1.4.2. Eksperimental‐emprik usullar
Mazkur
usullarga
asosan
maktab
tajribasini
o’rganishga
yo’naltirilgan usullar kiradi. Ular kuzatish, anketa, maktab xujjatlarini
tekshirish usullari va pedagogik eksperiment kiradi.
Kuzatish. Eng keng tarqalgan pedagogik tatqiqot usuli hisoblanadi.
Mazkur usul pedagogik jarayonni bilishni eng muhim usullaridan biri
hisoblanadi. Har qanday o’qituvchi darsni kuzata bilish qobiliyatiga ega
bo’lmog’li lozim. Kuzatish metodikasi tuzilishi, mazmuni, turi, kuzatish
texnikasi o’rganilayotgan muammoni mohiyati va xususiyatlari, tatqiqod
metodlariga bog’liq.
Kuzatish turli xil bo’ladi, ular dasturi, tashkil qilinishi va maqsadiga
ko’ra ma’lum bir guruhlarga bo’linadi.
Kuzatish ob’ektlari o’quv ishlari usullari, darslarda o’quvchilarni
tashkil qilish, uyga vazifa berish, o’qitish metodlarini va vositalarini
tanlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |