Eslatma
. Nishablik darajasi yuqkori bo„lgan paykallarda sug`orish dastlab doimiy oqim
bilan o„tkaziladi, suv egat ohiriga etganda u 2-3 marta kamaytirilishi zarur.
Maqbul egat uzunligini ilmiy asoslash uchun uning quyidagi uzunlikdagi
qismlari tuprog`i namligi aniqlanadi% 50, 100, 150, 200, 250, 300 m va h.k.
shundan so„ng ushbu nuqtalarda ziroatlarning o„sish, rivojlanishi va hosildorligi
bo„yicha kuzatuvlar olib boriladi. Masalan, namlik egatning 50, 100, 150, 200
metrlik nuqtalarida bir hil, 250m. lik bo„lakchada esa birinchidan keyingi suvlarda
tuproq og`irligiga nisbatan 1-2%, CHDNS ga nisbatan 5-10% kamrok. Shu bois
o„simliklarda suv tankisligi alomatlari bilinib, ohir-oqibatida hosil keskin kamayib
ketgan.
Demak, maqbul (cheklangan) uzunligi 200m. bo„lgan egatlarda ziroatlardan
yuqori hosil olish mumkin.
Suv quyish tehnikasi elementlarini o„rganishda variant 8 qatorli bo„lishi
kerak. Suvning egat ohirigacha etish tezligi, oqim miqdori, tuproq namligi
bo„yicha kuzatishlar tajribaning barcha takrorlanishlarida o„tkaziladi.
Bunda egatga suvni quyish, uning quruq egat bo„ylab 0 dan 50, 100m.va h.k.
largacha etish vaqti yozib boriladi. Qiyalik darajasi yuqori va o„rtacha yerlarida
0m. dan 50 m, 50 m.dan 100m. gacha va h.k. egat ohirida (tashlamada) suv sarfi
o„lchagichlar bilan hisoblanib, bo„lakchalar bo„iycha sug`orish me‟yorlaridagi farq
belgilanadi. Shu qiyaliklarda irrigatsiya eroziyasini (yuvilishini) o„rganish uchun
egatlarning turli bo„lakchalaridan suyuk va quyuq oqim namunalari olinib, oziqa
unsurlari yo„qotilishi aniqlanadi.
Tomchilatib sugorish (TS).
Bu usulda sug`orish bir necha turli bo„ladi:
tuproq ichidan, tuproq yuzasidan tomchilatib sug`orish. Birinchi TS usulida
beriladigan suv 40-50 sm. chuqurlikka joylashtirilgan teshikli polietilen quvurlar
orqali tomchilatib beriladi. Bunda quvurlar diametri 16-32 mm.li, teshiklari 1,5-2,0
mm.li quvurlar 40-50 sm. chuqurlikka ko„miladi.
O„zPITI tadqiqotlaridan ma‟lum bo„lishicha, og`ir qumoq, tipik bo„z
tuproqlarda zahaob chuqur joylashgan sharoitda namlovchi quvurlar orasi 60sm,
ularning ichki diametri 16-20 mm. (17.1-chizma), yangi o„zlashtirilgan bo„z-
o„tloq, mehanik tarkibi engil qumoq tuproqlarda mos holda 90 sm; 16-32 mm.
(17.2-chizma) bo„lgani ma‟qul. Shunda har gektarga polietilen quvurlar sarfi 1,5
marta kamayadi.
Ammo mehanik tarkibi turlicha bo„lgan ko„plab tuproq tiplari uchun TS
parametrlari, shu jumladan, ziroatlardan yuqori hosil olish uchun ularning suv-
oziqa tartibi, sho„rlangan tuproqlar uchun tuz-suv muvozanati o„rganiladi.
Zahob chuqur joylashgan yerlarda yon tomonidan namlanish bo„lmaganda
60va 90sm. li egat oraliqlarida variant 4 qatorli, undagi ikki yon qator himoya,
2markaziy qator hisobli bo„ladi.
Zahob yuza joylashgan yerlarda variant seyalkaning ikki o„tishiga teng,
ya‟ni 8 qatorli bo„lib, ulardan 4 tasi hisobli, qolganlari himoya qataorlari vazifasini
o„tadi.
TSda namlatgich-quvurlarning maqbul uzunligini aniqlashda kam nishablik
darajasi pats, zahob yuza joylashgan yerlarda fenologik kuzatuvlar, turli hisob-
kitoblar tuproq namligi ustida kuzatuvlar bo„lakchaning har 0-50 m, 50-100m,
96
100-150m, 150-200m va h.k. nuqtalarida olib boriladi. Nishabligi katta (>0,007)
zahob chuqur bo„lganda esa hisoblar va kuzatuvlar 0-40m, 40-50, 50-60m va h.k.
bo„lakchalarda amalga oshiriladi.
TSda suv o„lchagich-hisoblagichlar, suv o„lchagich idishlar, suv o„lchagich
bankalar yordamida bajariladi. Zahob chuqur bo„lgan yerlarda TSda 1000m
3
/ga
me‟yorida suv berilsa, namlik 4m. chuqurlikkacha o„zgaradi. Shu bois suv
muvozanatini hisoblashda tuproq namligi bo„yicha namunalarni 4m.gacha
chuqurlikdan olish tavsiya etiladi.
Namlatgich sifatida teshikchali polietilen quvurlardan foydalanish, ularni
erga kavlamasdan ko„mishlarni mehanizatsiyalashga imkon beradi. Bunda sobiq
Butun ittifoq ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi “Raduga”da yaratilgan handaksiz
osma quvur joylashtirgich ishlatiladi.
TS bo„yicha tajribalar qo„yishda namlatgich quvurlarni yotqizish uchun
ETS-161 markali ekskavator-handak ochgichni qo„llash mumkin. U polietilen
namlatgich quvurlar uchun 400 mm. kenglikdagi handak ochadi.
17.1chizma. quvurlar orqali suv beriladigan tuproq tagidan tomchilatib sug‘orish
paykali tasviri:
1-tinitgich; 2-suv ochish krani; 3-bosh qvur; 4-suv ochgich; 5-suv sarfini
o„lchovchi hisoblagich; 6-taqsimlovchi qvur; 7-namlovchi quvur.
Eslatma:
kesma namlovchi quvur orqali o„tkazilgan.
97
17.2-chizma. Sug‘orish navidan suv olib ishlaydigan tomchilatib sug‘orish (TS)
paykali tasviri.
1-sug„orish navi; 2-suv yetkazuvchi quvur; 3-suv ochish krani; 4-suv o„lchagich
idish; 5-taqsimlovchi quvur.
Eslatma:
± 000 belgi sifatida yer yuzasi olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |