MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
106
amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan
asoslangan bulishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta‘lim muassasasi egallab turgan bino xaqida
umumiy ma‘lumotlar (uning xajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, kanalizatsiya
tarmog‘ining mavjudligi), shuningdek, muassasaning ko‘lamiga oid ko‘rsatkichlar (guruhlar hamda
bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan tashqari, smetaga maktabgacha ta‘lim muassasasida
faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enagalar, xamshiralar va boshqa xodimlarning ikki
nusxada tuzilgan tarifikatsiya ruyxati ilova qilinishi shart.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta‘lim muassasalari tomonidan belgilangan
muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada taqdim etiladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta‘lim muassasasining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo,
smetaning to‘g‘ri tuzilganini aniqlab, uning to‘liq to‘ldirilgani, alohida moddalar bo‘yicha xarajat
summalari aniq hisob-kitob qilingani, binoning xajmi va maydoni to‘g‘ri ko‘rsatilgani, shuningdek,
xodimlarning tarifikatsiya ro‘yxati ilova qilinganini tekshiradi.
Barcha xisob-kitoblar ko‘rib chiqilgach, har bir modda bo‘yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet
hisobidan ajratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgilangan summaga tenglashtiriladi.
Sung maktabgacha ta‘lim muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida modda bo‘yicha
va umumiy summa), shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag‘lari hisobiga ajratiladigan
xarajatlar kvartallar bo‘yicha tasdiqlangan taqdimotga binoan yozib qo‘yiladi. Smeta yuqori
tashkilot tomonidan qabul qilingach, maktabgacha ta‘lim muassasasi boshqa xarajatlar va ota-
onalardan tushadigan mablag‘larni har bir kvartal bo‘yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib qo‘yadi.
Xarajatlarni taqsimlashda ba‘zilarining mavsumiy xarakterda bo‘lishi (yoqilgi tayyorlash,
sabzavot jamg‘arish, ta‘mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lozim. Agarda joriy yilda
bolalar sonini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan bulsa, bu bilan bog‘lik, sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni
ovqatlantirish uchun sarflanadigan qo‘shimcha mablag‘lar va h.k.) tegishli kvartallar xarajatlari
ko‘rsatkichlarida aks ettirilishi kerak. Smetaning bir nusxasi muassasada qoladi, ikkinchi nusxasi
yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteriyaga, qishloq kengashiga, moliya
bo‘limi va boshqalarga taqdim etiladi.
Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur
yozuvda xarajatlarning jami miqdori, xodimlar ish haqi jamg‘armasi, smeta tasdiqlangan sana qayd
etiladi. So‘ngra smetani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig‘i imzo chekadi va uning imzosiga idora
muhri bosiladi. Ta‘kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot unga o‘zgartish kiritishga haqlidir.
Bunday o‘zgartishlar yuqori tashkilotning maktabgacha ta‘lim muassasasiga yuborgan yozma xati
bilan rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |