O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
«IQTISODIY XAVFSIZLIK»
fanidan
MA’RUZA MATNLARI TO’PLAMI
Bakalavriatning 5230100-«Iqtisodiyot» ta’lim yo’nalishi uchun
T e r m i z - 2014
2
KIRISH
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy-
iqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning
namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi
yuzaga keladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish”
kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu
tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi
uchun mustahkam poydevor”
1
yaratishi alohida ta’kidlab o’tilgan. SHuning uchun
ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha
sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi.
Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida unga u yoki bu darajada ta’sir
ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va
uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda
ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi
mumkin.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai-
nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik
berish
davlat
va
jamiyatning
hayot
faoliyatini
ta’minlovchi
tizimlarning
parokandaligiga olib kelishi mumkin.
Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar,
dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham
tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda
xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda.
AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y berib, keyinchalik dunyoning boshqa
mamlakatlariga tarqalib, global xarakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
jahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi.
O’zbekiston ham integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir
qismi sifatida jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy
oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishi
2
Respublika Prezidenti
I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida ta’kidlab o’tildi. Demak, globallashuv
1
Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolat lari. –
T.: O’zbеkiston, 1997, 16-b.
2
I.Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari».
Toshkеnt, “O’zbеkiston”, 2009, 31-b.
3
sharoitida mamlakatlarning milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning dolzarbligi
yanada ortib boradi.
SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiyot sohasiga oid juda ko’p
bilimlarni “xavfsizlik” tushunchasini hisobga olgan holda to’ldirish yoki tuzatish
maqsadga muvofiqdir.
Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va
tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan
faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi
allomalarni ham o’ylantirgan.
XX asrda jamiyat xavfsizligiga bo’lgan zamonaviy qarashlarga V.Paretto va
rossiyalik yirik olim A.Bogdanovlarning asarlarida asos solingan.
3
«Xavfsizlik» tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turlicha ma’noda talqin etiladi.
SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra
xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan
himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat
rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |