Har qanday davlat ittifoqining maqsadi insinning ajralmas va tabiiy huquqlarini
ta’minlashga qaratiladi. Erkinlik, mulkka egalik qilish, xavfsizlik va zulm-qiynoqlarga
solinishiga qarshilik ko’rsatish shular jumlasidandir.
Boshqalarga zarar yetkazmaydigan darajada hamma narsani qilish imkoniyati
erkinlikni tashkil etadi. Shunday qilib, har bir insonga tabiiy huquqlarining amalga
oshirish chegarasi faqat jamiyatning boshqa a’zolarini ham huddi shunday huquqlarining
ta’minlanishi doirasi bilan chegaralanishi mumkin. Bu cheklashlar
faqat qonun bilan
belgilanadi.
Huquq va erkinliklar o’rtasidagi keskin yuridik farqni ko’rsatish ancha mushkul
ish. Umumiy huquqning nazariyasidan bizga ma’lumki, sub’ektiv huquq bu shaxs yo’l
qo’yishi mumkin bo’lgan xulqi chegarasining o’lchovi. Fikrimizcha, bu ta’rif erkinlik
tushunchasiga ham mos keladi.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari va ikkinchi tomondan, ularning
boshqa kishilar, davlat va jamiyat oldidagi burchlari orasidagi o’zaro aloqadorlikni imkor
qilish xato bo’lar edi. Zero, umumiy huquq nazariyasidan bizga ma’lumki, burch bu-
xulqning zaruriy me’yori hisoblanadi. Inson muayan qoidalarga rioya qilishi kerakki, u
o’zining huquq va erkinliklaridan foydalanganida, boshqa kishilarga asossiz ravishda
ziyon yetkazmasligi va jamiyatning normal hayot kechirishiga to’sqinlik qilmasligi lozim.
Konstitutsiyalar hayotiylugini ta’minlashning zaruriy sharti-o’z
mazmuni va
mohiyatini inson va fuqarolar huquq-erkinliklari bilan boyitilishida ifodalanadi.
Yuridik adabiyotlarda inson huquqlarining ajralmas ekanligi ta’kidlanib, uning
mavjudligi tegishli burchlarni bajarmaslikka yoki bajarishga bog’liq emas, degan
qarashlar mavjud. Fuqarolarning huquqlari esa davlat oldida qator burch va
majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq, deb ko’rsatiladi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki,
shaxsning armiyada xizmat qilganligini ro’kach qilib, uni saylov huquqidan mahrum
qilish mumkin emas.
Bundan shunday hulosaga kelish mumkin: har qanday huquq va erkinliklarni
amalgam oshirishni muayyan burchni bajarish bilan bog’lab qo’yish to’g’ri emas. Shu
bilan bir vaqtda, inson va fuqarolarning o’z burchlarini bajarishi davlat va jamiyatning
normal hayot kechirishi umumiy omil hisoblanadi va nihoyat, shuni qayd qilish kerakki,
Konstitutsiyaviy
burchlar ikki qirraliligi, ya’ni insonlarni muayyan burchlari va
fuqarolarning burchlari bilan ajralib turadi.
Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy ifodalanishining ikki usuli-pozitiv va
negative usullari mavjud:
a) pozitiv usulda, konstitutsiya sub’ektning muayyan huquqqa egaligini belgilaydi
yoki ta’kidlaydi;
b) negativ usul shunday ifodalanadiki, unga ko’ra har qanday sub’ektga o’zga
sub’ektning huquq yoki muayyan erkinligini buzish yoki cheklash ta’qiqlanadi.
Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlar doirasining doimiy ravishda kengayib
borishi, ularni ma’lum guruhlarga ajratishni talab qiladi.
Tasniflash (klassifikatsiyalash) turli hil maqsadlarda va asoslarda o’tkazilishi
mumkin. Biroq shuni yodda tutish kerakki, guruhlashtirish shartli ravishda kechadi,
chunki ko’p hollarda biror huquq yoki erkinlik yohud burch bir paytda ikki yoki undan
ko’p tasnifiy guruhlarga tegishli bo’lishi mumkin. Ular qiyida taklif etilayotgan
tasniflashtirishda o’zlarining asosiy mazmunlari jihatidan yaqin bo’lgan guruhlarga
kiritiladi. Masalan, vijdon erkinligi shaxsiy erkinliklar turkumiga kiradi,
ayrim
mamlakatlarda esa u aniq ifodalangan siyosiy harakter tusini oladi.
Tasniflashtirishning yana bir ko’rinishi huquq, erkinlik va burch sub’ektlarining
harakteri bilan bog’liq asosda amalgam oshirishdir. Bunda huquq, erkinlik va
burchlarning individual va jamoa turlariga ajratish mumkin.
To’g’ri, individual huquq ko’p hollarda jamoa shaklida ham amalgam oshirilishi
mumkin. Ammo u jamoa huquqidan farqli ravishda, odatda, individual tarzda amalgam
oshirilishi va himoya qilinishi mumkin. Jamoa huquqini esa uning mohiyatiga ko’ra
individual tarzda amalgam oshirilish mumkin emas.
Masalan, ish tashlash huquqi-jamoa huquqidir. Individual tarkibda ish tashlash-ish
tashlash hisoblanmasdan, balki u ishga kelmaslik deb baholanishi mumkin.
Ko’pincha hollarda huquq, erkinlik va burchlar o’z harakteriga ko’ra individualdir.
Biroq bu holat konstitutsiyada doimo aniq va ravshan qilib belgilanmaydi.
Bundan tashqari huquq, erkinlik va burchlarni, asosiy va qo’shimcha turlarga
ajratish mumkin. Masalan, davlatni boshqarishda ishtirok
etish asosiy huquq hisoblansa,
saylov huquqi undagi hosila huquq bo’lib, uning mazmunini ifodalash shakli hisoblanadi.
Fikrimizcha, huquq, erkinlik va burchlarni mazmuni va mohiyati bo’yicha
tasniflash alohida ahamiyat kasb etadi.
Tasniflash shart-sharoitlariga doir yuqoridagi fikr va mulohazalarni hisobga olib,
inson huquqi, erkinliklari va burchlarini asosiy guruhlarga ajratish quyidagucha qabul
qilingan.
Birinchi guruh: inson shaxsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, ya’ni yashash
huquqi, shaxsiy daxlsizlik va turar joy daxlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar.
Ikkinchi guruh: davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish, ovoz berish,
yig’ilish huquqi, vatanni himoya qilish bilan bog’liq qator siyosiy huquq, erkinlik va shu
kabilar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadu.
Aynan xuddi shunday turkumlash asosida o’zbek
qonunchiligi tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq, erkinlik va burchlarning tizimi
mustahkamlab qo’yilgan:
eng avvalo, umumiy qoidalar ifodalangan bo’lib, inson va fuqarolarning o’z
huquq, erkinlik va burchlarida o’zaro tengligi;
fuqarolar o’zlarining huquq va erkinliklarini amalgam oshirishlari jamiyat va
davlat hamda boshqa shaxslarning huquqiy va erkinliklariga, ularning qonuniy
manfaatlariga putur etkazmasliklari;
huquq, erkinlik va burchlarning daxlsizligi qoidalari belgilanadi.
Inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlarining keyingi joylashuvi
tegishli huquq, erkinlik va burchlarning mazmuniga asosan mustahkamlab qo’yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: