partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini
olgan siyosiy partiyalar
tomonidan taklif yetiladi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishicha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari
umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan
taqdirda tasdiqlangan
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh
vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadi...», degan o‘zgartirishlar kiritildi.
SHuningdek Oliy Majlis Bosh
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi berilishi mumkinligi
ham Konstitutsiyada
belgilab qo‘yildi.
2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 90-moddasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga
saylanadi, degan o‘zgartirish kiritildi.
Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari
o‘rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi.
Kiritilgan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining,
hukumatning mas’uliyatini
kuchaytirishga,
jamiyat siyosiy hayotining
faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.