Yetkazib berish zanjirini boshqarish



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/50
Sana09.06.2022
Hajmi2,28 Mb.
#647253
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
2-1108

2.2.4. Suv transporti 
 
 
Suv transporti deb, suv orqali yuklarni yoki yo‘lovchilarni tashuvchi 
transportga aytiladi. Tashish tabiiy (daryo, dengiz, ko‘llar, okeanlar) orqali 
va sun’iy (kanal, suv omborlari va h.k.) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suv transporti 2 ga bo‘linadi:
1. Dengiz orqali
2. Ichki suvlar orqali.
Daryo transporti. Yuk va yo‘lovchilarni asosan ichki suv yo‘llari 
orqali tashuvchi transport turiga kiradi. Daryo transporti quyidagilarga 
bo‘linadi:
1. Magistral daryo yo‘llari yoki xalqaro davlatlar o‘rtasidagi tashqi 
savdoni amalga oshirishga xizmat qilish. Dunay, Oder, Reyn, Amur.
2. Rayonlararo. Davlat ichidagi yirik rayonlararo tashish Volga, 
Missisipi, Amudaryo.
3. Mahalliy, ya’ni rayonlararo yuklarni tashishni amalga oshirish.
Daryo transporti bir necha davlatlarda mavsumiy ish ko‘rsatishiga 
qaramay, transportning boshqa turlariga qaraganda ancha samaraliroqdir. 
Masalan, katta daryolarda kemachilikni tashkil qilishning birinchi 
bosqichidagi xarajatlar temir yo‘lni tashkil qilishdagi xarajatlardan 8-10 
marta arzon. Magistral daryolarda yuklarni tashish temir yo‘l narxlaridan 
55 %, avtotransportdan 3-5 barobar arzon bo‘ladi.
1999 yilga kelib, O‘zbekistonda suv yo‘llarining umumiy uzunligi 
2800 kmga yetdi. Amudaryo, Panjdan Mo‘ynoqqa qadar paroxodlar 
qatnovi amalga oshirildi.
Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi 
natijasida suv yo‘llari keskin qisqardi, ammo shunga qaramay, 1999 yili 
daryo transportida 1420 ming t yuk tashildi. O‘rta Osiyo paroxodchiligi 
Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston o‘rtasida taqsimlandi. 1994 yili 
may oyida O‘zbekiston Respublikasida joylashgan daryo floti 


52 
bo‘linmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. O‘rta Osiyo 
paroxodchiligi O‘zbekistondagi bo‘linmalari negizida «Termiz daryo 
porti», «Qoraqalpog‘iston daryo floti» ishlab chiqarish birlashmalari 
tashkil etildi. «O‘zavtotrans» Korporatsiyasi huzurida daryo floti ishini 
muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarma tuzildi. Respublikada Termiz daryo 
porti, Shorlovuq, To‘rtko‘l, Beruniy, Qoratog‘, Xo‘jayli bandargohlari, 
Amudaryo orqali To‘rtko‘l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko‘priklari, 
Xo‘jayli kema ta’mirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz porti 2,5 mln. t yuk 
qabul qilish, jo‘natish quvvatiga ega. Afg‘onistonning Xayraton 
bandargohi orqali eksport-import yuklari yetkazib berishda xalqaro, 
shuningdek, birjalar, zemlesoslar, suzuvchi port kranlari va boshqa 
yordamchi kemalar, texnika vositalari bor. Respublika suv yo‘llarining 
umumiy uzunligi 1000 kmga yaqin. Xalq xo‘jaligi yuklari asosan Termiz-
Xayraton, Shorlovuq-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-Beruniy, 
Qoratog‘-Taxiatosh yo‘nalishlarida tashiladi. 1999 yil daryo flotida 132,7 
ming t yuk tashildi. O‘zbekistonning port va bandargohlari temir yo‘llari 
bilan bog‘langan. Daryo floti uchun mutaxassislar Chorjo‘y daryo 
texnikumi va Odessa floti muhandislari institutida tayyorlanadi.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish