Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/140
Sana05.06.2022
Hajmi10,95 Mb.
#638925
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi.
4.1-chizma.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi


Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi 
o‘mi va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab chiqarish jarayonida 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida yetishtirilishi hamda 
ish va xizmatlar talab darajasida bajarilishi barcha resurslaming miqdoriga 
hamda sifatiga bog‘liq. Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, 
ishlab chiqarish jarayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar 
bilan bog‘langan. Shunday ekan, kelajakda qishloq xo‘jaligining moddiy- 
texnika resurslari talab darajasida baipo etilishiga alohida e'tibor berish zarur.
Xo'jaliklaming moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam, ya’ni 
zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, mexanizmlar bilan yaxshi 
ta’minlangan bo‘lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi 
ta’minlanadi. Mehnatning mexanizatsiyalashganligini ko‘rsatuvchi bunday 
sharoit natijasida qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Mehnat 
unumdorligi oshadi va mahsulot tannarxi pasayishiga, pirovard natijada 
daromadlaming 
oshishiga 
olib 
keladi. 
Bu 
mehnatning 
xarakteri 
o‘zgarayotganligidan dalolat beradi, ayni paytda ishchi-xizmatchilaming bilimi, 
malakasi oshirilishini ham talab etadi.
Qishloq xo'jaligi 
moddiy-texnika 
resurslari 
tarkibida chorva 
hayvonlari va mevali daraxtlaming ham kirishi tarmoqning muhim xususiyati 
ekanligiga alohida e’tibor berish, 
shimingdek, sanoat tarmoqlarida ishlab 
chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, 
dastgohlar, 
kimyoviy vositalar, yoqilg'i, yog‘lovchi materiallar va 
boshqalaming ishtirokini ham e'tiborga olish lozim. Ulardan foydalanish 
samaradorligiga tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligi ham ta'sir etadi.
Qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda 
yuqorida ta'kidlangan xususiyatlarni e’tiborga olish, shuningdek, ishlab 
chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat 
berish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga ilg‘or texnologiyalarning joriy 
etilishini hamda texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlami 
mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.
Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi 
manbalar hisobiga barpo etiladi:
- korxonaning o‘z mablagiari;
- chetdan jalb etiladigan mablagiar.
Birinchi manbaga korxonaning mahsulotlar sotish, ish va xizmatlar 
bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan 
ajratilayotgan mablag', amortizatsiya fondi mablagiari, foydalanilmayotgan 
ayrim asosiy vositalarini sotishdan, ijaraga berishdan tushgan pul tushumi va 
boshqa manbalardan olingan m ablagiar kiradi.
Ikkinchi manbaga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, ekologiya hamda 
ijtimoiy sohalar uchun 
davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagiar,
81
www.ziyouz.com kutubxonasi


banklaming kredit mablagiari, korxona tomonidan aholi va boshqa korxonalar 
ixtiyoridagi bo‘sh pul mablagiarini jalb etish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni 
muomalaga chiqarib sotishdan tushgan tushum, turli manbalardan jalb 
etilayotgan investitsiyalar, homiylaming mablagiari va boshqa manbalardan 
jalb etiladigan m ablagiar kiradi.
Bu manbalardan jalb etilgan m ablagiar hisobiga qishloq xo‘jalik 
korxonalari moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilaming bevosita 
o‘zlaridan yoki birjalardan, ko‘rgazmalardan, auksionlardan shartnomalar 
asosida sotib olib, moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashlari, ayrim 
hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik 
korxonalari moddiy-texnika resurslarini shakllantirishda lizingdan ham keng 
foydalanishlari lozim. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika 
resurslaridan xo‘jaliklar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalanishsa, barcha 
turdagi tadbirlami vaqtida, sifatli amalga oshirishga erishadilar.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda moddiy-texnik ta'minot masalasiga 
eng ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralayotganligi sababli 2008-yilda 
tarmoqqa xorijdan 1149 dona BT-150 va T-4A msumidagi zanjirli va 459 ta 
MXM-140 rasumli haydov traktorlari hamda 386 ta yuqori unumli CLASS 
kompaniyasining «Dominator-130» rasumli don o‘rish kombaynlari olib 
kelindi. Lizing asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd. so'mlik 
3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. 2009-yilda ham 7547 ta 
texnika lizing, kredit asosida olish orqali texnika ta'minotini kuchaytirish 
ko'zda tutilgan edi.
Agrofirma, feimer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik subyektlarining 
moddiy 
texnika 
bazasini 
mustahkamlash, ulami 
zarar 
texnikalar,
minitexnologiyalar va ixcham uskunalar bilan ta'minlashda mamlakatimizda 
o'tkazilayotgan turli ko‘rgazmalar ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan va 
an'anaviy 
tarzda 
o'tkazib 
kelinayotgan 
qishloq xo‘jaligi 
uchun
minitexnologiyalar va ixcham uslcunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan 
“Uzbekistan Agrominitech Expo” ko‘rgazma savdolari ham qishloq xo‘jalik 
korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda muhim omil boTib 
xizmat qilmoqda. Ushbu ko'rgazma-savdolari doirasida umumiy qiymati 25,2 
mlrd. so‘m va 2,2 mln. AQSh dollariga teng boTgan 878 loyiha bo'yicha 
minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib kelib o‘matilgan. 2008-yildan 
ko‘rgazma savdosini minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ko'rgazma 
savdosini qishloq xo‘jaligining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo'yicha 
o'tkazila boshlandi. 2009-yil 23-sentabrda Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi 
va oziq-ovqat mahsulotlarining ”Food Week Uzbekistan” hamda mazkur 
sohaga oid zamonaviy texnologiyalaming ”Agri Tech Uzbekistan” xalqaro 
ixtisoslashgan koTgazmalari ish boshladi. Ushbu ko'rgazmalarda mahalliy
82
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 
60 ga yaqin kompaniyaiar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Shu kabi ko‘rgazmalar mazkur sohada faoliyat yurituvchi xorijlik 
tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va shu orqali sohaga 
investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish