7
qilish va ro’yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini
ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar.
6
A. Isaxodjaev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat
milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo’lmay, davlat hokimiyati institutlari,
ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining
milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir
7
.
“Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va
mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati
tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda,
tashqaridan bo’ladigan aralashish va taziqlarsiz o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’li hamda
shakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni
himoyalanganligi,
balki
hokimiyat
institutlarining
mamlakat
iqtisodiyotini
rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash
mexanizmlarini yaratishga bo’lgan tayyorligi va qobiliyati hamdir.
Rossiyalik mashhur olim, akademik L. Abalkin «iqtisodiy xavfsizlik»
tushunchasining uchta asosiy elementini ajratib ko’rsatgan. Bular: iqtisodiy
mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish
va taraqqiy etishga qodirligi.
8
L.Abalkinning fikricha, iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas,
chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga bog’liq qilib
qo’yadi. Bunday sharoitlarda iqtisodiy mustaqillik milliy resurslarni nazorat qilish
imkoniyatini bildiradi. Ishlab chiqarish, samaradorlik va mahsulot sifatining shunday
darajasiga erishish kerakki, u mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlasin va jahon
savdosida, kooperatsiya aloqalarida va fan-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng
ishtirok etish imkoniyatini bersin. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa
mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit
va kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo’lgan omillarga
(masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og’ir ijtimoiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin bo’lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo’l
qo’ymaslik) to’siq bo’lish imkoniyatlarini bildiradi.
6
Shu manba, 12 – b.
7
Isaxodjaеv A., Rasulеv A. Xufyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik. –T.: O’zbеkiston Rеspublikasi IIV
Akadеmiyasi, 2004, 157-bеt
8
Абалкин Л. Экономическая безопасность России: угрозы и их отражение.// Вопросы экономики. 1994, №12, с.
45
Do'stlaringiz bilan baham: