O„quvchilarni tayyorlashda tasviriy san‟atni o„qitishning pedagogik
shart - sharoitlari
O‗quvchilar faoliyatida bilish jarayonlari sezgi, idrok, xotira, tasavvur,
hayol, tafakkur va nutq katta rol o‗ynaydi. Yuqori sinf o‗quvchisi davrida vujudga
kela boshlagan tafakkurning mustaqilligi, teranlik, ixchamlik, tashabbuskorlik,
tanqidiylik sifatlari kun sayin takomillashib boradi. O‗quvchilarda o‗z - o‗zini
nazorat qilish, aql zakovatning muhim jihatlari taraqqiyotning yuksak bosqichiga
ko‗tariladi.
Mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzishi, referat, annotatsiya, tezis,
seminarga hozirlik, kurs va diplom ishlari o‗quvchilar mustaqillikni, ijodiy
yondashishni kreativlikni, muammoli holatni murakkab pedagogik vaziyatni hal
qilishni toqazo etadi.
Ta‘lim jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli foydalanish
evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga keladi.
O‗quvchilar tafakkur shakllari tushuncha, hukm, xulosa chiqarishning funksional
va operatsional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, ulardan
foydalanish uchun barcha intellektual zaxiralarni ishga solishga harakat qiladilar.
Hukm chiqarishning barcha yakka, xususiy, umumiy, ziddiyatli, faraziy, inkor
ko‗rinishlaridan o‗quv va mustaqil bilim olish faoliyatlarida foydalanish shart -
sharoitlari tug‗iladi. Xulosa chiqarishning induktiv xususiydan umumiyga fikrning
yo‗nalganligi va deduktiv umumiydan xususiy holga fikrning qaratilganligi
yo‗llaridan muayyan tarzda bilish faoliyatiga» intiladilar. Bu narsalarning barchasi
tafakkurni rivojlantirishga o‗z ta‘sirini o‗tkazadi.
Hozirgi zamon talabalarining ijodiy tafakkur orqali vujudga keltirgan
badiiy asarlari, taklif etilgan ratsionalizatorlik takliflari xalq xo‗jaligini
yuksaltirish, mustaqil Respublika fan va texnikasini rivojlangan mamlakatlar
darajasiga ko‗tarish uchun xizmat qilmoqda.
Amaliy mashg‗ulotlarni asosiy yo‗nalishlari bo‗lajak tasviriy san‘at
o‗qituvchilarining davr jarayonini tashkil qilish, rejalashtirish va metodik jixatdan
mantiqiy ravishda amalga oshirish, sinf taxtasida bo‗r bilan tasvir ishlash ko‗nikma
92
va mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan. Tasviriy san‘atni o‗qitish metodikasi
fani dasturi asosida quyidagi amaliy ish turlari nazarda tutilgan:
I. Umumta‘lim maktablarda tasviriy san‘at fanini o‗qitish uchun:
1. Bir o‗quv yili uchun tasvirli - mavzuli reja tuzish;
2. Tasviriy san‘at davr turlari bo‗yicha davr bayonlarini ishlash;
3. Tasviriy san‘at davr turlariga ko‗rsatmali qurollarni tayyorlash;
4. Tasviriy san‘at darsining biror turiga namunaviy davr bayonini tuzish va
namoyish etish;
5. Darslarni taxlil etish;
6. Sinf taxtasida bo‗r bilan tasvir ishlash;
7. Tasviriy san‘at darslaridan suhbat darsiga «Referat» yozish;
8. Kurs ishi;
9. Malakaviy ishlar talabalar tomonidan o‗qituvchi rahbarligida bajariladi.
II. Akademik litsey va kollejlari, akademik litsey va kasb - hunar
kollejlarida tasviriy san‘at fanini o‗tish uchun:
1- Qalamtasvir – mashguloti bo‗yicha rasm ishlashning asosiy
qoidalari, yo‗l - yo‗riqlari va nazariy, amaliy bilimlarga
ega bo‗lish;
2. Rangtasvir – mashg‗uloti bo‗yicha ranglarni ishlatishda o‗ziga
xos xususiyatlarini, texnologiyasini, rangshunoslik xaqida nazariy va
amaliy bilimlarni xamda bosqichma - bosqich qoida - qonunlarini bilish.
3 Amaliy bezak san‘ati - bo‗yicha xalq amaliy san‘atining turlarini
o‗rganish, xar bir turi bo‗yicha kerakli ma‘lumotlarga ega bo‗lishi lozim. Amaliy
san‘at turlaridan birini mukammal (tarixi, ishlash usullari, kerakli asbob - uskuna
va materiallari)ni o‗rganib sir - usullarini egallash.
4. Xaykaltaroshlik - san‘ati bo‗yicha umumiy tushunchalar, nazariy
bilimlarni o‗zlashtirish, xaykal ishlashning qonun - qoidalari, xajm va shakl berish
yo‗llarini o‗rganish xamda asbob - uskunalardan foydalanish qoidalarini egallash;
5. Kompozitsiya - qalamtasvirda, rangtasvirda, xaykaltaroshlikda va
amaliy san‘atning har bir turida o‗ziga xos yusinda va o‗ziga mos mazmunini
93
tashkil qilishini, xar bir san‘at turining kompozitsiya usullarini egallash bu o‗sha
soxa xarakterini ijodiy tanlay bilish;
6. San‘at tarixi va san‘atshunoslik asoslari - bo‗yicha ilmiy va nazariy
asoslarini, jaxon san‘ati tarixiga oid bilimlarni, O‗zbekistan san‘ati tarixiga oid
bilimlarni, xozirgi zamon o‗zbek rassomlarining xayoti va ijodini bilishlik;
7. Uslubiy asoslari - qalamtasvir, rangtasvir, amaliy san‘at sirlari,
xaykaltaroshlik san‘at tarixi va san‘atshunoslik asoslarida ko‗rsatilgan bilim hamda
malakalarni uslubiy jixatdan o‗rgata olish sirlarini bilishi kerak. Mashg‗ulot yoki
dars o‗tishning turli usul hamda uslublari va o‗z ijodiy yondoshishlari.
Talabalarga, o‗quvchi va yoshlarga nisbatan mexrli, hamfikr bo‗la olish hamda
ularning psixologiyasini o‗rganib ta‘lim berishda to‗g‗ri yondasha bilish.
Davr - ta‘lim tarbiyani amalga oshirishning eng qulay, eng samarali
shaklidir. Jamiyatimizning turli jabhalarida bo‗layotgan siyosiy - iqtisodiy,
ijtimoiy - ma‘rifiy o‗zgarishlar barcha fanlar qatori tasviriy san‘at darslarining
mazmuni va metodikasiga ham yangi, zamonaviy talablarni qo‗ymoqda. Bu
talablarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Darsda ta‘limiy - didaktik tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlarni turli
qo‗ya bilish va ularni amalga oshirish;
2. Darsda ta‘limning faol usul va uslublarini qo‗llay bilish;
3. Davr jarayonida xalq pedagogikasi an‘analarini, jahon pedagogikasi,
ruhshunosligi, san‘atimiz buyuk ajdodlarimiz o‗gitlari, hikmatga to‗la xadislarimiz,
rivoyatlarimizdan unumli foydalanib borish maqsadga muvofiqdir.
Ma‘lumki keyingi yillarda tajribali metodist olimlar, psixologlar va
amaliyotchi - o‗qituvchilarning o‗quv jarayonini tahlil qilish soxasida o‗tkazilgan
tadqiqotlari davr samaradorligini oshirishi, pedagogik va didaktik shart -
sharoitlarga bog‗liq ekanligini ko‗rsatmoqda.
Eng muhim shart - sharoitlar quyidagilardir:
- yaxshi darsliklar, didaktik va metodik o‗quv ko‗rsatmali qurollar hamda
texnik vositalar;
- guruxda yaxshi psixologik muhit bo‗lishi;
94
- o‗qituvchi bilan o‗quvchilar o‗rtasida o‗zaro munosabatlar bo‗lishi.
Umumiy pedagogik shart - sharritlarga amal qilib, mavzuning didaktik
maqsadini to‗g‗ri tashkil qilinsa darsning sifati yuqori va samarali bo‗lishi
mumkin.
Tasviriy san‘atdan davr bayonini tuzishda pedagogik – psixologik, ilmiy -
metodik o‗quv adabiyotlarini chuqur o‗rganish asosida va shu bilan birga
akademik litsey va kasb - xunar kollejlarining tasviriy san‘at dasturlari doirasida
xamda o‗quv qo‗llanmalari orqali bajariladi. Davr bayonida quyidagilar bo‗lishi
shart:
- darsning mavzusi (turi);
- darsning maqsadi: ilmiy, tarbiyaviy, estetik.
- darsning mazmuni;
- darsning tipi;
- darsning rejasi (tuzilishi);
- og‗zaki takrorlash uchun savollar;
- o‗quv materiallarining ketma - ketligi va uning xajmi;
- ijodiy ishlarning sifati va bosqichlari;
- mustaqil ishlarning mazmuni va usullari;
texnika vositasi va o‗quv ko‗rsatmali qurollardan foydalanish;
- foydalangan adabiyotlar ro‗yxati;
- sinf taxtasidan unumli foydalanish va pedagogik rasm ishlash;
Talabalarning amaliy mashg‗ulot vaqtida o‗tkazgan darslari va o‗quv
tarbiya mashg‗ulotlari guruxning barcha talabalari, o‗qituvchi ishtirokida taxlil va
muxokama qilinadi. Bu muxokama va taxlillar umumdidaktik va metodik
tomonlarini birlashtirib amalga oshiriladi. Taxlil jarayonida eng muhimi talaba
o‗zini davr o‗tkazuvchi o‗qituvchi sifatida tasavvur qilib, o‗z ishini uddasidan
qanchalik chiqa olishini to‗g‗ri baxolay bilishdir. Pedagogik amaliyotiga
chikishdan oldin talaba o‗z safdoshlari oldida tasviriy san‘at davrni mashq
qilinishi, bo‗lgusi o‗qituvchilarning professional o‗sishiga yordam beradi.
95
Talabalar tomonidan o‗tilgan tasviriy san‘at darsining yoki tarbiyaviy
tadbirlarining guruh tahlili odatda o‗zini - o‗zi baholashdan, o‗zining xisobotini
taxlil qilishdan, darsdagi holati va pedagogik taktikasini baholashdan boshlanadi.
Bunda bo‗lajak pedagog uchun juda zarur bo‗lgan sifatlar shakllanadi.
O‗quvchilarining kasbiy maxorati va mutaxassislik kasbiga oid bilimlarni
shakillantirish bo‗yicha nazariy bilimlar yoritiladi. Kasb - hunar kollejlarida
o‗quvchilarni kasbiy tayyorlashda tasviriy san‘atni o‗qitishning pedagogik shart -
sharoitlari va xozirgi xolati tadqikodlar o‗quvchilarning tasviriy - ijodiy ishlarining
savodxonligini oshirishga, ularning estetik idroki, didining rivojlanishiga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |