MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
91
b) Ota-onalar maktabi, jamoatchilik, mahalla bilan ish faoliyat;
v) Yosh mutaxassislar, xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan, mahalla tashkilot bilan;
g) TaTim-tarbiyaviy, mehnat bilan, moliyaviy-xo'jalik faoliyat
10-MODUL MAKTABGACHA TA’LIMDA METODIK ISHLAR
11-MAVZU: MAKTABGACHA TA‘LIM BO`YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL
QILISH. KABINET KUTUBXONASI VA BIBLOGRAFIK ISHLAR
Reja:
1. Maktabgacha ta'limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari
2. Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi va metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy
shakllari
3. Metodik birlashmalar
4. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
5. Seminar va seminar mashg'ulotlari
Tayanch tushunchalar:
MTM, metodik birlashma, ko'chirma-papka, tibbiy-pedagogik yig'ilish,
ochiq tadbirlar
1. Maktabgacha talimga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari
Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tarkibiy
bo'linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlarini va mutaxassislarini
qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‗or pedagogik texnologiyalarni joriy
etadi, maktabgacha ta'limda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish
masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatadi.
3
Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida: to'liq nomi - Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi - MTMRMQTMOI;
b) rus tilida: to'liq nomi - Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i
spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi - IPPKRSDOU;
v) ingliz tilida: to'liq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education
Personnel and manager, qisqartmasi - IRATPEPM.
Institut o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalaririing qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o'z Ustaviga amal
qiladi.
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Institut ta'lim muassasasi sifatida
maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning
3
Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash vaularning malakasini oshirish
mstitutining ustavi. - Tv 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |