7-Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja



Download 295,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana08.06.2022
Hajmi295,83 Kb.
#644378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Mavzu Mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ma'naviy va madaniy (1)

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy 
qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
Islom Karimov xalqimizning milliy-ma’naviy 
qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-
odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni asrab-avaylashni davlat 
siyosati darajasiga olib chiqdi. Bu hayotiy zarurat edi. Chunki o’z ozodligini, erkini qo’lga kiritgan 
xalq ko’p asrlar davomida bosib o’tgan tarixiy yo’lini aniq bilishi, buyuk ajdodlari merosidan to’la 
bahramand bo’lishi kerak edi. Bu millatimizning o’zligini anglab yetishi, sovet hukmronligi 
davrida toptalgan g’ururini tiklashi, yuksaltirishi, mamlakatimizning kelajak yo’lini belgilab olishi 
uchun xizmat qilardi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti 
Islom Karimovning mustaqillikning ilk yillarida taarixchi olimlar bilan uchrashuvda o’rtaga 
tashlagan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan g’oyaviy konsepsiyasi asos bo’ldi.
Tariximizni haqqoniy yoritishda xalqimizning yaratuvchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan 
qadimiy shaharlarimizdagi yodgorliklar, obidalar, inshootlarni qayta qurish, ta’mirlash, asl holida 
bunyod etish kabi ishlarga alohida e’tibor berildi. Madaniy boyliklar tariximizning asl manbalari, 
ilmiy asoslari hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimizda 7198 ta tarixiy yodgorliklar ro’yxatga 
olingan bo’lib, shunday 2357 tasini me’moriy obidalar, 3843 tasini arxeologik yodgorliklar, 998 


tasini mahobatli tarixiy inshootlar tashkil qiladi. Bu raqamlar mamlakatimizni nafaqat Sharqda, 
balki butun dunyoda tarixiy madaniy yodgorliklarga boy o’lkalardan biri sifatida namoyon etadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishishdan oldin bu me’moriy yodgorliklar, obidalarning 
aksariyati buzilgan, ta’mir qilinmagan, yarim vayrona holatlarda edi. Islom Karimov birinchi 
navbatda, ana shunday inshootlarni, yodgorliklarni qayta tiklash, ta’mirlash, asl tarixiy asosda 
bunyod etishga e’tiborni qaratdi. Natijada xalqaro jamoatchilik ishtirokida o’tmishda fan, ta’lim, 
ma’naviyat, madaniyat markazlari hisoblangan Samarqandning 2750 yilligi, Qarshining 2700 
yilligi, Buxoro, Xiva va Termizning 2500 yilligi, Marg’ilonning 2000 yilligi, O’zbekistonning 
boshqa shaharlar yubileylari keng nishonlandi. Allomalarimiz nomlari bilan ataladigan 50 dan 
oshiq muqaddas ziyoratgohlar ham qaytadan bunyod etilib, obod va go’zal maskanlarga 
aylantirildi.
Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillik yillarida madaniy meros obyektlarini qayta 
qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish bilan birgalikda o’tmishda yashab o’tgan ulug’ allomalar, 
buyuk siymolar merosini o’rganish, nomlarini ulug’lash, xotiralarini abadiylashtirish borasida 
ham ulkan ishlar qilindi. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom 
Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad 
Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Alisher Navoiy, Mahmud az-
Zamaxshariy kabi “Sharq uyg’onish davrini” yaratgan misli ko’rilmagan davlat arboblari va 
olimlar, mutaffakirlar, shoirlar hamda ma’rifatparvarlarning yubiley sanalari nishonlandi. Jahon 
hamjamiyati ularning Islom madaniyatiga va jahon faniga qo’shgan bebaho hissasini e’tirof 
etmoqda. 
Islom Karimov 1998 yil 6 noyabrda YuNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali 
bilan taqdirlandi. Bu oliy mukofot xalqimizning umumbashariy sivilizasiya taraqqiyotiga 
qo’shgan hissasi va xizmatining tan olinishi, davlatimiz tomonidan tarixiy, madaniy, ma’naviy 
merosni asrab-avaylash borasida amalga oshirilgan ishlarning munosib bahosi bo’ldi.
2006 yil 8 sentyabrda YuNESKO Bosh direktori Koichiro Masuura I.Karimovga 
YuNESKOning oltin medalini topshirdi. Birinchi Prezidentimizga bu mukofot xalqlar o’rtasidagi 
do’stlik va hamkorlikni mustahkamlash, madaniyat va dinlararo muloqotni rivojlantirish, ta’lim 
tizimiga bag’rikenglik g’oyalarini joriy qilish yo’lidagi ulkan xizmatlari uchun taqdim etildi. 
2014 yil 15 mayda I.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “O’rta asrlar Sharq allomalari 
va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati” 
mavzusidagi konferensiyada YuNESKO Bosh direktorining o’rinbosari, Osiyo va Tinch okeani 
mintaqaviy byurosi direktori Xubert Gizen mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash, boy 
tariximizni o’rganish, fan va ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori uchun 
I.Karimovga minnatdorlik bildirdi.
Birinchi Prezident ma’naviy tiklanish, milliy o’zlikni anglashni mustahkamlash, 
xalqimizning tarixiy xotirasini tiklash, uning ulkan ilmiy va madaniy salohiyatini avaylash 
jarayonining tashabbuskori bo’ldi. Bu O’zbekistonning rivojlanishini ta’minlab bermoqda. 
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O’zining ona xalqi va Vatanini, uning bebaho milliy 
qadriyat va an’analarini jonu dilidan sevgan va qadrlagan Islom Abdug’aniyevichning olib borgan 
izchil siyosati tufayli qadimiy va shonli tariximiz, boy ma’naviyatimiz, muqaddas dinimiz qayta 
tiklangani yurtdoshlarimiz hayotiga yangicha ma’no-mazmun bag’ishladi. Shuning uchun hama 
xalqimiz 25 yillik istiqlol davrida erishilgan barcha yutuq va natijalarni haqli ravishda Birinchi 
Prezidentimizning nomi va faoliyati bilan uzviy bog’liq holda ko’radi”.
2017 yilning 27 noyabr sanasida mustaqil O’zbekiston Respublikasining 25 yil ichida ichki 
va tashqi siyosatda o’z yo’lini tanlab, xalqaro hamjamiyatda munosib o’rin va mavqyega ega 
bo’lishi, dunyo davlatlari bilan tinchlik, barqarorlik, tenglik va o’zaro manfaatdorlikka asoslangan 
hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishida bor kuch-g’ayrati, ongu-tafakkuri, qalb qo’rini 
bag’ishlagan, haqiqiy fidoiylik, mardlik va vatanparfarlik namunasini ko’rsatgan O’zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 80 yillik tavalludini 
nishonlash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
tomonidan qabul qilingan Qarorning amaliy ifodasi sifatida 2018 yilning 30 yanvar kuni buyuk 


davlat va jamoat arbobi tug’ilib o’sgan Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod 
etilgan maqbara majmuasining ochilishi muhim tarixiy va ibratli voqyea bo’ldi.

Download 295,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish