246
Darhaqiqat, har bir xalqning dunyoni anglashda oʻziga xos idrok yoʻsini, oʻziga xos
tasavvur tarzi va bu tasavvurning oʻziga xos lisoniy manzarasi, umumlashtirib aytganda, oʻziga
xos lingvotafakkur tamoyillari mavjud.
Lingvomadaniyatshunoslik kognitiv lingvistika bilan uzviy bogʻliq boʻlib, unda konsept
tushunchasi ham ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ushbu yoʻnalishda inson – til – madaniyat uchligi,
madaniyat va tilning oʻzaro ta’siri masalalari oʻrganiladi. “Inson aqlini, insonning oʻziday, tildan
va nutq yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib boʻlmaydi”, –
deb yozadi V.A.Maslova. [Maslova, 2001:5]. Sh.Safarov esa bu masalaga quyidagicha
yondashadi: “Madaniyat hech qachon qotib qolgan hodisa sifatida talqin qilinmasligi lozim, u
taraqqiy qilib boradi, bir holatdan ikkinchisiga oʻtadi, boshqa madaniyatlar bilan qorishib
boradi”. [Safarov, 2006:63]. Zamonaviy tilshunoslikda paradigma doirasida shakllangan kognitiv
tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik yoʻnalishi tildagi madaniy omil va insondagi lisoniy
omilga qaratilgandir. “Lingvomadaniyatshunoslik tilni madaniyat hodisasi sifatida oʻrganib,
dunyoni milliy til prizmasi orqali oʻziga xos tarzda koʻrish boʻlib,
bunda til alohida milliy
mentallikning
ifodachisi
sifatida
ishtirok
etadi”.
[Maslova,
2001:5].
Lingvomadaniyatshunoslikning vazifasi til va madaniyat, til va etnos, til va mentalitet oʻrtasidagi
oʻzaro munosabatni tavsiflash va oʻrganishdan iborat boʻlgan” [Vorkachev, 2001: 64] ligi oʻzbek
tilshunosligida ham koʻproq qiyosiy aspektdagi izlanishlar olib borishga, maqol va matalli
iboralarning milliy va madaniy xususiyatlarini tadqiq etishga undadi.
Fin paremiologi Matti Kuusi: «Bizning maqol va matallarga boʻlgan munosabatimizdagi
asosiy xatomiz umumbashariylik fenomenlarini milliylik fenomenlari oʻrnida qabul
qilishimizdir», – degan edi. [Kuussi, 1969: 385] Iboralarda umumbashariylik elementlari juda
ham koʻp. Bu madaniyatlararo muloqotning rivojlanishida, axborot almashuvchilar oʻzaro bir-
birlarini anglash jarayonini soddalashtirishga xizmat qiladi. Biror millatning maqollarini boshqa
millatlarning maqollari bilan qiyoslamasdan alohida oʻrganish ularning mohiyatiga yetmasdan,
faqat tashqi koʻrinishini oʻrganish demakdir. SHuning uchun V.P.Anikin: “Har bir maqol va
matalni millatning mazkur maqolni yaratgan davri, tarixi, urf-odatlari va dunyoqarashlari bilan
bogʻlab oʻrganish kerak”, – deb yozadi. [Anikin, 1957: 10] E.Y.Kokare paremiyalarni qiyosiy
oʻrganishning ikki asosiy qirrasini belgilar ekan, birinchidan, paremiyalarning tarixiy taraqqiyot
jarayonida kelib chiqishini aniqlash maqsadida koʻp xalqlarning ogʻzaki ijodidagi alohida
olingan maqol va matallarni oʻrganish;
ikkinchidan, muayyan bir xalqning maqol va matallar
xazinasidagi xalqaro va milliy qadriyatlarning oʻzaro munosabatini oʻrganish lozimligini tavsiya
qiladi.[Kokare,1978: 273]
R.Madjidovaning xulosasiga koʻra, maqollar lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan
olib qaralganida madaniy sema, madaniy fon, madaniy konsept va madaniy konnotatsiyani
oʻzida mujassamlashtirgan madaniy ma’lumotni, madaniyatning milliy umumlashgan holdagi
koʻrinishini aks ettiruvchi madaniy matndir. [Majidova, 2008: 25]
Tilning milliy oʻziga xosligi aynan maqol, matalli iboralarda yorqin namoyon boʻladi.
Hozirgi shiddatli globallashuv zamonida har bir millat boshqalarga oʻxshamagan jihati bilangina
jahon ayvonidan oʻziga munosib joy topa olishi mumkin. B.Toʻychiboyev, “Zominning til
qomusi” asarida “Ilgari universallik umumilliylikda deb tushunilardi. Endilikda universallik
xususiylikda ekani, xalq qanchalik oʻziga xos boʻlsa, uning universal, boshqalar bilan kesishib
ketadigan ma’naviy, axloqiy chizgilari, shunchalik koʻpayishi anglab yetildi”, deb yozadi
[Toʻychiboyev, 2012: 29]
Iboralarning umumiyligi va xususiyligi oʻzaro aloqador omillarning ta’siri
natijasi
hisoblanib, uning negizida millatlarning qardoshligi yoki madaniy uzviy bogʻlanganligi,
umuminsoniyat tarixiy taraqqiyotiga aloqadorligi, tafakkur qonuniyatlarining umumiyligi yotadi.
Ikki va undan ortiq tillar iboralar semantikasida umumiy elementlarning mavjudligi kuzatiladi.
Iboralar, frazeologik birliklarning tarjimasi bilan bogʻliq jarayonlar ham madaniyatlararo
muloqotning toʻgʻri, sof, tushunarli, hammaboplik printsiplariga xizmat qiladi. Tarjimada
247
ishlatiladigan frazeologik kalkalash, tarjimasiz qabul qilish, frazeologik semantik qabul qilish va
parallelizm hodisalari tillararo frazeologik birliklar paydo boʻlishining unumli usullari
hisoblanadi. Ma’lumki, kalkalash jarayonida oʻzga til soʻz birikmasining tarjimasi, uning tarkibi
va semantik asosi toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilinadi, bu esa frazeologik timsolning saqlanib
qolishiga sharoit yaratadi. Semantik kalkalash jarayoni turli tillar frazeologik tizimi
yaqinlashuvining, har bir tilning frazeologik fondi boyishining samarali usuli hisoblanadi.
I.A.Guseynovning fikricha, «Kalkalash mumkin boʻlmagan frazeologik birliklar xalqning
madaniyati, maishiy xususiyatlari, milliy oʻziga xosligini namoyon etuvchi FBlardir», – deb
yozadi [Guseynov, 1981:168] Bu frazeologik birliklarning semantik tarkibiga kiruvchi tarjima
qilinmaydigan elementlar mavjudligidan dalolatdir. Bunday iboralarning semantikasi oʻzga
tildagi milliy-madaniy oʻziga xosliklarni saqlab qolgan holda tarkibiy qismlari orqali berilishi
mumkin. Lekin tarjima qilinmaydigan timsol shu FBlarning semantikasi ostida yotadi. Masalan,
chet tilini oʻrganuvchilarga frazeologizmlarni oʻqitish metodikasining
asosini tillardagi
frazeologik fondning baynalmilal elementlari tashkil qiladi. Ularga asoslanib oʻqituvchi
oʻrganilayotgan til maqol va matallar milliy xususiyatlarini taqdim etishi lozim.
Frazeologizmlarni
oʻqitish
jarayonida
oʻlkashunoslik
mavzularini
faqatgina
milliy
aspektlardagina emas, balki ona tilidagi FBlar semantikasida mavjud boʻlgan baynalmilal
elementlarni ham qiyoslab oʻrgatish kerak boʻladi. FBlarning oʻrganilishiga boʻlgan bunday
yondashuv, ya’ni oʻzga tildagi FBni ona tilidagi FB bilan qiyoslash va ulardagi umumiy hamda
alohida
xususiyatlarni
oʻrganish
samarali
usul
hisoblanadi.
[Shanskiy,
1969:16]
Y.P.Solodubning fikricha: “Oson qiyoslashni, assotsiativ yaqin frazeologik tizim elementlarini
oʻzlashtira olgan oʻquvchi va talabalar rus frazeologiyasining milliy xususiyatlarini va farqlarini
chuqur qabul qiladilar”. [Solodub, 1985:14] Shunday qilib, milliy oʻziga xoslik va baynalmilal
elementlar u yoki bu tilning frazeologik tizimida oʻzaro bogʻliq. Frazeologik birlikning
semantikasi fonida frazeologik timsol turli tillarning oʻziga xosxususiyatlari bilan bogʻliq, lekin
har bir timsolning ma’no jihatidan oʻzaro bogʻliqligi umumiy chegara hisoblanadi. Shu jihatdan
olib qaralganida, ekvivalentsiz FBlar toifasiga ma’no jihatidan oʻxshashligi yoʻq, oʻzga tillarga
xos frazeologizmlar kiradi. Timsolni tarjima qilish imkoniyati boʻlmaganligi sababli ular
ekvivalentli oʻxshatishlar hosil qilmaydi.
Demak, milliy maqol, matalli iboralar ma’lum bir millatning madaniyati, milliy urf-
odatlari, oʻziga xos udumlari kabi jihatlarini yorituvchi, shuningdek, taqqoslanadigan tillar,
xalqlar hayoti, dunyoqarashi va turmush tarzini, etik va estetik me’yorlarini ifodalovchi maqollar
orasidagi milliy parameologik qatlamdir. Bu qatlamga mansub
paremik materialning milliy
oʻziga xosligi, bizningcha, quyidagi holatlarda yorqinroq namoyon boʻladi:
a)muayyan xalqning oʻtmishini hamda hozirgi ijtimoiy-siyosiy va maishiy hayotini aks
ettirishida;
b) millatlarga xos xarakter xususiyatlarning ishonarli ifodalanishida;
v)millat yashovchi hududga oid toponimika, flora, fauna materiallarining ishtirok
etishida;
g)millatga xos dunyoqarash, urf-odat hamda marosim motivlarining mavjudligida.
Fikrimizning dalili uchun, aytaylik, idiomatik birliklar milliy oʻziga xoslikni yorqin
ifodalovchi til fakti hisoblanib, tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, agar biron bir iboraning
boshqa tillarda muqobili boʻlsa,
u idioma tarkibiga kirmaydi, lekin u frazeologik birlik
hisoblanaveradi. FB bir tildan boshqa tilga «kalьka» tarzida tarjima qilinsa, u oʻz birlamchi tilida
«idioma» boʻlib qolaveradi. [Nazaryan 1968: 285] Buning sababi idiomalarning toʻliq koʻchma
ma’noda ishlatilishidadir. Masalan, rus tilidagi «убить время» iborasi fransuz tilidagi «tuer le
temps” FBning “kalka” shakli boʻlgani uchun fransuz idiomasi boʻlib qolaveradi. Yana bir
misol: «faire danser l’ance du panier» (soʻzma-soʻz tarjimasi – «savat tutqichini qaltirashga
majbur qilmoq») – ham shakl, ham ma’no jihatidan fransuz lar uchun milliy hisoblanadi. Chunki
248
bu iboraning boshqa tillarda muqobili mavjud emas. Majoziy ma’nosi – «xaridorning bor-budini
shilib olish».
Latish paremiyalarini qiyosiy oʻrgangan olim G.Zimanas “Milliy madaniyat tushunchasi u
yoki bu millat madaniyatidagi barcha holatlarni, oʻziga xoslik esa boshqa millatlarning
madaniyatida boʻlmagan jihatlarni qamrab oladi”, – deb yozadi. [Zimanas., 1965: 52]
Umuman, milliy madaniyat toʻgʻrisida aytilgan bu nazariy fikr milliy adabiyotning xalq
ogʻzaki ijodi boʻlimiga va milliy tilning paremiologiya boʻlimiga ham tegishlidir. O.A.Kornilov:
«Har bir etnik til yagona jamoa tomonidan yaratilgan san’at, xalq madaniyatining ajralmas
qismi, milliy madaniyatdagi oʻziga xos fikrlash, oʻz-oʻzini anglash va mustaqil ifodalash
organidir”, – deb ta’kidlar ekan, maxsus milliy leksikani uch turga ajratadi: 1) maxsus urf-
odatlarni anglatuvchi; 2) maxsus prototiplarga ega universal konseptlarni anglatuvchi; 3) maxsus
abstrakt konseptlarni anglatuvchi leksemalar. [Kornilov, 2003: 147]
Har bir xalqning milliy urf-odatlari, afsona va ertaklar, tarixiy
aforizmlar qahramonlari,
kiyimlar, asbob-uskunalar, joy nomlari orqali koʻproq namoyon boʻladi. Binobarin, har qanday
soʻz, soʻz birikmasi yoki frazeologik birlikning yaratilish tarixi, etimologiyasida milliy-madaniy
xususiyatlar yotadi.
Oʻzbeklarda mehmondoʻstlik, farzand tarbiyasi, chorvachilik va ziroatchilik bilan
bogʻliq komponentlar koʻproq koʻzga tashlanadi. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: