1
UCHBURCHAK, UINING PERIMETRI, TURLARI
1. 1) Uchburchak deb nimaga aytiladi? Rasmda tushuntiring.
2) Uchburchakning perimetri deb nimaga aytiladi?
3) Uchburchakning tomonlari orasida qanday bog‘lanish bor?
4) a) Burchaklariga ko‘ra; b) tomonlariga ko‘ra uchburchaklar qanday turlarga
bo‘linadi? Mos rasmlar chizing.
2. Uchburchaknmg: 1) uchala burchagi o‘zaro teng;
2) bir burchagi 120° ga, qolgan ikkita burchagi esa o‘zaro teng. Shu burchaklarni
toping.
Bu uchburchak qanday uchburchak bo‘ladi?
3. Uzunliklari quyida berilgan kesmalardan uchburchaklar yasash mumkinmi?
Sababini tushuntiring.
1) 1,3 dm; 2,7 dm; 45 sm;
3) 20 sm; 2 dm; 200 mm;
2) 0,8 dm; 10 sm; 0,2 dm;
4) 4 sm; 0,5 dm; 0,6 dm.
4. Uchburchakning bir burchagi 40° ga teng. Ikkinchi burchagi esa undan 2,5 marta
katta. Shu uchburchakning uchinchi burchagini toping. Bu uchburchak qanday
uchburchak bo‘ladi?
5. Jadvalni to‘ldiring va uchburchakning turini aniqlang (a, b, c- uchburchakning
tomonlari uzunligi):
6. 1) Uchburchakning bir tomoni 6,5 sm, ikkinchi tomoni a sm, uchinchi tomoni esa
b sm. Shu uchburchakning perimetrini toppish uchun ifoda tuzing.
2) a) a = 5,8 sm; b = 4,6 sm; b) a = 7,3 sm; b = 8,2 sm bo‘lganda tuzilgan
2
ifodaning son qiymatini toping.
7. Bir burchagi qolgan ikki burchagi yig‘indisiga teng bo‘lgan uchburchak bormi? U
qanday uchburchak bo‘ladi?
8. Teng tomonli uchburchakning tomoni uzunligi 5,8 sm ga teng. Uning perimetrini
toping.
9. Ikkita burchagi: 1) o‘tmas; 2) to‘g‘ri bo‘lgan uchburchak bormi? Nima uchun?
Javobingizni asoslang.
10. Uchburchakning bir tomoni 8,9 sm ga teng. Undan: ikkinchi tomoni 1,8 sm qisqa,
uchinchi tomoni esa 3,6 sm uzun. Shu uchburchakning perimetrini toping.
11. Teng yonli uchburchakning asosi 21,3 sm ga, yon tomoni esa 26,2 sm ga teng.
Uning perimetrini toping.
12. Uchburchakning bir burchagi 72° ga teng. Ikkinchi burchagi esa undan 2 marta
kichik. Shu uchburchakning burchaklarini toping. Bu uchburchak qanday uchburchak
bo‘ladi?
13. Bitta burchagi to‘g‘ri, ikkinchisi o‘tmas bo‘lgan uchburchak bormi? Nima uchun?
Sababini tushuntiring.
1) Teng tomonli uchburchakning perimetri 75,9 sm ga teng. Uning tomonlari
uzunligini toping.
2) Teng tomonli uchburchakning tomoni uzunligi 23,8 sm ga teng. Uning
perimetrini toping.
14. Teng yonli uchburchakning asosi 74,7 sm ga teng. Yon tomoni 2 asosidan
marta kichik. Shu uchburchakning perimetrini toping.