2022-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


-modda. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga



Download 285,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana09.06.2022
Hajmi285,82 Kb.
#647009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
O‘RQ-742-сон 30.12.2021. 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida

13-modda. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga
oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha
tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga
oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar
va shaharlar hokimlari tegishli budjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan
to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar uchun xarajatlar rejalashtirilishini nazarda
tutgan holda shakllantiradi.
Choraklar yakuni bo‘yicha ushbu Qonunning 
6-ilovasida
keltirilgan daromadlarning prognoz
ko‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra
5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish
ehtimoli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko‘rilgan choralar bilan
birga tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi
hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib
chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimlari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga xuddi shunday tartibda murojaat etadi.
2022-yilda:
Toshkent shahrining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari,
sog‘liqni saqlash muassasalari va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi obyektlarini loyihalashtirish,
qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga doir
xarajatlar Toshkent shahrining shahar budjetidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari,
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari obyektlarini loyihalashtirish, qurish
(rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya
qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklashga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasining respublika budjetidan va viloyatlarning viloyat budjetlaridan;
advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lashga doir xarajatlar
tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat
budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan;
ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash hamda O‘zbekiston Respublikasi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining
issiqlik tarmoqlarini va qozonxona uskunalarini mukammal ta’mirlashga doir xarajatlar


Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va
Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi.
Hududlardagi barcha issiqlik ta’minoti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik
ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) O‘zbekiston Respublikasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari xulosalariga ko‘ra, tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil
davomida qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra issiqlik ta’minoti tashkilotlari aholiga pasaytirilgan
tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga
bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining
va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Barcha tumanlar va shaharlar budjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining (bundan zaxira
jamg‘armasi mablag‘lari mustasno) 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Barcha tumanlar va shaharlar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Download 285,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish