Yetkazib berish zanjirini boshqarish



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/50
Sana09.06.2022
Hajmi2,28 Mb.
#647253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
2-1108

2.2.2. Temir yo‘l transporti 
 


49 
Xalq xo‘jaligida temir yo‘l transportining yo‘lovchilar hamda yuk 
tashishda salmog‘i katta. Respublika temir yo‘l transporti MDH 
doirasidagi qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda 
muhim o‘rinda turadi. 1999 yilda respublikada xalq xo‘jaligiga tegishli 
umumiy uzunligi 6,6 ming km, shu jumladan, umumiy foydalaniladigan 
qismining uzunligi 25 ming km, asosan sanoat korxonalariga tortilgan 
temir yo‘l uzunligi 3,1 ming kmni tashkil etadi. 1994 yil noyabrda 
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan temir yo‘l korxonalari va 
bo‘linmalari, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlari va muassasalari 
negizida «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat hissadorlik kompaniyasi 
tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi mamlakat mustaqilligi va 
iqtisodiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy, Koreya, 
Yaponiya, Eron, Turkiya va G‘arbiy Yevropaning janubi bilan 
tutashtiradigan «TransOsiyo» magistrali (Istambul - Toshkent - Olma Ota - 
Pekin) qurilishida ishtirok etmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 50 mingdan ortiq turli yuk vagoni va 
Germaniyada tayyorlangan refrijiratorlari, 1450 yo‘lovchilar tashiladigan 
vagonga ega. Kompaniyaning temir yo‘ldan foydalanishiga mas’ul bo‘lgan 
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Orol bo‘yi, Qarshi bo‘limlari bor. 1999 yil 
umumiy foydalaniladigan temir yo‘l transportida 46,2 mln.t yuk tashildi. 
20 tonnali konteynerlar bilan yuk tashish respublikadagi 11 ta stansiyada 
amalga oshirildi.
Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilish materiallari, 
bulardan 21 % taxta, 3% neft va neft mahsulotlari, 35 % g‘alla, sement, 
kimyoviy mahsulotlar va mineral o‘g‘itlar, ko‘mir, sabzavot va boshqa 
xalq xo‘jaligi yuklarini tashkil etadi. 1999 yil temir yo‘l transportida 14,4 
mln. yo‘lovchi tashildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa,, 
shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoyezdlardan tobora kengroq 
foydalanilmoqda. 
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish 
bo‘yicha Navoiy-Nukus yo‘nalishlarida temir yo‘lni qayta qurish va 
elektrlashtirish boshlandi. Urganch-Beruniy elektrlashtirilgan yangi temir 
yo‘l qurilishi bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega.
Respublikada poyezdlar harakatini boshqarish yagona dispetcherlik 
markazi mavjud bo‘lgan Toshkentda amalga oshiriladi. Poyezdlar 
harakatini boshqarish tizimlarida avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatadigan 
yuqori quvvatli axborot hisoblash markazi ishlab turibdi.


50 
Yo‘lovchi tashuvchi eng yuqori tezligi 100 km/soatni, yuk tashuvchi 
poyezdlarning tezligi 80 km/soatni, stansiyalararo yo‘llarda yo‘lovchilar 
tashuvchi poyezdlar 60 km/soat, yuk tashuvchi poyezdlari 35 km/soat 
tezlikda harakat qiladi. «O‘zbekiston temir yo‘l» kompaniyasining 
lokomotiv 
parki 
yangi 
turdagi 
teplovozlar, 
elektorovozlar, 
elektoropoyezdlardan tashkil topgan. Yo‘lovchilar tashiladigan va yuk 
vagonlarini ta’mirlash, temir - beton shpallar tayyorlanadi. Toshkent, 
Xovos, Qo‘qon, Andijon lokomotivlarini ta’mirlash o‘zlashtirilgan. 
«O‘ztemiryo‘lta’mirlash» ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi 
Toshkent teplovozlarning zavod ta’miri hamda yo‘lovchilar tashiladigan 
vagonlarning qayta ta’mirlanishi, Paxtaobod zavodida yopiq vagonlar, 
platformalar va yarim vagonlarni ta’mirlash amalga oshiriladi.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish