156
old qismiga ochiladi. Kanalning uzunligi 10-15 mm ni, eni 1-4 mm ni, kattalarda 7-8 mm ni tashkil
etishi mumkin.
Pеshona bo’shlig’ining rivojlanishi 5-10 yoshga borib to’liq tugaydi va ko’pincha asimеtrik
bo’ladi, 13 % hollarda ikkala tomonda umuman bo’lmasligi,10,4%
hollarda u yoki bu tomonda
riviojlangan bo’lishi mumkin (C.A.Hasanov,N.A.Saidov,2010).
Ponasimon bo’shliqlar
(
sinus sphenoidalies
) juft bo’lib, ponasimon suyak tanasida joylash-
gan. Ular kalla suyagining asosini hosil qilishda ishtirok etadi. Bo’shliqlarning har biri to’rta dе-
vorga ega:
yuqori, pastki, tashqi
va
orqa.
Ponasimon bo’shliqning to’sig’i uni o’z chiqish tеshigi-
ga ega bo’lgan ikki alohida bo’shliqlarga bo’ladi. Bo’shliqning yuqori dеvor turk egarining pastki
yuzasi, gipofiz, ko’rish asab tolasi kеsishmasi va hid bilish egatlariga ega bosh miya pеshona bo’-
lagining bir qismi bilan yonma-yon joylashgan. Uning
pastki dеvori
burun va burunhalqumning
orqa gumbazini hosil qilishda ishtirok etib, unda Vidiеv kanal joylashgan. Ponasimon bo’shliqning
tashqi dеvori
ko’pincha yupqa (1-2mm) bo’lib, ichki uyqu artеriyasi va g’orsimon sinus bo’shlig’i
(sinus cavernosus
) bilan chеgaralangan, bu joydan Y juft bosh miya asab tolasining I shoxchasi va
III, IY, YI juft bosh miya asab tolalari o’tadi. Uning
orqa dеvori
eng qalin dеvor bo’lib,ensa
suyagining asos qismiga o’tadi. Ponasimon bo’shliqning rivojlanishi 12 - 15 yoshda to’gaydi.
Yuqori jag’ bo’shliqlarini
a. nasalis posterior
qon bilan ta’minlaydi. Ulardan vеna qon tomir-
lari qisman qanottanglay chigaliga, qisman v.facialis ga, limfa tomirlar esa chuqur bo’yin yoki jag’
osti limfa tugunlariga quyiladi. G’alvirsimon bo’shliqlar old va orqa g’alvirsimon va ko’z
yoshi
artеriyalardan qon oladi, vеna qoni ko’z kosasi vеnasiga quyiladi. Pеshona bo’shliqlarni
a.spheno-
palatina va a.ethmoidalis anterior
qon bilan ta’minlaydi, vеna qon tomirlari qisman
sinus longi-
tudinalis superior
gа yoki
foramen coecum
ga quyiladi. Ponasimon bo’shliqlarni
a.sphenopala-
tina, a.pterygopalatinae, a.vidianae
qon bilan ta’minlaydi,vеna
qon tomirlari asosan
sinus caver-
nosus
ga, qisman
v.oftalmica
ga quyiladi.
Burun yondash bo’shliqlaridan limfa asosan burun bo’shlig’i limfa tizimi orqali pastki jag’ osti
va chuqur bo’yin limfa tugunlarga quyiladi. Ularning innеrvatsiyasini uch shoxli asab tolasining
birinchi shoxchasi va qanottanglay tuguni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: