43
ko’rinishi, yuz ifodasi, kiyimining rangi, didi kabilarga talluqli bo’lishi mumkin.
Ammo bu xushomatda asl xushomad elementlari minimal ifodalanishi zarur,
ya’ni bo’rtirib yo’q narsani aytish ham muloqotga xalaqit berishi mumkin.
Shuningdek, ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib unda
alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari ularda
individual shakllinishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab
u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga qo’yiladi.
Trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy
ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi bo’lishi lozim. Yana
boshlovchida zarur trening mashg’ulotlari muvaffaqiyatli bo’lishi
uchun ayrim
tomonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasi mavjud bo’lishi lozim.
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki
ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga
ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit
yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga
moyillik sezishlari shart.
Treningning asosiy ustanovkasi: rolli o`yin shaklida bo’lib, rolli vaziyatni
idrok etishni
tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki trening qatnashchilarida
trenerning yordamida o`yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual
munosabatini uyg`otish zarur.
Treningni o`tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqot
usullarini o`zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglashtiruvchi
vaziyatni rag`batlantirish joiz.
Trening faoliyati 8-10 mashg`ulotni o`z ichiga qamrab oladi xolos.
Treningning hamma mashg`ulotlari uning ishtirokchilari bilan faqat do`stona,
samimiy his-tuyg`ular asosida va ixtiyoriy tarzda o`tkaziladi.
Trening ishtirokchilarining soni 8-10 kishidan 15-20gacha bo’lishi
maqsadga muvofiqdir. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat bo’lgan guruhdir.
Ishtirokchilarning ko’payib ketishi o’zaro ishonch muhitinining tarkib topishiga
halaqit berishi mumkin. A’zolari kam bo’lgan alohida guruhlarda esa
ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunishlari va tez til
topisha olish sharoitini
yaratadi. Agar ishtirokchilar soni 25 kishidan oshib ketsa, dastur asosida
ishtirokchilarni bir necha kichik guruhlarga bo’lgan holda o’kaziladi, lekin
bunda treningni tashkil etish bosqichi ko’p vaqtni talab etadi. Natijada
ishtirokchilarning diqqati ham bir muncha bo’linib, ko’zlangan natijaga
erishishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ishtirokchilarning
yoshi orasidagi farqi
esa 4-5 yoshni tashkil etishi treningni mahsuldorligini, o’zaro bir-birini
44
tushunishi, his qilishi, hurmatini saqlashi kabilarning yuzaga chiqishiga olib
keladi.
Har qanday trening trenerning qisqacha axboroti ya’ni treningni maqsadi,
vazifalari , ishtirokchilar egallashi mumkin bo’lgan omillar haqida fikr bildirishi
bilan boshlanadi. Shuningdek, ishtirokchilarga
trening haqida tushuncha, uning
qanday tashkil etish, o’tkazilishi, mashg’ulot so’ngida qanday natijalarga
erishishi haqida tushunchalar beradi. Keyingi bosqichda trener guruh a’zolari
bilan mashg’ulot davomiyligini kelishib olib, mashg’ulotning davomiyligi
quyidagicha tashkillash mumkinligini aytadi:
1.
Mashg’ulot haftasiga 4-5 kun 8 soatdan(orada 1 soat yoki 30 minut
tanaffus beriladi). Bunday trening eng samarali natija beradi.
2.
Mashg’ulot haftasiga 2-3 kun har kuni 4-5 soat. Samarali natija beradi.
3.
Mashg’ulot haftasiga 1 kun 3-4 soatdan . Bunda kamroq samara beradi.
Guruh bilan mashqlarni o`tkazishda (majburiy mashqlarni)
shartlar
bo`yicha qoidalarga rioya qilinmasa, u holda o`yinli trening ijobiy natija
bermasligi to`g`risida oldindan kelishib olishish kerak. Jumladan:
- bir-biriga samimiylik, xayrixohlik:
- bir-biriga ishonish. ( o`zaro ishonch ):
-mashqlarni bajarish davomida shaxsga baho bermaslik, balki uning
faoliyatiga va muloqot usullariga baho berishlik:
- ishtirokchilar o`yindan qay darajada qanoatlanganligi haqidagi
taassurotlarini shu zaxotiyoq trenerga ma'lum qilishlik:
- topshiriqlarni bajarish faqat ijobiy gepotezaga mo`ljallanganlik:
- jismoniy nuqsonlarga nisbatan e'tiborni qaratmaslik:
- treningning borishi jarayonida hech
kimga hech qanday maslahat
bermaslik:
- “Bu yerda va hozir”-degan shartni bajarish ya'ni trening paytida ro`y
bergan hamma narsa tashqariga olib chiqilmaslikka va hozirgi muloqotda
nimalarni his etayotganligini ma'lum qilmaslik:
- tomoshabinlar trenerning ruxsati bilan emas, balki guruhning barcha
a'zolarining roziligiga binoan qatnashishlik kabilar:
Treningni
muvaffaqiyatli
o`tkazishning
va
uning
sermahsulligi,
muvaffaqiyati ko`p jihatdan trener bilan ishtirokchilar o`rtasidagi o`zaro bir-
birini tushinish darajasiga bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: