45
3)Psixolog qatnashchilar bilan birga trening barcha topshiriklarini bajarishi
shart.
4)Qatnashchilarning har biri hamma mashg’ulotlarda qatnahish lozim.
5)Treningni boshqaruvchi mashg’ulotlarini mahorat bilan boshqarish kerak
ya'ni kishining mijozning
shaxsiyatiga tegadigan, uyaltiradigan vaziyatlardan
kochish va har bir mijozning fikrini ma'qullash va uni rag’batlantirib
turishi
kerak.
6)Boshqaruvchi qo’yilgan muammolarini qatnashuvchilarning o’zlari xal
qilishlari uchun qulay haroit yaratish kerak.
7)Mashg’ulot davomida qatnashchilarda o’z taassurotlarini yozib borishi
uchun kundalik tutishga ruxsat etiladi.
8)Har bir qatnashchi albatta har bir mashq davomida bildirishi lozim.
9)Hamma boshqalarni diqqat –e'tibor bilan tinglashi kerak.
10)Hamma qatnashchilar ro’y-rost samimiy
va ichidagi gapni gapirishi
shart.
11)Qatnashchining biron-bir nuqsoniga e'tibor bermasligi kerak.
12)Trening borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat berish
mumkin emas.
13)Trening jarayonida bemalol ‘bu erda’ va ‘hozir’ kabi so’zlarni ishlatish
shart .
14)Boshqaruvchi har bir mashg’ulot oxirida yakun yasab qatnashchilardan
qanaqa yoki qanday yangilik olganlarini ularda qanday o’zgarish bo’lganini
so’rashi kerak.
15)Boshqaruvchi albatta uyga vazifa berishi va bajarilishini nazorat qilishi
kerak.
Treningni muvaffiqiyatli o’tkazish uchun
va uning sermahsulligi
boshqaruvchi bilan qatnashchilar o’rtasida o’zaro bir-birini tushunish darajasiga
bog’liq. Treningni uyushtirishda quyidagi qiyin narsalarni nazarda tutish
maqsadga muvofiq:
A)Har kim o’zining shaxsiy ichki siqiqligini
engish va barcha
ishtirokchilarning ko’zlariga to’g’ridan to'g’ri qarash.
B)Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish.
V)Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual va
tashkiliy kuch sarflashni talab qilish.
S)Mashg’ulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo’lgan
xonada o’tkazish lozim va qulay rohatbaxsh etadigan ko’ngil
ochadigan
muloyim derazalarga nafis pardalar bo’lishi kerak.
46
D)Har bir ishtirokchi o’yinini tayyorgarliksiz bajarish shart.
E)Trening boshlashda avval o’zining chaqiruv ya'ni karton qogozlari
yozish kerak va berish kerak.
Yuqorida ta'kidlab o`tilgan talablarga rioya qilmasdan turib, aslo o`ynovchi
guruh hosil qilib bo`lmaydi. Va bunga trening ijobiy ta'sir ko`rsata olmaydi ham.
Har bir ishtirokchi o`zining o`yinga va o`yin
yuzasidan ruhiy jihatdan
tayyorlamog`i va improzatsiya qilishga (tayyorgarliksiz bajarishga) tayyorlashi
darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: