22
Tashqi tahdidlar jumlasiga esa quyidagilar kiritiladi:
- eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi;
- mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog’liqligi;
- import tarkibining ratsional emasligi;
- tashqi qarzlarning o’sib borishi;
- eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
- bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi;
- eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatuvchi transport
infratuzilmalarining rivojlanmaganligi.
YUqorida
keltirilgan
ichki
tahdidlar
orasida
iqtisodiyot
tarkibining
deformatsiyalashuvining kuchayishi iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan
tahdidlardan bo’lib hisoblanadi. Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun
birinchi navbatda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bunday
o’zgarishlarning mazmuni ishlab chiqarish bilan talab tarkibi o’rtasidagi
mutanosiblikni ta’minlashda ifodalanadi. SHuni hisobga olgan holda O’zbekistonda
olib borilgan islohotlar davomida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirishga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini
rivojlantirish,
real
sektor
korxonalarini
qo’llab-quvvatlash,
iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash kabi masalalar birinchi
navbatda hal etiladigan vazifalar qatoridan o’rin oldi.
Mamlakatda investitsion va innovatsion faollikning susayishi ham jiddiy
tahdidlardan bo’lib hisoblanadi. Respublikada iqtisodiyotga bo’ladigan bunday
tahdidni oldini olish maqsadida faol investitsiya siyosati olib borildi. Iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin
oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni
amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqildi. Bu loyihalar yoqilg’i-energetika,
kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to’qimachilik
sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Loyihalashtirish va qurilish ishlari boshlanayotgan inshootlarni: kompaniya va
korxonalarning o’z mablag’lari – umumiy hisobda 8,2 milliard dollar, O’zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari (2,5 milliard dollar), xorijiy
investitsiya va kreditlar (13,5 milliard dollar) hisobidan amalga oshirish
mo’ljallangan
21
.
Aholining mulkiy jihatdan tabaqalashuvi ham iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy
tahdidlar soladi. Mana shunday tahdidlarni oldini olish maqsadida respublikada
kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. Ish haqi, pensiya, nafaqalar miqdori
muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Daromadlarni oshirishning ishonchli manbai
sifatida aholini ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan chora- tadbirlar ishlab
chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda. Natijada mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy
barqarorlikni va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: