252
boshqa bir talqiniga koʻra, madaniyat – jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning
tanlab olinishi. Madaniyat xatti-harakatlar bilan qiyoslanadi.
Madaniyat tushunchasini ta’riflash hozirgi gumanitar fanlarning eng murakkab
masalalaridan biri. Mazkur tushunchani sharhlashga qaratilgan turli konseptual yondashuvlar
mavjud.
Tavsifiy yondashuvga koʻra,
madaniyat insoniyat jamiyati tomonidan moddiy va
ma’naviy madaniyat doirasida yaratilgan – tasavvurlar, bilimlar, urf-odatlar, e’tiqod, badiiy
adabiyot
asarlari, me’morchilik obidalari rassomchilik san’ati, ilmiy kashfiyotlar va
boshqalarning yigʻindisidir.
Sotsiologik yondashuvga koʻra,
madaniyat — «insoniyat munosabatlaridagi va xulqidagi,
xayollaridagi va hissiyotlaridagi turgʻun, meros qilib olinadigan ustivor, eng muhim
yoʻnalishlarning umumiy tizimi». Madaniyatli insoniyat jamoasining ijtimoiy hayotini
ta’minlovchi gʻoyalar, ideallar, tamoyillar, ijtimoiy institutlar majmuasi boʻlib, ijtimoiy hayotni
tashkil etish omili sifatida maydonga chiqadi.
Psixologik yondashuvga koʻra,
madaniyat — jamiyatni oʻz-oʻzini anglash va oʻz-oʻzini
bilish usuli. Ushbu yondashuv madaniyatning inson xulqi psixologiyasi bilan aloqasini koʻrsatadi
va madaniyatni inson ruhiyatining ijtimoiy shartlangan xususiyatlari in’ikosi deb qabul qiladi.
Faoliyatga
bogʻliq
yondashuv
madaniyatni insonning dunyodagi hayotini
yengillashtiruvchi adaptiv mexanizm, nobiologik usul bilan ishlab chiqilgan (genetik asosga ega
boʻlmagan) inson faoliyatini yetkazuvchi usuli .
Aksiologik
(qad.yun.-.
ax1a—
«qimmat, qadriyat»)
yondashuvga koʻra,
madaniyat –
individning jamiyatdagi xulqini, oʻzini tutishini boshqaradigan, oʻziga, boshqa odamlarga va
tabiatga boʻlgan munosabatini shartlaydigan ma’naviy
va moddiy qadriyatlar, fikrlar
yigʻindisidir..
Ramziy yondashuv
madaniyatni ramzlar majmuasi sifatida - ijtimoiy-madaniy
mazmunning moddiy tashuvchilari sifatida koʻradi. Madaniyat insonlarning ongi va xulqini,
ularni oʻrab turgan muhiyatga moslashishini belgilab beradigan asosiy fikrlar va gʻoyalarni ifoda
etuvchi ma’lum bir ramzlar tizimini ishlab chiqadi.
Madaniyat komponentlari — geografik joylashuvi, tarixdagi vaqti, jamiyatning ijtimoiy
tuzilmasi qanday boʻlishidan qat'iy nazar barcha madaniyatlarga oid boʻlgan madaniyatning
tarkibiy unsurlari. Bilim,
qadriyat, me'yorlar, urf-odat, marosim, an'analar, rasm-rusumlar
madaniyatlar komponentlar sirasiga kiradi.
Bilim – tasavvurlar, tushunchalar, hukmlar va nazariyalar shaklida madaniyatda qayd
etilgan, bilish jarayonining ijtimoiy-tarixiy amaliyotida sinalgan natijalari.
Me'yorlar – insonlar xulqini, ijtimoiy hayotni ma'lum bir madaniyat qadriyatlariga
mutanosib ravishda tartibga soladigan hamda jamiyatning birligini,
jamiyat faoliyatining
barqarorligini ta'minlaydigan oʻzini tutish qoidalari, ishonchlari va me'yorlari. Me'yorlar —
insonlar ongi va xulqini ijtimoiy-madaniy jihatdan tartibga solish mexanizmi. Huquqiy qonunlar,
axloq, etiket, estetika va hokazolarda oʻz ifodasini topadi.
Rasm-rusum – madaniy gʻoyalar, tasavvurlar, me'yorlar, qadriyatlarni mujassam etgan,
ramziy stereotiplar koʻrinishida boʻlgan, jamoada ma'lum bir hissiyotlarni uygʻotadigan
jamoaviy harakatlarning yigʻindisi.
Urf-odat – ma'lum bir jamoada yoki ijtimoiy guruhda ishlab chiqilgan, oʻtmishdan qabul
qilib olingan, bu jamoaning a'zolari uchun odatiy hisoblangan, insolarning faoliyati va oʻzaro
munosabatini ijtimoiy-madaniy jihatdan tartibga solish shakli
Marosim – ijtimoiy madaniy jihatdan ma'qullangan, ma'lum bir tartibga boʻysundirilgan,
ramziy ma'noga ega xulq shakli boʻib, doimiy ravishda bajariladigan harakatlar hamda ularning
oʻrnatilgan tartibi majmuasi.
An’analar – uzoq muddat mobaynida ma'lum bir jamiyatda saqlanadigan, avloddan
avlodga berib boriladigan ijtimoiy-madaniy meros unsurlari.
253
Qadriyatlar – jamiyatning katta qismi tomonidan “toʻgʻri”, “foydali”, “maqbul” deb qabul
qilingan umumiy tasavvurlar. Qadriyatlar jamiyatga va insonga yaxshi va yomonni, haqiqat va
yolgʻonni, goʻzallik va xunuklikni,
adolatli va adolatsiz, mumkin boʻlgan va ta'qiqlangan
narsalarni ajratishga yordam beradi. Qadriyatlar quyidagi guruhlarga tasniflanadi: vital
qadriyatlar (hayot, sogʻliq, xavfsizlik, farovonlik, boylik, iste'mol va h. ); ijtimoiy qadriyatlar
(mavqe, mehnatsevarlik, mehnat, oila, sabr, mehnat, kasb, ijtimoiy tenghuquqlik, shaxsiy
mustaqillik va b.); siyosiy qadriyatlar (tanlov erkinligi, huquqiylik, tartib, konstitutsiya, fuqorolik
huquqlari, tinchlik va b.); axloqiy qadriyatlar (sevgi, mehr, sadoqat, hurmat,
yaxshilik, rahm-
shafqat va b.); estetik qadriyatlar (goʻzallik, uygʻunlik va b.); diniy qadriyatlar (tangri, ishonch,
Alloq, fikh va b.).
Har bir madaniyat oʻziga xos dunyoqarash va dunyoni qabul qilish tizimiga ega. Ular
insonlar amaliy faoliyatining jarayonida ajdodlardan meros qolgan an'analar va oʻz shaxsiy
tajribasi asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar rivojining ma'lum bir
bosqichiga, insonning tabiiy muhiyadan ajralishiga mos keladigan dunyoni his qilish shakllari
mavjud boʻlib, ular dunyoning modelida oʻz ifodasini topadi.
Dunyoning madaniy model' (lotincha — «oʻlchov», «namuna»)— dunyoni tasavvur
qilish va dunyoni his qilishning aniq tarixiy tizimi boʻlib, dunyoni rasional-tushunchaviy va
hissiy-obrazli qabul qilish hamda anglash usullari majmuini qamrab oladi.
Dunyoning madaniy modeli – dunyoning yaxlit obrazi boʻlib, ijtimoiy jamoaning
birlamchi dunyoqarashlariga asoslangan yoʻl-yoʻriqlari (mifologik, diniy, falsafiy, badiiy va
boshqalar) doirasida shakllanadi. Bu model insonlar amaliy faoliyati
jarayonida ajdodlardan
meros qolgan an'analar va oʻz shaxsiy tajribasi asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish, ijtimoiy
munosabatlar rivojining ma'lum bir bosqichiga, insonning tabiiy muhitdan “ajralishi”ga
mutanosib boʻlgan, dunyoni his qilish shakllari mavjud boʻlib, ular dunyoning mutanosib
keluvchi modelida oʻz ifodasini topadi.
Madaniyat – inson mavjudligi usuli, uning ijodi mahsuli va zaruriy yashash joyi.
Madaniyat turli xil vazifalarni bajaruvchi koʻp qirrali tizimdir. Quyida madaniyatning
Do'stlaringiz bilan baham: