2.2. XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi XX asrning 90 yillarigacha O’zbekiston davlati Sobiq Ittifoq
tarkibida bo’lgan, shuning uchun geografiya ta’limining ushbu davrda
rivojlanishi ma’lum bir ma’muriy va siyosiy qoliplarda olib borilgan.
Mazkur davrda geografiya ta’limining rivojlanishi O.Mo’minov (1986 y)
tomonidan to’la va har tomonlama o’rganilgan va quyidagicha davrlarga
ajratilgan: geografiya ta’limini tashkil qilish davri; geografiya ta’limining
tartibga solish davri; geografiya ta’limini hayot bilan bog’lanish davri;
geografiya ta’limini takomillashuvi davri.