«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
4-chizma. Kredit munosabatlarining ob‘ektlari va sub‘ektlari.
Kredit ob‘ekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan va
qarz oluvchidan kreditor (qarz beruvchi)ga qaytib beriladigan qiymatdir.
Bunda qarzga berilgan mablag‗ o‗z qiymatini saqlab qolishliligi kreditning
asosiy sifati hisoblanadi.
Kredit sub‘ektlari har xil, bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli
toifadagi aholi kiradi.
Kreditning ob‘ekti
har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo‗sh turgan,
egasi tomonidan ishlatilmay va qarzga berilishi mumkin bo‗lgan puldir.
Bo‗sh pul uch xil bo‗ladi:
tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo‗lidagi pul, ya‘ni pul kapitali;
aholi qo‗lidagi pul - ertami-kech ehtiyojni qondirish uchun to‗plangan
pul, egasi qo‗lida kapital emas, balki iste‘molini qondirish vositasi;
davlat ixtiyoridagi pul. Bu ham pul kapitali (davlat korxonasi uchun),
ham umumiy iste‘mol pulidir.
Aytilgan turdagi bo‗sh pullar ssuda (qarz) fondini tashkil etadi va uning
yuzaga kelishi ob‘ektiv tarzda muqarrardir. Qarzga berilgan pul, ya‘ni kredit
harakatini quyidagicha ifodalash mumkin:
Кредит таркиби
Кредит субъекти
Кредит объекти
Кредитор
Қ
арз олувчи
Қ
арзга берилувчи
қ
иймат йўналиш
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Bu erda,
K
b
- kredit berildi;
K
o
- kredit olindi;
K
i
- kredit ishlatildi;
K
fq
- kredit foiz (%) bilan qaytarildi.
SHu tarzda bo‗sh pullar kreditning asosiy sharti-qarz uchun haq to‗lashni
ta‘minlaydi. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan u
qarz protsenti deb yuritiladi. Qarz protsenti pul bozorida amal qiladi.
Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning harakat boskichlari ham uni muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga
beriluvchi qiymat harakatini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
B
k
- O
kz
- I
k
... V
r
... Q
k
- F
ks
B
k
- kreditning berilishi
O
kz
- kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini
qondirish uchun olinishi
I
k
- kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olganligi
bilan uzviy bog‗liq bo‗ladi.
V
r
- qarz oluvchining xo‗jaligida qarzga olingan qiymatni aylanma oboroti
tugallanishini resurslarning oborotdan chiqarilishi ifodalaydi.
Q
k
- kreditni qaytarish
F
ks
- vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo‗liga qaytib kelishi (% bilan)
Kreditning mohiyatini uning asosi malum vaqtdan keyin qaytarib
beruvchanlik sharti va foiz bilan qaytarishi sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu
har ikkala shartdan tashqari kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat
K
b
K
o
K
i
K
fq
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy - iqtisodiy
belgilarini hisobga olish zarur.
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida
yangidan yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.
Har qanday iqtisodiy kategoriya o‗zining funksiyalariga ega bo‗lgani kabi
kredit ham o‗zining bir qator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda
kreditning o‗rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning
funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining konkret ravishda namoyon
bo‗lishidir.
O‗zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunning
28 va 34 - moddalariga muvofiq korxonalarni, tashkilotlarni, muassasalarni,
xususan kichik, o‗rta biznes faoliyati bilan shug‗ullanuvchi tadbirkorlarni
kreditlash tijorat banklarining asosiy vazifalaridan biri bo‗lib hisoblanadi.
Kredit berish (olish) «O‗zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini
yuritish tartibidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu nizom banklar
tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek, unga ochilayotgan kredit
liniyalariga nisbatan qo‗llaniladi. Bank kreditlarni o‗zining ichki kredit siyosatiga
va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi.
Kreditlar yuridik shaxs huquqlariga, o‗z sarmoyasi va mustaqil balansiga
ega bo‗lgan, O‗zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‗g‗risida»gi qonuni
tatbiq etiladigan mustaqil xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt hisoblanadigan korxonalarga
taqdim etiladi. Zarar ko‗rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‗lgan xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan
tartibda muddatidan oldin undirish uchun da‘voga beriladi.
Kredit olish uchun korxona yoki tashkilot o‗ziga xizmat ko‗rsatuvchi bankka
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kredit olish uchun ariza;
korxonaning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun oxirgi hisobot davri
uchun buxgalteriya balansi;
biznes-reja;
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
foyda va zararlar to‗g‗risida hisobot;
oborot mablag‗larining aylanuvchanligi hisob-kitobi;
boshqa kreditorlardan qarzga mablag‗lar olingani va boshqa banklarda
erkin mablag‗lari borligi to‗g‗risida ma‘lumotnoma.
Bu hujjatlar sinchiklab o‗rganilgach, bank xodimi xulosani rasmiylashtiradi,
so‗ngra u ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‗rib chiqish uchun kredit
qo‗mitasiga yuboriladi. Kredit qo‗mitasi o‗z vakolatlaridan kelib chiqib, uch kun
mobaynida tegishli qaror qabul qiladi.
Kredit qo‗mitasining ijobiy qaroridan keyin kredit shartnomasi tuziladi. Unda
quyidagilar ko‗zda tutiladi:
kredit maqsadi va summasi;
kreditni berish tartibi va shakli, kredit liniyasi miqdori va haqiqatdagi
qarzidan kelib chiqib belgilangan uzish muddatlari;
foiz stavkalari miqdori, ularni hisoblab yozish va to‗lash tartibi;
kreditni berish uchun zarur ma‘lumotlar, hisob-kitoblar va boshqa
hujjatlarning ro‗yxati va ularning davriyligi;
buxgalteriya va ombor hisobi, kreditdan maqsadli foydalanish,
qaytarishni ta‘minlash holatini joyning o‗zida har chorakda tekshirish va
boshqa masalalar.
Tashkilotga kredit berish alohida hisob varag‗idan «kredit liniyasini ochib»
yoki «kredit liniyasini ochmasdan» amalga oshirilishi mumkin.
«Ochiq kredit liniyasi» bilan ssuda berish bankning kafolat majburiyati bilan
rasmiylashtiriladi. Bu bilan bank o‗z zimmasiga, o‗zining bog‗lanish hisob varag‗i
holatidan qat‘i nazar, kredit shartnomasi bilan belgilangan kredit miqdori, kredit
berish muddati va limiti doirasida korxona yoki tashkilotga kreditni to‗siqsiz berish
kafolatlangan majburiyat oladi.
Bankning kafolat majburiyati ikki nusxada tuziladi, ularning bittasi kredit
xodimi farmoyishiga binoan balansdan tashqari 9925
- hisob varaqda hisobga olish
uchun buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi mijozning yig‗majildida saqlanadi.
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
«Ochiq kredit liniyasi» bilan kreditga ega bo‗lgan ehtiyoj:
kreditdan foydalanish va uni uzish davriyligi;
moddiy boyliklarni etkazib berish to‗g‗risida mol etkazib beruvchilar va
xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar tahlili asosida belgilanadi.
«Ochiq kredit liniyasi» bilan kreditlash limiti har chorakda, tovar
zaxiralarining haqiqatdagi o‗rtacha qoldiqlari, yuklab jo‗natilgan tovarlar (amalga
oshirishning bir oylik muddati doirasida) avvalgi chorak uchun tovar operatsiyalari
bo‗yicha kreditorlik qarzidan kelib chiqib belgilanadi. Berilgan kreditlar muddati
majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ular balansdan tashqari 9921 - hisob varaq
bo‗yicha kirim qilinadi.
Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi
Kreditga bo‗lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan
qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va
shakllarga bo‗linadi.
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‗llanilib kelinmoqda.
1.
Qisqa muddatli kreditlash;
2.
Uzoq muddatli kreditlash.
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha
bo‗lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari
va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta‘minlaydi.Bizga
malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ijtimoiy ishlab
chiqarish sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar
aylanishining tabiiy o‗lchovi sifatida xizmat tiladi. SHuning uchun ham bir yil
qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‗lib xizmat qiladi. Qisqa
muddatli kreditlar o‗z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo‗linadi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |