6.5. Takrorlash, umumlashtirish va bilimlarni tekshrish darslari Takrorlash darsi. Amaliy geografiya darslarida keng tarqalmagan,
juda kam hollardagina qo’laniladi. CHunki har bir geografiya darsida
muntazam ravishda o’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshirib
boriladi.
Takrorlash darslari quyidagi xollarda qo’llaniladi:
‐ yirik bo’limlar va mavzularni o’tib bo’lingandan so’ng bilimlarni
mustaxkamlash maqsadida;
‐ agar yangi material oldingi darslar bilan bog’langan bo’lsa,
takrorlash yangi mavzuni o’zlashtirishga yordam bersa.
Amaliy geografiya darslarida takrorlash darsini qachon va qaysi
mavzuni o’rganishda qo’llashni o’qituvchi xal qiladi. Takrolash
darslarini boblar tugagandan so’ng qo’llash mumkin.