MUHAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKERNT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat
yuritish
Bajardi: Toxirjonov Abduvohid
Tekshirdi: Xasanova Nigora Asqarovna
Guruh: 110-19
Toshkent 2022
Mavzu: Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat
yuritish
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitidagi byudjet-soliq va pul-kredit siyosati
qayd qilingan valyuta kursi sharoitidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha
natijalar beradi. Endi rollarni taqsimlash muammosini toʻgʻri hal qilish teskari
koʻrinish oladi. Byudjet
-
soliq siyosati savdo, demak, toʻlov balansi uchun pul
-
kredit siyosatiga nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan byudjet-soliq
siyosatidan tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Ichki balansni ta’minlashda esa pul
-kredit siyosatidan foydalanish birinchi
planga chiqadi.
Agar qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv
kursini quvvatlab turishni ham koʻzda tutgan boʻlsa, suzib yuruvchi valyuta
kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal
qilish uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin.
Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning
oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning oʻsishini
ragʻbatlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. Toʻlov balansining
taqchilligi yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning
mamlakatdan chiqib ketishi ham ta’sir koʻrsatadi. Lekin egiluvchan valyuta
kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning oʻsishi va kapitalning
oqib ketishi xorijiy valyutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valyuta
qadrsizlanadi.
Bu
qadrsizlanish
mamlakat
eksportchilarining
raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi.
Eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga boʻlgan talabning oʻsishini
anglatadi va pul massasining dastlabki oʻsishi natijasida yuzaga kel
gan
iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi.
Demak, pul siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining oʻsishi orqali)
va bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda eksportning oʻsishi orqali)
ta’sir koʻrsatadi.
Kapitalning oqib ketishiga v
a oʻz navbatida milliy valyutaning qadrsizlanishi
darajasiga ta’sir koʻrsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim
ahamiyatga egadir.
Ammo, pul-kredit siyosati murakkab yetkazib berish mexanizmiga egaligi
sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy t
a’siri ishlab chiqarishni
kengaytirishning ichki ragʻbatlari (foiz stavkasining pasayishi) orqali emas,
balki koʻproq tashqi dunyo orqali roʻy beradi deb tasavvur qilish mumkin.
Boshqacha aytganda, kapitalning chiqib ketishi va valyutaning qadrsizlanishi
s
haroitida mamlakat mahsulotlariga talabning oʻsishi uning eksportiga
talabning oshishi hisobiga roʻy beradi. Shu sababli pul siyosatining ichki
balansga ijobiy ta’siri oʻziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi
sharoitida byudjet-soliq siyosatining samaradorligini baholash yanada
murakkabroqdir. Ma’lumki, davlat xarajatlarining ortishi ichki va tashqi
muvozanatga ikki yoʻnalishda: daromad orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir
koʻrsatadi. Daromadlarning ortishi (multiplikator samarasi orqali) i
mportni
koʻpaytiradi, savdo balansini yomonlashtiradi va milliy valyutaning kursini
pasaytiradi. Davlat xarajatlarining ortishi, shuningdek, hukumat olayotgan
qarzlarini koʻpaytirayotganligini anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga
olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari esa xorijdan kapital oqib kelishini
ragʻbatlantiradi. Bu esa milliy valyuta kursini oshiradi va kapital harakati
schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa kapitalning mobilligi darajasiga
bogʻliq boʻladi.
Kapitalning past mobilligi sharoitida byudjet ekspansiyasi daromad orqali
koʻproq ta’sir koʻrsatadi. Kapitalning uncha koʻp boʻlmagan miqdorda oqib
kelishi savdo balansining taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valyuta kursi
pasayadi.
Milliy valyutaning arzonlashishi eksportni
ng oʻsishi uchun qulay sharoit
yaratadi va toʻlov balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi.
Eksportning ortishi, shuningdek, byudjet ekspansiyasining ichki ishlab
chiqarishga ijobiy ta’sirini toʻldiradi.
Shu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital schyotining
toʻlov balansi va valyuta kursiga ta’siri kuchaya boradi. Kapitalning yuqori
mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli roʻy bergan valyuta kursining
koʻtarilishi tendensiyasi ustunlik qiladi. Bu eksportning
qisqarishiga va savdo
balansi taqchilligining ortishiga olib keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib
kelishi bu taqchillikni qoplash va toʻlov balansini muvozanatlashtirish imkonini
beradi. Ammo byudjet ekspansiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy
ta
’siri deyarli nolga teng boʻladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi
mavjudligi, ya’ni xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va
eksportni almashinuv kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab boʻladi.
Shunday qilib, pul siyo
satining ichki daromadga aniq ijobiy ta’siridan farqli
ravishda byudjet-soliq siyosati kapitalning past mobilligi sharoitidagina
samarali boʻladi.
Xulosa yasab, pul va byudjet-soliq siyosatining, tashqi balansni saqlab turgan
holda ishlab chiqarish hajmig
a ta’sir koʻrsatishi nuqtayi nazaridan, nisbiy
samaradorligini baholashimiz mumkin.
Ma’lumki, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki monetar siyosat amalda
“falajlangan” boʻladi va faqat byudjet
-soliq siyosatigina samara beradi va bu
samara kapitaln
ing mobilligi ortishi bilan koʻpayib boradi.
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga,
shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday boʻlishidan qat’iy nazar pul
-kredit
siyosati ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Inflatsiya (lot. Infl atio —
shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi
—
tovar-
pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi
ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul
massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan
taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. Birinchi galda sifati
yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida,
shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan
qimmatlashishi shak
lida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov
qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob
bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash
uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya h
isobidan
moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan
hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan
chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga
keltiradi. I. Jarayoni na
rxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib
ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. «I.» termini dastlab 1861
—
1865-
yillarda Shim. Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan.
Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul
miqdori (t)ning pul oboroti
tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar
narxining ® tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda
M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni
pul
ning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar
miqdori qisqarib ketsa T narxlarning oʻsishini keltirib chiqaradi, chunki narx tovar birligiga beriladigan
pul miqdoridir. I. Bu faqat pu
l bilan bogʻliq hodisa emas, balki iqtisodiyot
yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida kuchayadigan iqtisodiy holat
mahsuli.
Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda I. Yuz bermaydi, chunki ular
boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning
xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar harid uchun zarur
boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular
qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular
j
amgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real
boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi
va ularning ortiqchaligi I.ga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini
koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash
ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik I. Surʼati 10% gacha
boʻlganda qisman (moʻʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi.
Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi.
Pekin I. Surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa
giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib
iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
I.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. Erkin narxlar amal
qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini
buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini
koʻrsataveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslas
hadi.
Yashirin I. Sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan
xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan,
ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrngaadi.
Yashirin I. Bozorning oʻz
-
oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi.
Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-
rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga
kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan
kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar
taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning
koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. Va
boshqa I.ning bu turlari bozorning oʻzi tomonid
an yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. Yuz beradi, bunda narxlar pariteta
(nisbati) oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning
foyda olib ishla-
shini taʼminlaydi.
I.
Pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu
bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul
emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini
taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga
tortish va boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I.
Jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Mac, I.
Surʼatlari 1980
-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8,
Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha
5,0; 2,4; 2,5;
3; 4,7% ni tashkil qildi. I. Shiddati narxlarning oʻsish
indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin
tovarlar (2000-
yil) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |