175
bo‘lgan, ulardan farqli tomoni miya suyagining rivojlanganligi, peshanasining
erektuslarga nisbatan keng bo‘lishi, boshining orqa tomoni yumaloq, ayniqsa, tepa
suyagi rivojlangan. Bosh miya hajmi 1100 sm
3
,hatto, ba‘zan 1400 sm
3
ga borishi
bilan xarakterlanadi.
Paleantroplar arxantroplar o‘rniga kelib ular
hozirgi zamon qiyofasidagi
odamlar paydo bo‘lguniga qadar yashaganlar va o‘zaro bir-birlaridan farqlangan.
Ular erectus bilan homo sapiens oralig‘ida bo‘lganlar. Ertangi poleoantroplarga
Geydelberg odam turi kiradi. Uning tishi 1907-yili nemis antrapologi Shetenzek
tomonidan topilgan. Tish tuzilish shakli keyingi gominidlarga yaqin, ya‘ni homo
sapiensga.
XX asrning
ikkinchi yarmida Afrika, Yevropa, Osiyoda juda ko‘p suyak
qoldiqlari topilib, ular homo sapiens va erectus oralig‘ida bo‘lgan va ular
neandertal deb nomlangan.
Bu suyak qoldiqlari Habashiston,
Tanzaniya, Zambiya, Isroil, Hindiston,
O‘zbekiston, Xitoyda bundan 600 - 150 ming yillardagi yotqiziqlardan topilgan.
Dastlabki paleantroplar arxantroplarga o‘xshash qurollardan foydalangan. Ozuqa
uchun o‘simlik, hayvonlarni yig‘gan va ov bilan shug‘ullangan. Ulardan farqli
ravishda paleantroplar ibtidoiy nutq orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan.
Aniqlanishicha kalla suyaklari egilmalari bilan hiqildoq tog‘ayi o‘rtasida
bog‘liqlik bor. Agar kalla suyagi kam egilgan bo‘lsa, bo‘yin
hiqqildoqda tepaga
ko‘p egilma paydo bo‘ladi. Keyingi holat odamlarga xos. Bolalarning ikki yoshida
hiqildoq teparoqda, uch yoshdan keyin u pastroqda joylashadi.
Paleantroplar o‘tdan foydalanib isinishgan, uni qanday yoqishganligi
noma‘lum. Vengriya, Germaniya, Fransiyaning paleoantroplar yashagan joylarida
alanga belgilari topilgan. Keyinchalik 300-400 ming yil oldin olovdan foydalanish
ommaviy tus olgan. Dastlabki paleontroplar va geydelberg odam turi vakili Afrika
va Sharqiy Osiyoning O‘rta Yer dengizi atrofida tarqalgan. Sharoitning har xil
bo‘lishi gominidlarga, ya‗ni paleontroplarga turlicha ta‘sir
etgan va tanlanish har
xil yo‘nalishda kechgan.
176
Ular o‘rtasidagi divergensiya, genlar almashishi, ya‘ni qo‘shni
populyatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro nikohlar tufayli sodir bo‘lgan.
Yevropadan topilgan poleantrapologik materiallarning guvohlik berishicha,
pleystosen epoxasidan keyin mahalliy gominidlar
afrikalik paleantroplarga
qaraganda farqlana boshlanganlar. Erectus bilan geydelberg orasida oraliq forma
Ispaniyadan topilgan bo‘lib, ular 800 ming yil ilgari yashagan. Ispaniyadan
topilgan odamlar geydelberg odam turiga kiritadilar va ulardan klassik
neandertallar kelib chiqqan deb taxmin qiladilar.
Preneandertal
pleystosenda yashab, ular Yevropada keng tarqalgan.
Preneandertal - geydelberg odam o‘rniga pleystotsenning keyingi bosqichida
bundan taxminan 150-130 ming yil oldin neandertal odami paydo bo‘lgan.
Neandertal odamlar dastlab Yevropa va Osiyoda kelib chiqqan. Bu tur
taxminan uch ming yillar davomida yashagan. Ularning oxirgi vakili Yevropada 30
ming yil, hatto, undan ham keyin yashagan deb taxmin qilinadi.
Neandertallarning suyak qoldig‘i dastlab Germaniyada 1856-yili topilgan.
Keyin Belgiya, Ispaniya, O‘rta Osiyodan topilgan. Neandertal - yangi odam degan
ma‘noni bildiradi.
Ular o‘rta paleolitda tarqalgan. Ular odamlarni ko‘mganlar. Ularning bo‘yi
165-170 sm, suyaklar yirik, muskullari kuchli bo‘lgan. Lekin peshonasi biroz egik,
biroz oldinga chiqqan. Miya qutisining hajmi 1400-1500 sm
3
. Muzlik davrida
odamlar gavdasi va miyasi biroz kichraygan.
Ba‘zi olimlar Homo sapiens neandertal odamlardan kelib chiqqan deganlar,
lekin uni isbotlovchi dalillar keltirilmagan. Neandertal va Homo sapiens bundan 5-
10 ming yil birga yashaganlar. Neandertal va Homo sapiens DNK sini o‘rganish
natijalari neandertal DNKsi yevropa xalqi DNK siga yaqin ekanligini ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra Homo sapiens Yevropaga
boshqa joylardan kelgan, Yevropa
neandertali ularning raqobatiga dosh berolmay halok bo‘lgan, degan fikrni quv-
vatlaydilar.
177
Yuqori pleystosenda Yevropada neandertal paydo bo‘lgan. Afrikada
sapiensga anatomik jihatidan o‘xshash tur shakllangan.
Ular paleantroplar
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: