Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

Sizob sathi tartibini o‘rganish bo‘yicha 
kuzatishlar sizob eng chuqur 
bo„lganidan yana 1 m chuqurroq kavlangan kuzatuv quduqlari orqali amalga 
oshiriladi.
Agrotehnik tajribalarda uning markaziga o„rnatilgan 1 ta kuzatuv qudug„i 
bo„yicha sug„orish davrida har 5; sug„orilmaydigan davrda har 10 kunda zahob 
sathi o„lchanishi lozim.
Sho„r yuvish va amal davri sug„orishlari tartibini o„rganishda zahob sathi 
kontrast variantlarida o„lchangani ma‟qul. Kuzatishlar sug„orishdan avval, suvdan 
keyin 10 kun davomida har kuni, suv quyish tugaganda so„ngra har 5 kunda, 
sug„orilmaydigan davrda har 10 kunda olib boriladi. Namlik uchun tuproq 
namunalari olinib, berilgan suv me‟yorlari tuproq qatlamining qaysi gorizontigacha 
namiqtirgani kuzatiladi. 
Melioratsiya yo„nalishida o„tkazilgan tajribalarda sizob sathidan tuproq 
kapillyarlaridan namlikning ko„tarilishi balandligi aniqlanishi zarur. 


66 
Tuproq sho‘rlanganligi va namligi
doimiy belgilab qo„yilgan nuqtalar 
bo„yicha aniqlanadi, nuqtalar joylashishi tarhi (plan) ga tushiriladi. Tuproq 
namunalari har gal avvalgisidan 1-2 m. uzoqlikda olinishi kerak, burg„ulangan 
chuqur atrofidagi o„simliklar bir hil rivojlngan bo„lgani ma‟qul. Quduqni bir gal 
maromida rivojlangan o„simliklar orasida, boshqasida nochor rivojlanganlari 
orasida joylashtirish nojoiz. 
Namunalar har variantda 3 ta nuqtadan olinadi. Tuproq sho„rlanishi ziroatlar 
o„sishi, rivojlanish va hosil bilan bog„lanishi belgilash maqsadida shunday qilinadi. 
Yangi o„zlashtirilgan, sho„rlanishi turlicha bo„lgan yerlarda namunalar olish 
takrorlanishi har variantda 5 martadan bo„lishi kerak. 
Har bir namuna olinadigan nuqtaga qoqilgan qoziqlarga qo„yilib, bu dala 
tajribasi tizimining shematik rejasi belgilanadi va tajriba ohirigacha saqlanishi 
zarur. 
Sho„rlanish hilma-hilligi mavjud bo„lganda o„simliklar rivojlanishi har fon 
(maromida, 
kam 
sho„rlangan, 
o„rtacha 
hamda 
kuchli 
sho„rlangan 
maydonchalardagi ta‟sir o„rganiladi) nazoratida alohida quduq bilan belgilanadi. 
Tuproq namunali g„o„za va chopiqtalab boshqa ziroatlar egati ichidan 
olinadi. Turli sug„orish usulllari (egatlatib va yomg„irlatib) qiyoslanayotganda 
sho„rlanish va namlik uchun tuproq namunalari ham pushtadan, ham egatdan 
olinadi, chunki namlikning turlicha taqsimlanishi sho„rlanish pushtadan va egat 
orasida har hil bo„lishiga olib keladi. 
Mehanik tarkibi bir hil bo„lganda yoki chuqurlashgan sari sekin-asta 
o„zgarib borganda namunalar 10 sm. dan 40 sm. chuqurlikkacha, so„ngra har 20 
sm. dan, tuproq keskin qatlamli bo„lganda har 10 sm. dan olinadi. Ikki holatda ham 
tuproq zahob sathigacha olinadi. 
Burg„ulanib olingan tuproq staqanda qog„oz ustiga tushirilib, unga tajriba 
nomi, variant, takrorlanish, nuqta, raqami, qatlami chuqurligi va sana yozilgan 
yorliq solinadi, namuna qog„ozga o„ralib, ustiga ham yorliqdagi yozuvlar oddiy 
qora qalam bilan yoziladi. 
Tuproqning pastki qatlamlaridan olingan namunalar namligi yuqori 
bo„lganligi uchun quduq yonida biroz nami qochguncha qoldirilib, so„ngra o„rab 
qo„yiladi. 
Sho„rlanish darajasi bir hil bo„lgan va sho„rsizlantirilgan fonlarda joylashgan 
agrotehnik tajribalarda namunalar nihollar ko„ringanda bahorda va kuzda (aprel va 
oktyabr) olinadi. Sho„rlanish bir tekis bo„lmaganda uning darajasi aniqlanadi va 
sho„rlanishning o„simliklarga ta‟siri ko„zga tashlanganda, ya‟ni birinchi suvdan 
oldin ham namunalar olinadi. 
Tuz tarkibi va namlik: 
-sho„r yuvish bo„yicha tajribalarda har bir sho„r yuvishdan avval va keyin, 
nihollar ko„ringanda, birinchi amal suvidan oldin va ohirigi suvdan keyin va 
kuzda; 
-turli muddatlarda sho„r yuviladigan tajribalarda barcha variantlarda bir 
vaqtda; 


67 
-sug„orishning tuproq, suv va tuzlanish tartibiga ta‟siri o„rganiladigan 
tajribalarda nihollar ko„ringan, har bir amal suvidan avval so„ngra va amal davri 
ohirida aniqlanadi. 
Namunalar bahorda birinchi suvdan avval ohirgi suvdan keyin, kuzda zahob 
sathigacha, boshqa muddatlarda 100sm. chuqurlikkacha olinadi. 
Tuproq va zahobning bahor va kuzda olingan namunalarida tuproq eritmasi 
to„liq tahlil qilinadi. Meliorativ tajribalarda ham to„liq tahlil amalga oshiriladi. 
Tuproq namunalari uchun burg„ulangan quduqchalardan zahob namunasi 
olinadi, suv olish qiyin bo„lganda quduqqa quvur tushirilib, namuna olinadi. 
Zahob sho„rlanganligi sho„r yuvish o„rganiladigan tajribalarda yuvishdan 
avval va keyin, sug„orishning meliorativ ahamiyati o„rganiladigan tajribada amal 
suvigacha va undan keyin aniqlanadi. Bunda quruq qoldiq NSO
3
, SL, SO
4
, Mg, Sa, 
va Na, K alangali fotometrda tahlil qilinadi, sho„r yuvishlarda nitratlar va 
harakatchan fosfor miqdori aniqlanadi. 
Sug„orishda turli darajada sho„rlangan suv ishlatilganda uning tarkibida 
quruq qoldiq, NSO
3
, SL, SO
4
, Mg, Sa, va Na, K alangali fotometrda, nitratlar
harakatchan fosfor har suvda yoki sho„r yuvishda tahlil etiladi. 
Sho„r 
yuvish bo„yicha, shuningdek, o„zlashtiruvchi ziroatlarning 
melioratsiyalashtiruvchiligi va amal davri suvlari o„rganilayotgan daryo suvining 
sho„rlanganligi tahlil etiladi. 
Fenologik kuzatuvlarni
tuproq sho„rlanishi bilan bog„lash zarur. Shuning 
uchun tuproq namunalari olinadigan quduqchalarga yaqin joyda kuzatuv 
maydonchalari bo„lishi kerak. 
Sho„rlanish har hil, g„o„za siyrak bo„lgan hollarda kuzatuv maydonchalari 
fondagi o„simliklar holatini to„liq tavsiflay olishi zarur (maromida o„sgan, 
g„o„zaga sho„rlanish 0,3 o„rtacha va kuchli ta‟sir qilgan). 
Fondagi kuzatuv maydonchalari soni variantdagi har sho„rlanish foni 
maydoni mutanosib bo„lishi kerak. Masalan, agar maromida o„sgan g„o„za hamma 
maydonning 60 % ini tashkil etsa, unda 10 ta maydondan 6 tasi maromida o„sgan 
g„o„za fondida, 3 tasi sho„rlanish kuchsiz va 1 tasi kuchli ta‟sir qilgan fonda 
joylashtiriladi. Bunda sho„rlanish bo„yicha har bir fon alohida namuna olish 
nuqtasiga ega bo„lishi kerak. 
Hosil yig„imi har bir fon bo„yicha 20-50 m
2
li maydonchalarda boshlanib, 
so„ng variantning jami hisobli maydoniga o„tiladi. Bunda o„simliksiz 
maydonchalar hisobdan chiqariladi. 
Meliorativ tajribalarda etishtirilgan o„simliklarda tuzlar tarkibi va chigit 
sifati, donli va em-hashak ziroatlari mahsuloti sifati aniqlanadi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish