72
Sepish me‟yoridan qat‟iy nazar, tuproq changsimon va quruq o„g„itlarga
aralashtirilishi juda muhim. Tuproq o„g„it sepilayotgan variantdan olinadi.
O„g„itlar me‟yori egatlar soniga bo„linib, so„ng sepiladi.
G‘o‘zani bedapoya haydalgan dalada o‘g‘itlash
bo„yicha o„tkaziladigan
tajribalar vaqt va zamonda davom ettiriladi. Ya‟ni bu tajribalar bir yo„la 3 dalada
olib boriladi va bedapoya haydalgandan so„ng birinchi yil (plast), ikkinchi va
uchinchi yilgi ma‟lumotlar (oborot plasta) birlashtiriladi. Tajriba dalalaridan
olingan tuproqning dastlabki agrokimyoviy hususiyatlari haqidagi ma‟lumotlar
yillar bo„yicha 3 yillik jamlanma ilmiy hisobotda alohida-alohida keltiriladi.
G„o„za makajo„horidan va bug„doydan so„ng parvarishlanadigan dalalardagi
tajribalar har yili alohida dalada olib borilgani uchun avvalo dalalar tuprog„ining
unumdorlik darajasi bir-biriga yaqin bo„lmog„i kerak. Jamlanma ilmiy hisobotda
esa bu ma‟lumotlar yillar va dalalar bo„yicha ko„rsatiladi.
Bug„doyni, makkajo„horini o„g„itlash bo„yicha o„tkaziladigan tajribalar 3 yil
davomida yangi dalada olib boriladi. Shuning uchun bu dalalar tuprog„ining
unumdorlitgini ham bir-biriga yaqin bo„lishi kerak. Ilmiy hisobotda dalalar
tuprog„ining dastlabki agrokimyoviy hususiyatlari haqidagi ma‟lumotlar alohida
ko„rsatilib, boshqa ma‟lumotlar jamlangan holda keltirilishi mumkin. Bu
tajribalarda izlanish uchun olinadigan tuproq va o„simlik namunalari shu
ekinlarning asosiy rivojlanish davrlariga va tajriba maqsadiga mos holda olinadi.
Beda o„simligini o„g„itlash bo„yicha o„tkaziladigan tajribalar ham vaqt va
zamonda olib boriladi. Bu tajribalar bir yo„la 3 ta dalada davom ettiriladi va
olingan ilmiy ma‟lumotlar bedapoya haydalgandan so„ng o„stiriladigan
g„o„zalardagi kabi jamlanib ko„rsatiladi.
G„o„zani polietilindan plyonka ostida o„stirishda o„g„itlash bo„yicha
o„tkaziladigan tajribalar huddi ochiq maydonlardagidek olib boriladi.
No‟ananaviy agrorudalar (bentonit, glaukonit) fosforit yoki fosfogipsning
samaradorligi o„g„it sifatida o„rganilayotgan tajribalarda ular tarkibidagi asosiy
ozuqa unsuri hisobga olinadi.
Go„ng, argona-mineral kompostlar, biogumusning ho„jalik me‟yorlari
sochilishda variantlar alohida bo„laklarga ajratiladi. Har bir bo„lakchaga ular
alohida tortilib, to„kiladi va pashahalar, tirmalar yordamida bir tekis taqsimlanib,
so„ng haydaladi.
Mashina terimida (qo„l terimida ham) o„g„itlarning qo„shni variantlarga
ta‟sirini bartaraf etish uchun ikki chetki qator hisobidan chiqariladi. 8 qatorli
tajribada hisobli maydonga 4 qator, 12 qatorlida 8 qator kiritiladi. Undan tashqari
tajribaning yuqori va pastki qismlaridan himoya maydonchalari ajratiladi. Har bir
maydon kengligi traktorning 1 o„tish kengligiga teng bo„ladi. Tajribalar 2 va undan
ko„proq yarusda joylashtirilganda himoya maydonchasi 10 metrchani tashkil etadi.
Bunda har yarusda yuqoridan kelgan suvlar uchun alohida o„qariq va tashlanma
o„qariqlar ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: