154
13-Mavzu: SHAXSNI RIVOJLANTIRISH TRENINGLARI
Reja:
1.Shaxs va shaxs barkamolligi tushunchalari.
2.Shaxsni rivojlantirish treninglarining tarixi (A.Everett).
3.Shaxsni rivojlantirish treninglarining maqsadi.
4.Shaxsni rivojlantirish treninglarining mijozlari.
5.“Men”
konsepsiyani
rivojlantirish
shaxsni
rivojlantirish
treninglarining asosiy vazifasi.
Tayanch
tushunchalar:
Shaxs,
shaxs
barkamolligi,
shaxsni
rivojlantiruvchi treninglar, belgilangan mavqe, erishilgan mavqe, shaxsning
tabiiy lavozimi, kasbiy lavozim mavqei, ijtimoiy mavqe o’z – o’zini anglash,
shaxsning ijtimoiy roli, “Ong Dinamikasi” nazariyasi
Maqsadga erishish vositasi - bu o'zini takomillashtirishdir.
Aleksadr Everett
1.Shaxs va shaxs barkamolligi tushunchalari.
Shaxs to’g’risida so’z
borar ekan, avvalo ijtimoiy degan iboraga qisqacha to’xtab o’tishni joiz
ko’ramiz. Chunki shaxs va ijtimoiy tushunchalari bir-biriga bog’liqdir. Kundalik
turmushda
ijtimoiy, ijtimoiy borliq, ijtimoiy ong,
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy kabi iboralarga ko’p duch kelamiz. “Ijtimoiy” atamasi arabcha “ijtimo”
so’zidan olingan bo’lib, kishilik jamiyatiga, uning
hayoti va qonuniyatlarga
tegishli narsani bildiradi. Ijtimoiy guruh deganda esa kishilarning yig’ilishi,
to’planishi tushuniladi.
Hozirgi zamon psixologiyasi fani shaxs faoliyatini ijtimoiy sohadan
ajralgan holda o’rganish murakkab ekanligini alohida e’tirof etmoqda. Shaxs
psixologiyasi haqida ma’lumotlar berilishini ta’kidlagan
holda bularda asosan
shaxs rivojlanishining ijtimoiy jihatdan mavjud qonuniyatlarini o’rganishga
ko’proq e’tibor berish talab etiladi.
Shaxs ijtimoiy o’zaro ta’sir va munosabatlarning birlamchi omili bo’lib
hisoblanadi. Shaxsning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi o’rni va mohiyati
doimo psixologiya fanining muhim va bahs talab sohalaridan biri bo’lib kelgan.
Insonning mohiyatini dastlab o’rgangan Konfutsiy va uning izdoshlari edi.
Ularning fikricha, shaxsdagi tug’ma xususiyatlar
- bu samoviy munosabatlar
hosili bo’lib, ularga ta’lim yoki ularni odamning o’zi yaratishi vositasida erishib
155
bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun
orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tugilishidan boshlab foyda olishga intiladi.
Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro raqobatlashadilar
va bir-birlariga yon
bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini o’zgartirish,
yaratilgan qoidalar asosida ta’lim berib, ularni adolatlilikka va masuliyatlilikka
orgatish lozimligini keltirib o’tadi.
Shaxs ijtimoiy mavqei uning tashqi xulqida ham, tashqi qiyofasida, yurish
turishida va hatto muomalasida ham o’z ifodasini topadi. Shaxsning ijtimoiy roli
nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o’zaro farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: