78
Kichik maydonli tajribalarda mikroo„g„itlarni qo„lda sepish mumkin. Lekin
bunda ularni aniq me‟yorlash va bir tekis taqsimlashga e‟tibor berish zarur. Bu
turdagi tajribalarda mikroo„g„itlar tuproq bilan aralashtirilib sepiladi.
Mikroelementlar ekishgacha berilganda ularni bir tekis taqsimlash maqsadida
variant ayrim qismlarga bo„linib, aniq hisoblangan o„g„itlar sochiladi; amal davrida
berilganda esa, variantga hisoblangan me‟yor qatorlar soniga taqsimlanib solinadi.
Shu bois har bir variant uchun zarur modda tortilib, qopchalarga solinadi-da, ustiga
mikroelement nomi, miqdori, variant tartib raqam yozib qo„yiladi va ular tajriba
tizimi asosida qo„llaniladi.
Mikroo„g„itlar me‟yorini tajriba tizimiga binoan variant maydoniga
hisoblashda gektarga mo„ljallangan miqdorga va tehnik tuzlardagi modda
miqdoriga asoslanadi: bo„r kislotada (N
3
VO
3
)-17,5 % V; maganets sulfatida
(MnSO
4
*5H
2
O)-22,8 % Mn; ammoniy molibdatda ((NH
4
)
2
MoO
4
)-49,0 % Mo; ruh
sulfatida (ZnSO
4
*7H
2
O)-22,0 % Zn; mis sulfatida (CuSO
4
*5H
2
O)-25,5 % Cu;
kobalt sulfatida (CoSO
4
*7H
2
O)-21,0 % So.
Misol:
1,0 kg bo„rni (hisob elementi bo„yicha yuritiladi, ya‟ni ta‟sir etuvchi
modda). 1 gektarga sepish kerak. Agar bo„r kislotasida 17,5 % bo„r bor bo„lsa,
undan 1 gektarga qancha sepish kerak? Hisob uchun ushbu proporsiya tuziladi:
100-17,5
h-100h1,0/17,5=5,7 kg gekrarga to„g„ri kelsa, maydoni 200 m
2
H-1,0
bo„lgan variantga
10000-5,7
h=200h5,7/10000=0,114 kg zarur ekan.
200-h
Mikroo„g„itlar bilan o„tkaziladigan tajribadarda g„o„zani parvarishlash,
hisob-kitoblar va fenologik kuzatuvlar, tuproq va o„simliklardan namunalar olish
dala tajribalari yuritishning O„zPITI da qabul qilingan uslubi asosida bajariladi.
Asosan mikroelementlar tuproqdagi quyidagi miqdorlarida samara beradi:
bo„r-1mg/ga dan kam (qaynatilgan suvli eritmada), marganets-100mg/ga, ruh-1,5-2
mg/ga, mis-0,5mg/ga va kobalt 0,2 mg/ga dan kam bo„lganda (rN 3,5 bo„lganda
natriy atsetat eritmasida), molibden 0,15 mg/kg dan kam bo„lganda (oksalatli
eritma). Mikroo„g„itlar bilan tajriba o„tkazish uchun tanlangan paykallar bo„yicha
asosiy agrokimyoviy tavsifnomadagidan tashqari ularning o„rganilayotgan
mikroelementlar o„zlashtiriladigan turlari tahlil qilinadi. Mikroelementlar miqdori
yuqorida qayd etilganlardan kamroq bo„lganda tajribani o„tkazish maqsadga
muvofiqdir.
O„simliklar (g„o„za)ni o„g„itlash bo„yicha o„tkaziladigan
Do'stlaringiz bilan baham: