslashgan bo‘linmalar va tashkilotlar bo‘lishlaridan qat’i 
nazar belgilangan me’yoriy hujjatlar va huqqiy me’yorlarning mavjud 
majmuasiga muvofiq harakat qilishlari kerak. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida ayniqsa, makroYetkazib berish sharoitlarida ishlab chiqarish 
– sotish jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini aniq va 
yuridik jihatdan savodli chizib chiqish g‘oyatda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Boshqruv qarorlariga 
shakllantirishda ishlab chiqarish-sotish 
jarayonida ishtirok etuvchilarning huquqlarini hisobga olish mumkin. 
Ushbu holda huquqlar ostida jarayon ishtirokchilaridan qaysidir bir 
boshqalardan 
shartnoma 
majburiyatlari 
oqibatida 
yoki 
xizmat 
majburiyatlariga muvofiq nimanidir talab qilish huquqiga egaligi 
tushuniladi.
Logistik boshqaruv qarorlarini shakllantirishda odatda “inson omili” 
deb ataluvchi omilni hisobga olish zarur. Bunga ishlab chiqarish, sotish 
jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarni undovchi sabablarining psixologik 
tomoni kiradi.
Ushbu vaziyatda shu jarayonning umid qilsa bo‘ladigan 
ishtirokchisining hulqi tashkiliy-texnologik tuzilma va insonning undagi 
roli, hamda ijtimoiy-psixologik jihatlar bilan belgilanadi. Inson ushbu 
masalada ham bir qator rasmiy belgilangan rollarni va ham norasmiy 
munosabatlarning vujudga kelgan tizimida ba’zi bir rollarni o‘ynashi 
mumkin. Inson tomonidan ikkala turdagi o‘z rollarini muvoffaqiyatli 


85 
bajarilishi u yoki bu rolning o‘ziga xosligini qanchalik tushunishi, bu 
o‘ziga xoslik u tomonidan qanchalik qabul qilinishi va o‘zlashtirilishiga 
bog‘liq. Axborotlilik mehnat faoliyatining eng muhim rag‘batlaridan biri 
bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Rag‘barning faoliyati axborotlarni uzatish 
harakatlarining zanjirijdan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda u 
odamlar, bo‘linmalar va korxonalar o‘rtasidagi aloqa harakatlarida ishtirok 
etadi va ularni tashkil qiladi. Rahbarning “yuqoridan pastga” uzatayotgan 
axborotlari nafaqat ishlab chiqarish zarurati bilan belgilanadi, balki yana 
mehnat uning axborotliligini oshirish yo‘li bilan undashi xizmat qilishi 
mumkin. Xuddi shunday “pastdan yuqoriga” kelib tushuvchi axborotlar 
ham ikki vazifani bajarishlari mumkin. Rahbarlar uning yordamida o‘zlari 
berayotgan farmoyishlariga tuzatishlar kiritish uchun ishlab chiqarish 
jarayoni haqidagi teskari aloqani olishlari mumkin. Bundan tashqari, ushbu 
axborotlarda rahbar qarorlarini ijro etishga nisbatan munosabat aks 
ettiriladi.
Ko‘pincha qaror ko‘proq yoki kamroq uzaqroq istiqbolga hisoblab 
chiqilganda, ularning samaradorligi haqida faqat bevosita erishilgan ishlab 
chiqarish natijalari bo‘yicha xulosa chiqarish yetarli emas. Bu yerda yana 
bu qarorlarning ishlab chiqarish-sotish jarayoni ishtirokchilarining ongiga 
ta’siri va olingan axborotlardan ularni qanoatlanganligi darajasi ham 
muhimdir. Logistik boshqaruvning texnologik-tashkiliy jihatlari moddiy 
axborot va moliyaviy oqimlarni tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. Moddiy 
oqimlarni boshqarish ularning intensivligi va yo‘nalishlarini qabul qilingan 
logistik qarorlarga ko‘ra o‘zgarishidan iboratdir. Bu boshqaruv ham 
bevosita va ham bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Bevosita boshqaruv ma’muriy boshqaruv yordamida amalga 
oshiriladi. Bilvosita boshqaruv moliyaviy oqimlarga ta’sir ko‘rsatish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi, ularning o‘zgarishlari oddiy oqimlarda tegishli 
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradilar. Ma’muriy boshqaruv farmoyishi 
boshqaruvdan iborat bo‘ladi. Logistik tizimlar holida bu shuni bildiradiki, 
yuqori rahbarlar moddiy oqimlarning yetkazib beruvchilar va foizlardan 
ishlab chiqarish tizimining kirish omborlariga harakatining hajmlari 
intensivligi va yo‘nalishini, tarkibiy qismlarning ishlab chiqarish 
jarayonidagi harakatini hamda moddiy oqimlarning taqsimlash sohasidagi 
chiqaruvchi ishlab chiqarish omborlaridan istemolchilarning o‘zlarigacha 
harakatlarining intensivligi va yo‘nalishini belgilab beradilar. Ko‘ramizki, 
bu 
yiriklashtirilgan 
ishlab 
chiqarish 
zanjirining 
barcha 
ishtirokchilarilogichtik 
boshqaruvni 
amalga 
oshiruvchi 
shaxsga 
bo‘ysunadilar. Shuning uchun ularning barchasiga nisbatan ma’muriy 


86 
boshqarish usullari qo‘llanishi mumkin, buni bundan keyin batafsilroq 
ko‘rib chiqamiz. Logistik tamoyillariga ko‘ra qaror qabul qiluvchi shaxsga 
bo‘ysunuvchilar uchun ma’muriy ta’sir iyerarxiya tamoyillariga muvofiq 
amalga oshiriladi. Bunday ta’sirning shakllari har xil bo‘lishlari mumkin, 
ammo quyidagi asosiy turlardan iborat bo‘ladilar: buyruq, farmoyish, 
yo‘riqnoma, qoidalar, me’yorlar.
Boshqaruvning tashkiliy-huquqiy usullari huquqiy-boshqaruv va 
boshqa usullar bilan o‘zaro hamkorlikda qo‘llaniladigan ta’sirning 
qo‘shimcha choralari bo‘ladilar. Bu usullar boshqaruv tizilmasini tashkil 
qilish, hodisalarni tanlash, o‘qitish, qayta tayyorlash va joy joyiga qo‘yish, 
ijro nazarotini tashkil qilish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladilar. 
Mas’ul ijrochilar va ixtisoslashgan bo‘linmalar yoki kontragent firmalar 
logistik tamoillariga rahbarlik qiluvchi shaxslarning ma’muriy 
bo‘ysunishida bo‘lmagan hollarda, ular tomonidan boshqaruv moliyaviy 
oqimlar orqali yana mulkchilikning har xil shakllaridagi tizilmalarning 
o‘zaro hamkorligi ham amalga oshiriladi. Moliyalarning harakati ularning 
aylanish tezligi, vaqtning qandaydir oralig‘i uchun summalarning integral 
(jamlangan) oqimi, harakatning teng emasligi, hamda talab qilingan 
summalarni kelishilgan muddatlarda kelib tushishidagi kechga qolishlar 
bilan belgilanadi. Moliyaviy oqimlarning bu parametrlaridagi o‘zgarishlar 
ishlab chiqarish-sotish jarayonining borishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, moliyaviy oqimning tezligi va intensivligini jami ishlab chiqarish 
davrini uzunligini kamayishiga va zaxiralarning talab qilinayotgan 
darajasini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Va, aksincha ishlab chiqarish 
davri uzunligini yoki zaxiralarning haqiqiy darajasini qisqarishi moliyaviy 
oqimning quvvati (tezligi va intensivligini) huddi shunday ko‘payishini 
talab qiladi. Moliyaviy oqimlarni tartibga solish moliyalash manbalari va 
mablag‘larni qayerga va qanday kiritishni belgilashdan iborat bo‘ladi. 
Qarzga olingan mablag‘lar moliyalashtirishning manbalari bo‘ladilar.
 
Birinchi holda mablag‘lar ishlab chiqarish-sotish faoliyatiga, ularni 
tayyorlashga, tashkiliy shakllarni yaratishga, zaxiralar va badalli 
to‘lovlarga kiritilishlari mumkin.
Ikkinchi holda kreditlar beriladi, aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar 
xarid qilinadi va investitsiyalash amalga oshiriladi.
Yetkazib berish tamoyillariga muvofiq boshqariladigan moddiy 
oqimlarni ko‘rib chiqamiz. Kirishda bu oqimlar o‘zining tabiati bo‘yicha 
moddiy bo‘lgan holda xomashyo, materiallar va butlovchilar oqimlariga 
bo‘linadi, ularning moddiy deb atash qabul qilingan va axborot oqimlari, 


87 
ular har xil turdagi hujjatlar, kompyuter massivlari, telefon va boshqa 
so‘zlovchilar ko‘rinishida aks ettiriladi.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish