Tizimli tahlil va loyihalashtirish


 Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarining



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/110
Sana06.06.2022
Hajmi1,73 Mb.
#640433
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Bog'liq
2215-Текст статьи-5338-1-10-20200701

1.3. Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarining
rivojlanish istiqbollari 
Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo’lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to’liq 
va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni 


16 
hamma joylarda tatbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, 
zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tatbiq etish qabul 
qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy 
ko’rsatkichlari o’sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, 
yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof–muhitni 
muhofaza qilishga yo’naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy 
yutuqlarga erishishni ham ta’minlaydi.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan 
iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan 
o’rni tobora yuksalib, ular stragegik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot 
va bilimlarning 90 % so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar 
hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, 
ta’limda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko’lamda samarali 
foydalanishni talab etmoqda.
Jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ularning 
iqtisodiy o’sishi axborot, bilimlar va intеllеktual potеnsial hisobiga amalga 
oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar iqtisodiy o’sishining manbasi bo’lib axborot 
mahsulotlar va xizmatlari, shu jumladan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va 
ulardan samarali foydalanish hisoblanmoqda. Bu boradagi islohotlarni Hindiston 40-
50 yil avval boshlagan va 2016 yilda Intеrnеt-ilovalarning ulushi mamlakatning yalpi 
ichki mahsulotida 20,4 mlrd. dollarni tashkil topgan, 2020 yilga esa bu ko’rsatkich 271 
mlrd. dollargacha o’sishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasiga 
Janubiy Korеya, Xitoy, Hindiston, Finlyandiya kabi mamlakatlar tajribasida 
boshqalarga nisbatan 2 marta ko’p sarmoya sarflanib, u asosan, zarur qurilmalar, 
dasturiy ta’minot, tеlеkommunikatsiya mahsulotlari va axborot xizmatlarini ishlab 
chiqarishga yo’naltirilgan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda axborot mahsulotlari va xizmatlari 
biznеsini bosqichma-bosqich rivojlantirish, uning huquqiy asosini yaratish bo’yicha 
amaliy ishlar olib borildi. 2017 yilda axborot mahsulotlari va aloqa sohasidagi 


17 
invеstitsiyalar 287 mln. dollarni tashkil qilib, ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlar 
1728 dan ziyodni tashkil qilgan. Yalpi ichki mahsulotning 2% ga yaqini axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to’g’ri kеlgan.
Iqtisodiyotimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmog’i jadal 
sur’atlar bilan rivojlanib borayotganiga qaramasdan, mamlakatimiz bu borada 
dastlabki bosqichda turgani, mahalliy axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab 
chiqarish pastligi hamda ularni innovatsion turlarini yaratishda fan va ta’lim sohasidan 
yеtarlicha foydalanilmayotgani dolzarb muammolar bo’lib sanalmoqda. “2017 – 2021 
yillarda O’zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar stratеgiyasi”da “…yo’l-transport infratuzilmasini yanada 
rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya 
tеxnologiyalarini joriy etish”
2
bo’yicha ustuvor vazifalar bеlgilangan.
Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan 
resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida 
davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab 
beradi, deyishga jiddiy asos bor.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanish jarayonida ular mehnat, 
moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda 
axborot boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni 
asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir.
Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab 
chiqarishning asosiy qismi bo’libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatida 
tovar hamdir. 
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini, 
sanoat rivojlanishi sharoitida, bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri 
deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sohalari u 
2
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar stratеgiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. // Xalq so’zi, 2017 yil 8 fеvral. 


18 
yoki bu ma’noda axborot bilan bog’liq bo’lib, ish bilan band bo’lganlarning 40-60 % 
ni tashkil etadi. Axborot xizmatlari va mahsulotlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulotining
10% ni tashkil qilmoqda. Uning 90% AQSH, Yaponiya, Xitoy va G’arbiy Evropa 
hissasiga to’g’ri keladi. 
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan 
barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuvchilariga yetkazishning 
usullari va vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib 
borilmoqda. Bu − axborot tizimlari va texnologiyalari industriyasini yaratishda o’z 
aksini topgan. Axborot texnologiyalari industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini 
ishlab chiqaradi hamda iste’molchilarga yetkazadi. Axborot mahsulotlari deganda 
avvalo, an’naviy yo’l bilan yoki elektron texnika yordamida olingan turli bilimlar, 
shuningdek ma’lumot va axborotning boshqa shakllari tushuniladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish