616
kо‘maklashish;
xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion
ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi ichki
mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirish;
raqamli innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy
etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish bо‘yicha takliflar
kiritish;
raqamli innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya
qilish kо‘lamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tuman va
shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy taraqqiyotidagi
nomutanosibliklarning oldini olish va boshqalar.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilma korxonalarida raqamli innovatsion
faoliyatni tashkil etishning muhim shakllaridan biri-bu innovatsiyalar bozoriga ilmiy-
texnik mahsulotlarni kiritish, tajriba ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish,
moliyalash uchun moliya-kredit tuzilmalarni vujudga kelishini tashkil etadigan
korxonalarni shakllantirishni kо‘zda tutadigan innovatsion infratuzilmani
rivojlantirish bо‘lib hisoblanadi.
Tahlillarga qaraganda, bugungi kunda fermer xо‘jaliklariga xizmat kо‘rsatuvchi
infratuzilma shaxobchalari bilan ta’minlanganlik darajasi о‘ta past bо‘lib, bunday
holat ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda[2]. Tahlillar natijalaridan quyidagi
xulosalarni chiqarish mumkin:
qishloq xо‘jaligini moddiy-texnik ta’minoti sohasida tadbirkorlik juda
sekinrivojlanmoqda;
infratuzilma subyektlari va fermer xо‘jaliklari о‘rtasida shartnomalarni aniq bir
tizim asosida tuzilmasligi natijasida tomonlar о‘rtasida о‘z majburiyatlarni
bajarilishiga mas’uliyatsizlik bilanqaralmoqda;
qishloq xо‘jaligini extiyot qismlari, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral
о‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, urug‘lik chigit va don bilan ta’minlashda
monopoliyalar vujudga kelgan va bu holat moddiy-texnika vositalarini erkin harakati
hamda iste’molchilarning tanlash imkoniyatlarini cheklamoqda. Shu bilan birga
ularga yetkazib berilayotgan moddiy- texnika vositalarining narxini sun’iy ravishda
о‘sishiga olibkelmoqda;
respublikamiz qishloq xо‘jaligining moddiy-texnik ta’minot sohasida
ikkilamchi resurslardan foydalanish mexanizmiyaratilmagan;
ta’minot korxonalari hamda fermer xо‘jaliklari о‘rtasida iqtisodiy
manfaatdorlik yо‘qligi, ta’minotchilarni moddiy-texnik vositalarini yetkazib berishda
va xizmatlar kо‘rsatishda sifat kо‘rsatkichlarig mas’uliyatsizliklarni oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |