MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
95
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma'ruzalar o'qishga,
seminar-mashg'ulotlar o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash
metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy
etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari
va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining yetuk
professor-o'qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining ish rejasi,
bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta'lim-tarbiya
ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni
to'plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni muhokama
qilish, tasdiqlash bilan bog'liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini
oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar, seminartreninglar,
ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
4. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar
uchun kutubxona tashkil qilinadi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar,
Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar,
farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd
etiladi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni
bosqichmabosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta‘lim-
tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta‘lim muassasalarida uslubiy ishlarni
tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat,
estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini
olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam
bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi
masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta‘lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish
tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va
mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishish,
ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki,
tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman
maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish,
umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga
doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy
yordam berishdan iborat.
Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta‘lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or
pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni
tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |