Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

10.2-chizma. Lizimetrning tarkibiy qismlari: 
1-tuproq monoliti; 2-lizimetrning asosiy baki; 3-kuzatish quvuri; 4-kuzatuv 
quvurining suzg„ich qismi; 5-qum qoplami; 6-shag„al qoplami; 7-kavsharlash 
choki; 8-lizimetrda suv sathi; 9-ta‟minlovchi taglik; 10-teshikli quvur; 11-po„lat 
plastinka; 12-to„r; 13-ulaydigan quvur; 14-mustahkamlovchi quvur; 15-qopqoq; 
16-biriktiruvchi bolt; 17-po„lat plastinkani mahkamlovchi quvurcha; 18-suv 
o„tkazuvchi quvurcha; 19-avtomatik ta‟minlovchi asbobning sozlovchi kamerasi; 
20-polihlorvinnli quvurcha; 21-infiltratsiya quvur; 22-po„kak trosi; 23-
tahminlovchi quvur; 24-po„kak; 25-infilratsiya suvlari o„tadigan teshik; 26-ichida 
rezina manjeti bo„lgan cho„mich; 27- tindirgich; 28-po„kak trosining ilmog„i; 29-
ventil tutqich; 30-yog„och po„kak; 31-ehtiyotlovchi quvur; 32-g„o„za; 33-asosiy 
bakni 
mustahkamlovchi 
temir 
burchagi; 
34-ta‟minlovchi; 
taglikni 
mustahkamlovchi temir burchagi; 35-ventil 36-ventilning ehtiyotlovchi quvuri; 37-
o„zak; 38-ehtiyotlovchi quvur. 
Teskari suzgich har biri 10 sm.li 3 qatlamdan iborat: eng pastki qatlam 3-5 
sm. kattalikdagi hillangan toshdan; o„rta qatlam 1-3 sm. kattalikdagi mayda 
shag„aldan; uning ustiga 0,3-1,0 sm. kattalikdagi hillanmagan shag„al yotqizilgan, 
u tuproq tagidagi qum qatlami bilan bevosita tutashadigan qismlardan tashkil 
topgan. 
Lizimetrning ikki qarama-qarshi burchagiga ikkita quvur o„rnatiladi. 
Ularning bittasi ta‟minlovchilik vazifasini o„taydi, ikkinchisidan kuzatuv uchun 
foydalaniladi. 
Ta‟minlovchi quvurning pastki qismi yon tomoni kesik bo„lib, u lizimetr 
baki tagiga taqab o„rnatiladi, kuzatuv quvuri tuproq tagidagi yirik qum qatlamiga 
taqalib turadi. Ikkala quvur ham tuproq yuzasidan 10 sm. yuqori ko„tarilgan holda 
bo„ladi. Ular qopqoqli bo„lib, qulflab qo„yiladi. 
Lizemetrlar bevosita sug„oriladigan ekinlar-g„o„za, beda va boshqa ziroatlar 
ekilgan paykalda yoki mahsus maydonchada o„rnatiladi. 


59 
Lizimetrik maydonchada lizimetrlar ekinlar turi bo„yicha guruhlab 
joylashtiriladi. 
Lizimetrlar o„rnatilguncha maydoncha tuprog„ining suv-fizik va 
agrokimyoviy hossalari batafsil o„rganiladi 3,5 m. chuqurlikkacha har sm. da 
tuproqning mehanik va mikroagregat tarkibi, hajm og„irligi, solishtirma og„irligi, 
dala nam sig„imi, suv o„tkazuvchanligi namlik va suvda erigan tuzlar tarkibi 
aniqlanadi. Gumus, azot, fosfor va kaliyning yangi va harakatchan shakllari tarkibi 
tahlil etiladi. Hajmi va solishtirma vazn haqidagi ma‟lumotlar bo„yicha tuproq 
g„ovakligi hisoblanadi. 
Lizimetrlar zahob sathi eng past bo„lganda mahsus tuproq monolitini 
ko„taradiga uskunalar yordamida o„rnatiladi. 
O„rnatilgan lizimetrlarning umumiy soni tadqiqotlar hajmi va vazifalariga 
bog„lik. Lizimetrlar bilan g„o„za, beda va makkajo„hori ekilgan, zahob sathi doimo 
1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; va 3,5 metr chuqurlikda bo„lgan va shu ziroatlar bilan ham 
zahob sathi o„zgaruvchan, mehanik tarkibi bir hil va pastga qarab engillashib 
boradigan tuproq hilida tadqiqot va kuzatuvlar o„tkazilsa yahshi samara beradi. 
Qatlamli va og„ir mehanik tarkibli sug„oriladigan tuproqlarda lizimetrlar 
bilan zahob sathini 1,0; 1,5; 2,0; 2,5 m. chuqurlikkacha chegaralash mumkin. 
Har bir variant takrorlanishi uchdan kam bo„lmasligi kerak. Lizimetrlar 
atrofidagi maydonchaga lizimetrda etishtirilayotgan ziroatlar ekilishi darkor. 
Lizimetrlarda doimiy va o„zgaruvchan zahob sathi ta‟minlanadi. Zahob 
sathining sozlanishi «AP-10-2» asbobi yordamida avtomatik yohud qo„lda suv 
quyib yoki suvni tortib olib tashlab bajariladi. 
Zahob sathi nazorat quvuri bo„yicha hlapushka yordamida o„lchanadi. Sathi 
pasaysa, ta‟minlovchi quvur orqali suv quyilib, zarur balandlikka ko„ratiladi, agar 
zahob ko„ratilsa, mahsus chelakcha yoki shlang orqali so„rib olib, sozlanadi. 
Quyilgan yoki olib tashlangan hajmi aniq hisobga olinadi.
Zahob sathini o„lchash, suv qo„yish va olib tashlash sutkada 2 marta – soat 7 
va 19 da bajariladi. Zahob sarfi ko„paygan palla (iyul, avgust oylari) da kuzatuvlar 
3 marta – soat 7; 14; 19 da o„tkazilgani ma‟qul.
Lizimetrlardagi zahobning sho„rlanganlik darajasi va tipi ma‟lum me‟yorda 
ushlanadi. U tabiiy sharoitga yoki sun‟iy sho„rlanishga mos kelishi kerak. Buning 
uchun suv mahsus quduq yoki zovurdan olinib, daryo suvi bilan aralashtiriladi va 
zarur sho„rlanish darajasiga erishiladi.
Zarur sho„rlanish darajasidagi suv hosil qilish uchun zovur va daryo 
suvidagi tuzlar miqdori va sifati tahlil qilinadi. Masalan, quduq yoki zovur 
suvining sho„rlanishi 5 g/l, daryo suviniki esa 0,5 g/l. quruq qoldiq bo„yicha 
aniqlanadi. Agar lizimetrda 3 g/l sho„rlanishini ta‟minlash zarur bo„lsa, hisob 
quyidagicha bajariladi:
0,5h+5(1-h)=3. 
Bunda h-1 l. aralashmaga to„g„ri keladigan vodoprovod suvi, shunda 
0,5h+5-5h=3h; 4,5h=2; h=2/4,5=044 ya‟ni 3 g/l sho„rlanishli 1 litr suv olish uchun 
440 ml. daryo suvi va 560 sm
3
zahob suvi olish kerak. Har kuni sug„orish zarur 
darajada sho„rlangan suv bilan o„tkaziladi. Lizimetrdagi zahob sho„rlanganligini 


60 
zarur darajada ta‟minlab turish uchun har 10 kunda ta‟minlovchi quvurdan namuna 
olinib, unda quruq qoldiq, NSO
3
, Sl va SO
4
anionlar miqdori tahlil etiladi.
Lizimetrda g„o„za, beda, makkajo„hori etishtiriladi. G„o„za 60h16h1 tizimda 
ekilib, bir lizimetrda 12, har gektarda 100 ming tup/ga ko„chat bo„ladi. 
Makkajo„hori 60h32h1 tizimda ekiladi. Bunda o„simlik soni lizimetrda 6 dona, 1 
gektarda 50 ming tup/ga bo„ladi. O„g„itlar mavjud yo„riqnomalarda belgilangan 
muddat va me‟yorlarda solinadi.
Tuproqlarni ekishga tayyorlash, ekish va o„simliklarni parvarishlash huddi 
lizimetr o„rnatilgan ho„jalikdagi kabi amalga oshiraladi. G„o„za, beda, 
makkajo„horining sug„orish muddatlari tuproq namligini «NIV-2» nam 
o„lchagichda yoki barglar shirasi konsentratsiyasini qo„l refraktometri yordamida 
aniqlab belgilanadi.
Ilgari o„tkazilgan lizimetrik tadqiqotlarning ko„rsatishicha, bir hil tuzilishli 
engil va o„rta qumoq yoki og„ir qumoq, pastga qarab engillashib boruvchi 
tuproqlardagi 
g„o„zani 
sug„orish 
zahob 
sathiga 
qarab 
quyidagicha 
tabaqalashtiriladi: 1,0 va 1,5 metrlida 2-3 suv 0-20 va 1-20; 2,0 va 2,5 m. da 3-4 
suv 1-2-0 va 1-3-0 tizimida; 3,0m. da 5 suv 1-4-0; m.da 6 suv 2-4-0 tizimda 
beriladi.
Bir hil tuzilishli og„ir qumoq va soz tuproq yoki tarkibi turli qatlamli, 
tuzilishi 
tuproqli 
lizimetrdagi 
g„o„zaning 
sug„orilishi 
quyidagicha 
tabaqalashtiriladi: zahob sathi 1,0 va 1,5 m bo„lganda 4-5 suv 1-3-0 va 1-4-0 
tizimlarda; 2,0 va 2,5 m da 6-7 suv 2-4-0 va 2-4-1 tizimlarda beriladi. Sug„orishlar 
soni makkajo„horida g„o„zaga nisbatan barcha zahob chuqurliklarida bittaga, 
bedada esa 3 taga oshiriladi. 
Lizimetrda parvarishlanayotgan ziroatlarni sug„orish me‟yorlari tuproqdagi 
nam tanqisligini 30 % oshirib belgilanadi. Bunda sug„orishning yuvuvchi tartibi 
ta‟minlanadi. Zahob sathi 1,0 va 1,5 m bo„lganda sug„orish me‟yori g„o„za uchun 
700-800 m
3
/ga, nihollik davridan gullagungacha va 900-1000 m
3
/ga gullash – hosil 
tugish davrigacha; makkajo„hori uchun 700-800 m
3
/ga ro„vak chiqarguncha va 
900-1000 m
3
/ga kelgusi rivojlanish pallalaridan doni sut-mum pishish 
darajasigacha; birinchi yilgi bedada 700-800 m
3
/ga birinchi o„rimgacha, 900-1000 
m
3
/ga keyingi o„rimlarda beriladi.
Davrlarga qarab sug„orish me‟yorlari zahob sathi 2,0; 2,5 m bo„lganda 15 % 
ga, 3,0 va 3,5 m bo„lganda 30 % ga oshiriladi (zahob sathi 1,0 va 1,5 m.ga 
nisbatan). Sug„orishda daryo suvidan foydalaniladi.
Sug„orishdan va yog„ingarchilikdan so„ng zahob sathi ko„tarilsa, suvi tortib 
olinib, o„lchab tashlanadi va sho„rlanganlik darajasi aniqlanadi.
Ziroatlar parvarishida lizimetrdagi o„simliklarda ham, uning atrofidagi 
o„simliklarda ham bir hil agrotehnika qo„llaniladi.
Amal davrida lizimetrdagi barcha o„simliklarda fenologik kuzatuvlar 
o„tkaziladi. Ziroatlarning hosili, o„simliklarning ho„l va quruq vazni o„lchanadi, 
pahta hosili, makkajo„hori doni va beda pichani hosili hisobga olinadi. Hosil sifati 
aniqlanadi. 


61 
Lizimetrlarda suv va tuz muvozantini belgilash uchun quyidagilar hisobga 
olinadi: yog„inlar miqdori, mavsumiy sug„orish me‟yori, to„kilgan va quyilgan suv 
miqdori, lizimetrdagi dastlabki va ohirgi tuproq namligi, tajriba qo„yilgan 
tuproqdagi tuzlar tarkibi, to„kilgan va quyilgan suv, daryo suvining 
sho„rlanganligi, o„simlikning tuzlarni olib chiqishi. Buning uchun o„simliklarning 
quruq vazni va ulardagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi. 
Tuzlar muvozanatiga ko„ra, har qaysi tajriba poyonida sho„r yuvish muddati 
va me‟yori har lizimetr uchun belgilanadi. Har galgi sho„r yuvishda suv me‟yori, 
daryo suvi va to„kilgan zahobdagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi. 
Lizimetrdan va lizimetrik maydonchada suv yuzasidan bug„lanishga sarf 
bo„layotgan suv o„rtasidagi korrelyativ bog„liqlikni aniqlash uchun quyidagi ishlar 
amalga oshiriladi: lizimetrik mayonchada 3 takrorlanishda kattaligi 0,h0,5h0,5 m. 
bo„lgan baklar erga ko„milib, ularga suv quyiladi-da, yuzasidan bug„lanayotgan 
suv miqdori o„lchab boriladi. Baklardagi suvni ma‟lum belgida tutish uchun 
sutkada ikki marta daryo suvi quyiladi. Baklar yuzasida hosil bo„ladigan va 
bug„lanishni sekinlashtiradigan biologik parda yuzaga kelishining oldini olish 
uchun mis kuporosining 200-300 mg/l li eritmasidan foydalaniladi.
Lizimetrda olingan ma‟lumotlar asosida, tadqiqotlar dasturiga ko„ra, o„n 
kunlik, oylik, uch oylik va yillik grafik, jadvallar va hisobotlar tuziladi. 
Lizimetrlarda o„tkazilgan tadqiqotlar natijasida tuproq aeratsiya qatlamining 
suv va tuzlar muvozanati bo„yicha sonli qiymatlargina emas, balki juda katta 
amaliy ahamiyatga ega bo„lgan turli qimmatli ma‟lumotlar to„planadi. 
Ntijalarning nazariy tahlili va tadqiqot ma‟lumotlarining umumlashtirilishi 
zamonaviy agrar fani rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim muammolar-asosiy 
ziroatlarning suv iste‟moli me‟yorlarini nazariy va uslubiy jihatdan qayta ko„rib 
chiqish, kam suv sarflab, yuqori hosil olishni ta‟minlaydigan mavsumiy va har bir 
sug„orish me‟yorlarini belgilash imkonini beradi. 
Suv sarfi bo„yicha ma‟lumotlardan sug„oriladigan hududlar tuprog„ining suv 
va tuz muvozanatini, bu muvozanat o„zgarishini bashorat qilishda foydalaniladi. 
SHuningdek, respublikamiz viloyatlaridagi sug„oriladigan erlarni gidromodul 
rayonlashtirish va shu asosda ziroatlarning sug„orish tartiblarini ishlab chiqishda 
ham shu dalillarga tayaniladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish