413
tomonidan notoʻgʻri anglashilishiga sabab boʻladi. Aniqrogʻi, sticked to… ifodasi stain bilan
birikuvda kelgan va natijada zanglagan va dogʻ yopishgan ma’nosi kelib chiqadi, to stick
yopishmoq boʻyoqqa nisbatan qoʻllanmaydi, shu sababdan uni to cling fe’li
bilan almashtirish
orqali “boʻyoq yopishib qolgan” degan ma’noni ifodalash mumkin. Toʻrtinchi jumladagi sliding
soʻzi sliding and sliding sifatida takroran qoʻllansa, asliyatdagi harakatning “takroriylik” tarzi
toʻlaqonli ifodalana oladi deyishimiz mumkin. Ma'lumki, “matn – keng qamrovli tushuncha.
Oʻzining bevosita maqsadidan tashqari, matn oʻzining leksik tarkibi, lisoniy vositalarning oʻziga
xosligi, sintaktik va mantiqiy qurilishi, uslubiy va qator boshqa oʻziga xosliklari bilan ajralib
turadi. Yuqorida sanab oʻtilgan barcha oʻziga xosliklar oʻz tarkibiga koʻra bir muncha muayyan,
ular ma’lum bir yoki matn turi, shuningdek, aniq bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayoniga
taalluqli. Biroq umumiy tarjima nazariyasida esa matnning umumiy xususiyatlari ahamiyatli, bu
umumiy xususiyatdan biri matnning axborot tarkibi, uning tarkibidagi ma’no asosiy qiymatga
ega” [2; 60]. Ya’ni, aksariyat holatlarda tarz ifoda vositalariga umumiy tarjima nazariyasining
“asosiy axborotni etkazib berish ustuvor vazifa” degan yondashuvidan kelib chiqqan holatda
yondashish – eng maqbul yechimlardan biri. Masalan:
1. O, oq soya – oppoq argʻumoq, xayollarim suvday sachratding. (B.Roʻzimuhammad, “Oq
soya”) – Oh, white shadow – a white saddle-horse, you have spattered as water my thought.
(Tarj. A.Obidov “A white shadow”)
2. Soʻz
shunday saxiy va hotam, falak toshin betin taraydi. (B.Roʻzimuhammad, “Soʻz”) – A
word is such a lavish and generous, it combs a stone of the heavens without a cutter. (Tarj.
A.Obidov, “Word”)
3. Panjarani buzolmay, kuyib, tulpor tunlar qamalib yotar (B.Roʻzimuhammad, “Qamoqxona
qoʻshigʻi”) – Unable to destruct the fence remain arrested the racer days” (Tarj. A.Obidov,
“Prison song”)
4. Lov-lov yonur bogʻlar oʻt qalab, daraxtlarning tili tutilgan. (B.Roʻzimuhammad
“Musavvirga”) – Gardens are as red as ardent, trees are dumb. (Tarj. A.Obidov, “To an artist”)
5. Notanish orolga yoʻlchi kemadan tushib qolgan kabi qalb urar qattiq. (B.Roʻzimuhammad,
“Noma’lum odam”) – As a traveler left in a desert island my heart beats quickly. (Tarj.
A.Obidov, “Stranger”)
6. Vaqtning chiptasi yoʻq, tinmay talpinar qaysar yoʻlovchidek ortga burilmay.
(B.Roʻzimuhammad, “Qaytish chiptasi”) – The time has no ticket; it is always in advance like a
stubborn traveler does not look back. (Tarj. A.Obidov, “Return ticket”)
Ushbu she’riy misralar va ularning ingliz tiliga tarjimasini koʻzdan kechirar ekanmiz,
anglashiladiki, tarjimada tarz ifodalovchilari fe’l tarkibiga kiritib yuborilishi yoki leksema
tarkibidan alohida ifoda sifatida ajralib chiqishi mumkin, bunday tafovutlar aksariyat hollarda
misra qofiyasini shakllantirish va ohangdorlikni ushlab turish maqsadida yuzaga kelishi mumkin.
“Muallif yaratgan badiiy-estetik voqelikni toʻlaligicha idrok etish uchun tarjimon keng
mushohada quvvatiga ega boʻlgani holda, badiiy asar tarkibidagi lisoniy vositalarning mazmuniy
pa uslubiy-estetik jihatlarini toʻgʻri
anglashi, shu bilan birga, muallif nazarda tutgan bosh
gʻoyani, uning niyat va maqsadlarini, ochiq-oydin koʻzga tashlanib turgan voqea-hodisalar
tasviridan tashqari yana matn ortida turgan voqelikni, bir soʻz bilan aytganda nafaqat lisoniy,
balki gʻayrilisoniy omillarni ham toʻla-toʻkis tasavvur etishi zarur. Toki natija shunday boʻlsinki,
asliyat oʻz kitobxoniga qanday badiiy-estetik zavq baxsh etsa, uning tarjimasi ham asarni
asliyatda mutolaa qila olmaydigan kitobxonga xuddi shunday taassurot in’om etsin” [3; 10].
Tarjimon oʻzga til matnini ona tiliga oʻgirar ekan, til va tafakkur mushtarakligi
qonuniyatiga mos
ravishda oʻz milliy lisoniy imkoniyatlarini tanlash va voqelantirishda qiyinchilik sezmasligi
tabiiy hol. Biroq tarjimon oʻz ona tilidagi matnni chet tiliga oʻgirar ekan, bunda kerakli ifoda
vositalarini topa bilish va, shu bilan birga, matnning uslubiyatini saqlab qolish qator
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Natijada, tarjimon oʻz ona tili va chet tilining lisoniy
414
imkoniyatini inobatga olgan holda ma'lum bir badiiy matn uslubiyatini iloji boricha toʻlaqonli
yetkazib berish vazifasini oʻz boʻyniga oladi. Masalan:
1. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim. (A.Qodiriy, “Uloqda”) –
I ate a hasty snack
and ran into the barn. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”)
2. Anchagina oʻylab turganimdan keyin, akamning yugan uchun asrab qoʻygan qayishi esimga
tushib, sekingina yertoʻladan haligi qayishni olib chiqib, umuldiriq yasadim. (A.Qodiriy,
“Uloqda”) – For some time I thought of what I should do about this problem. Suddenly I
remembered a band of leather which my brother was keeping to make a bridle. I went down to
the dugout to get it. I made a curb-bit. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”)
3. Toʻnimning etaklarini yigʻishtirib, qashqachamning choviga bir-ikki qamchi bergan edim,
jonivor shataloq otib ketdi. (A.Qodiriy, “Uloqda”) - I raised the hem of my robe and put it in
place so as to sit comfortably. I whipped the colt and it loped forward. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the
Ulok”)
4. “Ha, barakalla! Chavandoz!” degan tovushini eshitib, qattiqroq qamchilab edim,
jonivor
qashqacham koʻtarib ketayozdi. (A.Qodiriy “Uloqda”) – Hearing his praise I whipped the colt
again. He flew like an arrow from a bow. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”)
5. Chuqur ariqdan toyimni sugʻorib chiqayotganimda bir toʻda uloqchi-chavandozlar uchrab
qoldilar. (A.Qodiriy, “Uloqda”) – I took care of my colt by giving him water from an aryk
waterway. Here I came across a group of horsemen. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok»)
6. Biroz borgach, bizning otimizning oyogʻi bilan chavandoz yigitning sabri tugadi shekilli, otiga
birdan shartillatib qamchi berdi va qushdek uchib ketdi (A.Qodiriy “Uloqda”) – We all went on
together. But soon he lashed his horse and flew off like a bird. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”)
Yuqoridagi jumlalardan birinchisida taqlidiy ifoda oʻzagida shakllangan fe’l
muvaffaqqiyatli tarjima qilingan, harakatning tarzi toʻlaqonli ifodalab berilgan. Shuningdek,
ushbu tarz ma’nosini, ya’ni harakatning boshlanib hali ancha davom etishi ma’nosini galloped
soʻzini ham qoʻllash mumkin edi, biroq bu muallif tanlagan loped soʻzi ham ayni shu semantik
vazifani bajara oladi. Ikkinchi jumlada asrab qoʻygan iborasi was keeping “asrayotgan” sifatida
tarjima qilingan. Garchi bu holat matndagi umumiy axborot sifatiga ta’sir etmasa-da,
ushbu
jumlani keep up, ya’ni to keep up frazali fe’li bilan almashtirish asliyat matnidagi uslubni saqlab
qolishga xizmat qiladi. Soʻnggi jumladagi shartillatib ravish holi harakatning kutilmaganda va
bir necha bor takroran roʻy berganini ifodalaydi. Tarjimada lashed (to lash) fe’lini takroran juft
qoʻllash va kutilmaganda (suddenly) degan soʻz bilan biriktirish orqali gap mazmunini ingliz
tilida toʻlaqonli ifodalashga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: