X \ - X 2
Xl =
-xlOO
x \
yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan oldingi
Bunda:
X ) -
xarajatlar (so‘m);
Xi
- yangi texnika, texnologiya joriy etilgandan keyingi
xarajatlar (so‘m).
g)
mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. Buni hisoblash
uchun xo'jalikda foydalanilgan mashina-traktorlar miqdorini unda mavjud
bo'lgan mashina-traktorlar miqdoriga taqsimlash lozim. Uni quyidagi formula
yordamida aniqlash mumkin:
84
www.ziyouz.com kutubxonasi
MTPfk
=
—
Ms
Bunda:
M T P jk-
mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti.
Fs
- foydalanilgan mashina-traktorlarning soni (dona).
Ms -
mavjud bo‘lgan mashina-traktorlarning soni (dona).
h)
moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi. Bunda 1
etalon gektarning, 1 tonna-kilometming, 1 kilovat-soatning tannarxi aniqlanadi.
Ular quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda:
EGt
- 1 etalon gektar tannarxi;
Mx
- mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan
jami xarajat (ming so‘m);
J l
- jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga, tonna-kilometr,
kilovat-soat).
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni hisoblab, moddiy-texnika resurslarining
holati, darajasi, foydalanish samaradorligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Natijada
ulardan foydalanish holatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari belgilanadi.
4.3. Fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga
joriy etish imkoniyatlari.
Qishloq xo'jaligini ustuvor darajada rivojlantirish uchun uning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kerak. Tarmoqning moddiy-texnika
resurslari shakllantirilishi, rivojlantirilishi, ulardan samarali foydalanish
masalalari fan-texnika taraqqiyotiga va uning darajasiga bevosita bog‘liq. Fan-
texnika taraqqiyoti deganda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
fanlaming rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, malakali kadrlar tayyorlanishi
natijasida
samarali
yangi
texnikalar
yaratilishi,
mavjudlari
esa
takomillashtirilishini nazarda tutish lozim. Buning uchun ta’lim va ixtirochilik
tizimini yangi bosqichga ko‘tarish talab etiladi. Ular qishloq xo‘jaligi uchun
zarur boTgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar
yaratilishini, mavjudlari takomillashtirilishini, serhosil, tezpishar ekin navlari,
sermahsul chorva zotlari, ilg'or texnologiyalarni yaratadigan fanlaming
rivojlanishini ta'minlaydi. Natijada moddiy-texnika resurslarining miqdori
oshadi, sifati yaxshilanadi.
Mamlakatimizda fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligiga joriy etishga
alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati
korxonalarida zamonaviy, tejamli, unumli haydov, ishlov bemvchi traktorlar,
mashina va mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda. Yomg'irlatib, tomchilatib,
85
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuproq ostidan sug‘orish uchun yangi samarali texnikalar barpo etilmoqda. Bu
hol qishloq xo‘jaligida samarali, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini
ta'minlaydi.
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham
mamlakatimiz qishloq xo'jaligiga tomchilatib sug‘orishni joriy etishga alohida
e’tibor qaratilgan. Mazkur dastuming VII bo‘limida tegishli asbob-uskunalar va
tizimlami mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda
2009-2020 yillarda tomchilatib sug'orish tizimlarini joriy etish dasturini ishlab
chiqish nazarda tutilgan. Bundan tashqari respublika viloyatlarida 2009-yilda
jami 3710 gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy etish mo‘ljallangan.
Tomchilatib sug‘orishni joriy etish uchun zarur asbob-uskunalar va tizimlami
mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ham ishlar
amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Saniplast”
0 ‘zbekiston-lsroil qo'shma korxonasi mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar natijasida
tashldl etilgan boTib, tomchilatib sug'orish tizimlarini ishlab chiqarish,
loyihalami amalga oshirish, materiallami yetkazib berish va montaj qilish,
ehtiyot qismlami yetkazish va servis xizmatini ko‘rsatish, ekinlami sug‘orish
va o‘g‘itlash bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ular
tomonidan ishlab chiqarilgan tizimlar g‘o‘zani, bog‘ va issiqxonalami
tomchilatib sug‘orishda qoTlaniladi.
Fan-texnika taraqqiyotini joriy etishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar
tajribasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Isroilda suv
tanqis bo'lgan adirlarda quyosh batareyalari o‘matilgan boTib, tmung
yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi va ushbu elektr energiyasi bilan
ishlovchi nasoslar orqali yer osti suvlari chiqariladi. Ushbu suv yordamida
ekinlar va bogTar sug‘oriladi.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi, bu
jarayonda
qatnashuvchilaming
tashabbuskorligi,
tadbirkorligi
ham
uyg‘unlashishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq
xo‘jalik
texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy
vositalami,
yangi
navlami,
zotlami
yaratish, mavjud
vositalami
takomillashtirish, mehnatning xarakterini o'zgartirib, uning unumdorligini
oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko'paytirish, sifatini
yaxshilash, ulami qayta ishlab, iste'molchilarga yetkazib berish orqali aholi,
korxonalar va nihoyat, davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.
Fan-texnika taraqqiyoti qishloq xo'jaligida quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
• yangi yerlami kompleks o'zlashtirish, zax va sho‘rlangan yerlaming
meliorativ
holatini
yaxshilash,
suv
bilan
ta'minlanish
tadbirlarini
ta'minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish;
86
www.ziyouz.com kutubxonasi
• tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug‘ navlarini,
sermahsul chorva zotlarini yaratish;
• qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish
jarayonlarini
avtomatlashtirish,
elektrlashtirish,
kimyolashtirish
hamda
mexanizatsiyalashtirishni ta’minlaydigan vositalami yaratish, mavjudlarini
takomillashtirish;
• qishloq xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko'rsatish, tarmoqda ishlab
chiqarilgan mahsulotlaming zamr
miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab,
iste’molchilarga vaqtida, yaxshi holatda yetkazib berishni ta'minlashni joriy
etish;
• qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining erkinlashtirilishini ta'minlovchi
iqtisodiy mexanizmlami yaratish va ulami hayotga izchillik bilan joriy etish;
• fan-texnika
taraqqiyoti
natijalarini
qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo'lgan
mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko'rsatayotganlarning malakasini
oshirish va rag‘batlantirishni takomillashtirish.
Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlar bo‘yicha amalga
oshirilishi natijasida qishloq xo'jaligi uchun zamr bo'lgan moddiy-texnika
resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta’minlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, samarali texnologiyalarni qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etib borish maqsadga muvofiqdir. Bu
texnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan muddatda, sifatli bajarilishiga,
mehnat
unumdorligi oshishiga va xarajatlar kamayishiga olib keladi. Bu
borada ham mamlakatimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan,
g‘o‘zalami «Andijon texnologiyasi» asosida plyonka ostiga ekish, g‘o‘zalami
sug‘orishda «Isroil texnologiyasi» ni joriy etish va boshqalar. Plyonka ostiga
g‘o‘zani ekishda mahsulotni yog‘inli kunlarga qolmasdan erta yig'ishtirib olish,
suv resurslarini tejash, begona o‘tlarga qarshi kurashishda ayrim ustunliklari
mavjud. «Isroil texnologiyasi»da esa
asosiy maqsad - suvni tejashga
qaratilgan. Shu usuldan foydalanish natijasida 1 gektar paxta maydoniga 4-5
marta kam suv berish ta'minlanadi. Gollandiyadan keltirilgan kartoshka urug‘i
ekilib, seleksiya ishlari orqali mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Bu
jarayonda mahalliy tajribalardan ham keng foydalanildi. Natijada respublikada
kartoshkachilik rivojlandi, aholi ehtiyoji uchun chetdan kartoshka sotib olishga
barham berildi. Chorvachilik tarmoqlarida ham ilg‘or texnologiyalar joriy
etilmoqda. Polsha, Gollandiya kabi mamlakatlardan malisuldor chorva mollari
olib kelinmoqda hamda mahalliy sharoitlarda ularni ko‘paytirishga e'tibor
berilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar vaqtni, mehnatni, mablag'ni tejash
imkoniyatini beradi. Natijada mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi oshishi,
tannarx pasayishi va nihoyat, sof foyda summasi ko'payishini ta'minlaydi.
87
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuning uchun samarali texnologiyalami yaratishga, ulami hayotga tatbiq
etishga doimo katta e'tibor berish lozim.
Mamlakatimizda
infratuzilma sohalaridan biri bo‘lgan
elektr
energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash, tannarxini pasaytirish maqsadida
quyosh nuridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz olimlari tomonidan quyosh nuridan elektr
energiyasi oluvchi batareyalar yaratilgan va uni ishlab chiqaruvchi korxonalar
ham mavjud. Ushbu usulda elektr energiyasi olishni keng joriy etish, ayniqsa,
chekka
qishloq joylarda quyosh batareyalarini
o‘matish va ta’lim
muassasalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va tayyor
mahsulot ishlab chiqaruvchi minisexlami elektr energiyasi bilan ta’minlash
juda yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |