125
10. Singapur
210 (2,26%)
Bitnodesning 14 sentyabr 2017 yilgi ma’lumotlari
2017 yil sentyabr oyida Rossiya moliya
vaziri Anton Siluanov
kriptovalyutalarni boshqarish bo’yicha qonum loyihasini shu yilning oxirigacha
tayyorlashini bildirdi. Dekabr oyida Moskvada o’tkaziladigan slyotda bu masalaga
birmuncha oydinlik kiritilishi mumkin. Ministrning aytishicha,
bu xujjatni
tayyorlashdan asosiy maqsad – mamlakatda aldanib qoladigan investorlar
bo’lmasligiga erishishdir. Moliyaviy bozorlar bo’yicha davlat dumasi komiteti raisi
Anatoliy Aksakov ham kriptovalyutalar bo’yicha qonun loyihasini yil oxirigacha
qabul qilish mumkinligini bildirdi. Rossiya davlat banki kriptovalyutalarni raqamli
mahsulot deb tan olgan xolda uni ham soliqqa tortish kerakligini bildirdi. Ammo
kriptovalyutalar oltin zahiralari bilan ta’minlanmaganligi tufayli, ularni ko’plab
miqyosda chiqarish valyuta bozoriga parokandalik olib kelishi mumkin.
Insonlar
pul o’rniga kriptovalyutyalarni ommaviy ishlata boshlashsa, u asta-sekin pulnini
o’rnini egallab olishi mumkin. Rossiyadagi
va dunyoning bir qancha
mamlakatlaridagi huquq-tartibot organlari ko’pchilik kriptovalyuta birjalariga
internet orqali kirishni yopib qo’yayaptilar – ularning fikrlaricha raqamli
valyutalarning anonimlilik xususiyati tufayli “
kriptovalyutalar narkotik moddalar,
qurol-yaroq, qalbaki xujjatlar savdosida va boshqa turdagi noqonuniy jinoyat
ishlarida qo’llanilishi mumkin
”. Ya’ni, nazorat qilib bo’lmaydigan trahschegaraviy
kriptooperatsiyalar terrorizmni moliyalashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo,
kriptovalyutalar to’liq anonym emasligi g’arb davlatlaridagi politsiya xizmatlari va
maxsus xizmatlar amaliyotidan allaqachon ma’lum bo’lgan, chuni ular bitkoin-
hamyonlar egalarini mahsus dasturiy ta’minot yordamida bemalol aniqlay oladilar.
Masalan, 2017 yil boshida Daniya politsiyasi internet orqali narkotik moddalar
zakaz qilgan va unga bitkoinlar yordamida pul to’lagan shaxsni aniqladi.
Uning
qancha pulga narkotik moddalar zakaz qilganini aniqlagan xolda bu shaxsni sakkiz
yilga qamoq jazosiga xukm qilindi (
Berlingske
nashriyotidan
). Bu operatsiyani
126
amalga
oshirish uchun
Chainanalysis
deb nomlangan amerika kompaniyasining
shu nomdagi analitik dasturidan foydalanildi. Ushbu dasturni Daniyalik Yan
Moller ishlab chiqqanligi aniqlandi. Lekin bu huquq-tartibot
organlari tomonidan
bitkoin-hamyonning egasi aniqlangan (
deanonimizatsiya
) birinchi xodisa emas.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, bitkoin yaratuvchining kimligi xaligacha
ma’lum emas, bu esa bundan eng avval kim foyda olgan va uning (
yoki ularning
)
maqsadlari nima bo’lganini aniqlashga imkon bermaydi. Xuddi shuning uchun
ham
Do'stlaringiz bilan baham: