O’quvchilar bilimlarini tekshirish va xisobga olish darslari. Yirik
mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng mazkur darslar o’tkaziladi.
Bunday darslar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: dars maqsadi va
vazifasini qo’yish; bilimlarni tekgshirish va xisobga olishni shakllari va
usullari xaqida o’quvchilarga ma’lumotlar yoki ko’rsatmalar berish;
baholash mezonlarini e’lon qilish.
Mazkur darslarni quyidagi mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng
uyushtirish mumkin: Yer qobiqlari (5‐sinf); har bir materik tabiiy
sharoiti; har bir minitaqaning iqtisodiy geografik sharoiti va h.k.