7-Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja



Download 295,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana08.06.2022
Hajmi295,83 Kb.
#644378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Mavzu Mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ma'naviy va madaniy (1)

Milliy sport turlarining rivojlantirilishi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni 
ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport 
aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash orqali 
jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o’rtasida zararli 
odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda ham 
muhim o’rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha 
yurtdoshlarga g’urur-iftixor bag’ishlaydi. 
Mustaqillik yillarida bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, 
yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zarur 
sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. “Umid 
nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog’lom 
turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi. 
Iste’dodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo’yicha uzluksiz tizim 
yaratildi. Umumta’lim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg’ulotlarda qobiliyati 
ko’zga tashlangan o’g’il-qizlar bolalar va o’smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, 
professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Oliy o’quv yurtlari va o’quv-yig’in 
mashg’ulotlarida mahoratini oshirmoqda.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish 
yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999 yil 27 maydagi 271-sonli 
qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Dasturga 
ko’ra, ayniqsa, qishloq yoshlari o’rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, 
ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o’tgan bir 
yildan ko’proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog’lomlashtirish
klublari tashkil 
qilindi.
2000 yil O’zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil 
bo’ldi. Saralash musobaqalarida g’olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo’yicha Avstraliyaning 
Sidney 
shahrida 
bo’lib 
o’tgan XXVII Olimpiada o’yinlarida qatnashishga muyassar bo’ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 
1 kumush va 2 bronza medallarini qo’lga kiritib, 200 mamlakat o’rtasida 41-o’rinni egalladilar. 
Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil 
O’zbekistonimizni butun jahonga tanitmoqda.
Sportchilarimiz 2016 yili Braziliyada o’tgan Olimpiya o’yinlarida 13 ta, Paralimpiya 
o’yinlarida 31 ta medalga sazovor bo’lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi. 
Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir. Sobiq 
Sovetlar davrida shaxmat bo’yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo’lsa, endilikda ularning soni 


11 nafar bo’ldi. Turkiyada bo’lib o’tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq 
mamlakatlar ichida farqli 11 o’rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o’z 
taxtasida bronza medaliga ega bo’ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida 
o’tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini qo’lga kiritdi. 
Milliy kurash
. Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
sovrini uchun Shahrisabzda Amir Temur, Termiz shahrida Hakim at Termiziy xotirasiga bag’ishlab 
xalqaro turnirlar tashkil etildi. 1992-1998 yillarda Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, 
Amerika, Rossiya kabi mamlakatlarda bo’lib o’tgan yirik sport anjumanlarida o’zbek kurashi keng 
namoyish qilindi. Natijada 1998 yil 6 sentyabr kuni Osiyo, Yevropa va Amerikaning 28 davlati 
vakillari ishtirokida o’tkazilgan ta’sis kongressida Kurash xalqaro assosiasiyasiga (IKA) asos 
solindi. Davlatimizning bevosita qo’llab-quvvatlashi natijasida kurash xalqaro sport turi sifatida 
keng e’tirof etildi, “kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to’xta” va “yonbosh” kabi atamalar esa xalqaro sport 
lug’ati tarkibidan mustahkam o’rin egalladi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1999 yil 1 may kuni poytaxtimizda kurash 
bo’yicha birinchi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimida «Men ishonaman: dunyoga 
mashhur pahlavonlarning bebaho xizmatlari tufayli xalqimiz ma’naviy turmush tarzining ajralmas 
qismiga aylangan kurash bugundan e’tiboran yangi hayotini boshlaydi, yanada yuksaladi, jahon uzra 
keng tarqalib, turli millatlarga mansub millionlab kishilarning sevimli mashg’ulotiga aylanadi», 
degan so’zlari o’z isbotini topmoqda. Kurash xalqaro assosiasiyasi bugungi kunda sayyoramizning 
beshta qit’asidagi 129 ta milliy federasiyani birlashtirgan. Kurash bo’yicha jahon va qit’a 
chempionatlari, xalqaro turnirlar yuksak saviyada tashkil etilayotir. Bu musobaqalarda dunyoning 
barcha qit’asidan nomdor polvonlar kamtarlik va mardonavorlik bilan ta’zim qilib, gilamga 
chiqmoqda, davra aylanib, kurash tushmoqda.
2017 yil may oyida Termiz shahrida o’tgan kurash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiziy xotirasiga bag’ishlangan XIII xalqaro turnirda Janubiy 
Koreyadan kelgan polvon Xan Su Kim shunday degan edi: “Kurash falsafasi, mohiyati va uning 
jozibasi butun dunyoni lol qoldirmoqda. Xalqingizning milliy sport turi Janubiy Koreya yoshlari 
orasida ham keng ommalashgan. Meni ham kurashning mardlik, halollik, kamtarlik kabi ezgu 
fazilatlar bilan yo’g’rilgani o’ziga maftun etgan”.
2017 yil 20 sentyabrda Ashxobod shahrida bo’lib o’tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-
Bosh assambleyasida kurash milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o’yinlari dasturiga 
rasman kiritildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida 
boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni mamlakatimiz 
sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O’zbekiston Respublikasi Jismoniy 
tarbiya va sport davlat qo’mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug’ullanishga 
jalb etish, jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, 
shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o’tkazish, Milliy olimpiya qo’mitasi, 
sport turlari bo’yicha federasiyalar va assosiasiyalar bilan birgalikda iste’dodli sportchilarni tanlash, 
tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish 
va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi. 
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi O’zbekiston Bolalar sportini 
rivojlantirish jamg’armasi ijro apparati, 300 ga yaqin sport ta’lim muassasasi Davlat qo’mitasi 
tasarrufiga o’tkazildi. Hududiy boshqaruv organlari tarkibida 201 ta tuman (shahar)da jismoniy 
tarbiya va sport bo’yicha vakillar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bu joylarda sohaga oid davlat siyosati, 
farmon va qarorlar ijrosini to’la ta’minlash, sportni quyi pog’onalardan rivojlantirishda muhim o’rin 
tutmoqda. 
Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida sohada sifat o’zgarishlari 
sezildi. 2017 yilning o’tgan davrida mahalliy va xalqaro sport musobaqalarida sportchilarimiz 
tomonidan 483 ta oltin, 394 ta kumush, 536 ta bronza, jami 1 ming 413 ta medal qo’lga kiritildi. 
Mamlakatimizda xalqaro miqyosdagi musobaqalar muvaffaqiyatli o’tkazildi. May oyida 
Toshkentda o’tgan boks bo’yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz o’n vazn toifasidan 
to’qqiztasida oltin medalga sazovor bo’ldi. 


Sohani boshqarishni takomillashtirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil 
etildi. 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi 
tasdiqlandi. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va 
“Barchinoy” maxsus testlarini o’tkazish tizimi joriy etildi. 
Besh tashabbus hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida sport 
obyektlari ishga tushirilib, yoshlar sportga faol jalb etilmoqda. Olimpiya o’yinlari, jahon va Osiyo 
chempionatlari g’olibi bo’lgan 204 nafar sportchi tuman va shaharlarga biriktirildi, ayrimlarining 
sport maktablari ochildi. 
Yurtimiz vakillari 2018 yilgi Osiyo o’yinlarida jami 70 ta, jumladan, 21 ta oltin, 24 ta 
kumush va 25 ta bronza medalini qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o’rinni egalladi.
2019 yilning o’tgan davrida esa xalqaro musobaqalarda jami 442 ta, jumladan, 145 ta oltin, 
134 ta kumush va 163 ta bronza medali qo’lga kiritildi.

Download 295,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish