259
About the linguistic interpretation of the concept of “discourse”
Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna
Аnnotation:
This article examines the concept of discourse as a linguistic phenomenon.
It also analyzes the application and approach, the interpretation of this phenomenon in
linguistics. The points of view on the concept of the discourse of foreign linguistics are
generalized and analyzed.
Key words
: discourse, cognitive approach, discourse analysis, speech-text-dialogue,
speech process
Zamonaviy tilshunoslik ilmi hozirgi kunda yangi tadqiqot metodlarini talab etuvchi
qator
yangi yoʻnalishlar bilan boyib bormoqda. Diskurs ham shunday yangi sohalarga taalluqlidir.
“Diskurs” tushunchasi oʻtgan asrlardayoq polisemantik xarakterga ega boʻlgan. Xususan,
P.Serio fransuz anʼanasi doirasida “diskurs”ning sakkiz xil farqlovchi sema-tushunchalari
roʻyxatini tuzgan va “matn” tushunchasi nazariyasida “diskurs”ning koʻpmaʼnoliligini belgilagan
hamda “diskurs” tushunchasining muayyan mualliflar tomonidan kiritilgan va milliy anʼanalar
asosida farqlanuvchi uch asosiy qoʻlanishdagi xususiyatini aniq belgilagan [Serio P. 1999,
19993: 1]. Uning ishlarida keltirilishicha:
1. “Diskurs” tushunchasining lingvistik qoʻllanishi, amerikalik tilshunos Z.Xarris
tomonidan 1952-yil chop etilgan “Diskurs-analiz” nomli maqolasining nomi sifatida qayd
etilgan. Mazkur termin yigirma yillardan keyingina toʻla lingvistik tushuncha sifatida qayd etila
boshlandi. Tilshunoslik ilmida diskurs nutq tahlilida belgilanuvchi kommunnikativ vaziyat
tarkibidagi “nutq, matn, dialog” sifatida qaraladi. Shuningdek,
lingvistik nuqtayi nazardan
kommunikativ vaziyat doirasida qaraluvchi axborot harakati qonuniyati tarzida ham belgilanadi.
Bunday qarashda diskurs dinamik-statik hodisa sifatida matnga qarshi qoʻyiladi. Aynan mana
shu tushunchada diskurs ingliz tilshunoslik anʼanasi asosida qoʻllanganini koʻrishimiz mumkin.
2. Fransuz strukturalistlari M.Fuko, A.Greymas, J.Derrid, Y.Kristevlar; keyinchalik
M.Peshyolarning ishlarida “diskurs” publitsistik uslubga tenglashtiriladi. Bunda ular “diskurs”ni
muayyan ijodkorning individual til-uslubi sifatida qayd etadilar va “Qanday diskurs yoki
kimning diskursi” tushunchalari nuqtayi nazaridan qaragan holda diskurs ijtimoiy xarakter kasb
etadi deb taʼkidlaydilar.
3. Diskursning uchinchi maʼnoda qoʻllanishi, eng avvalo nemis faylasufi va
jamiyatshunosi Y.Xabermas nomi bilan bogʻliq. U “diskurs”ni ijtimoiy
reallikdan maksimal
darajada chekinish ehtimoli boʻlgan va kommunikatsiya ishtirokchilari nuqtayi nazariga bogʻliq
ravishda tanqid va muhokama qilinishi mumkin boʻlgan jarayon, hodisa sifatida belgilaydi,
yaʼni Diskurs-muhokama tarzida.
Yuqorida qayd etilgan makrotushunchalar (hamda ularning turlichaligi) 1970-yillarda
fransuz diskur tahlili maktabining shakllanishiga asos boʻldi. Bu esa “diskurs” terminining
gumanitar sohalardagi maqomi masalasini yanada murakkablashtirdi. Shuningdek, “diskurs”
termini, zamonaviy tilshunoslikda, “tekst” terminiga yaqin ekanligi qayd etiladi, biroq u nutqiy
muloqot jarayoniga muvofiq ravishda tus oluvchi dinamik hodisa;
matn esa uning aksi, yaʼni
nutqiy faoliyat natijasi sifatida mushohada etiluvchi statik obyekt sanaladi. Baʼzan “diskurs” bir
vaqtning oʻzida ikki komponent (nutqiy faoliyatning sotsial kontekstiga joylangan dinamik
jarayoni va uning mahsuli, yaʼni matn)ni oʻzida birlashtiradi. Shuningdek, diskursni “bogʻli
nutq” sifatida tushunish holatlari ham uchraydi, bu unchalik toʻgʻri emas,
chunki har qaday
matn tarkibi muayyan bogʻlovchi vositalar asosida tashkil topadi. Bizningcha, “diskur”
Dotsent, filologiya fanlari nomzodi, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi
260
tushunchasi “dialog” tushunchasiga yaqinroq. Diskurs, har qanday kommunikativ akt sifatida
ikki fundamental jihat – adresat va adresantdan tashkil topadi. Bunda soʻzlovchi va adresat
diskurs ishtirokchisi sifatida (bu jarayoda gap dialog haqida ketyapti) shaxslar oʻrtasida
navbatma-navbat taqsimlanadi. Agar diskursda bir kishining nutqi ustunlik qilsa, unday diskurs
monolog sanaladi. Biroq monolog – bu diskurs bir kishining nutqi deb qarash u qadar toʻgʻri
emas, chunki monologda ham adresat muhim sanaladi. Mohiyatiga koʻra esa monolog (garchi
anʼanaviy tilshunoslikda dialog va monolog qarama-qarshi qoʻyilishiga qaramay) dialogning
oʻziga xos koʻrinishi sanaladi.
Umuman olganda, “matn” va “dialog” koʻplab konnotaiv
xususiyatga ega degan
anʼanaviy qarashlar bu tushunchalarning erkin qoʻllanishini chegaralaydi. Shu sabali “diskurs”
termini tilning nutqiy vaziyatga bogʻliq ravishdagi turli qoʻllanish mahsuli sifatidagi tushunchani
kasb etishi mazkur termin uchun ayni berilgan taʼrif sifatida belgilanadi. Diskursiv tahlilning
ilmiy tus olishi esa soʻnggi oʻn yilliklardangina boshlandi va diskursiv tahlil muammosi
tilshunoslik ilmining markaziy masalasi darajasiga koʻtarilmoqda.
Zamonaviy struktur-semiotik tadqiqotlarga bagʻishlangan ishlarda ham diskurs
tushunchasiga juda keng doirada yondashilganligini kuzatish mumkin. Yaʼni nutqiy faoliyat
jarayonining ogʻzaki va yozma ifodasi mahsuli sifatida [Gurochkina, 2009: 2].
Diskurs
tushunchasi ostida soʻzlovchining subyektiv, sotsiomadaniy nutqiy faoliyati nazarda tutiladi.
Yaʼni, diskurs - bu matnning rellashish shakli.
Bizningcha, diskurs quyidagi nutqiy faoliyat birliklari (nutqiy aktlar, ifodalar):
a) sintaktik ( yaʼni ifoda);
b) semantik (maʼno-mazmun);
s) pragmatik (xabar) plandan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: