Umumiy ekin maydonidan olingan paxta xomashyosining qiymati bo‘yicha
yalpi mahsulotni tuzatish koeffitsiyentlari
Umumiy ekin maydonida
paxtaning salmog‘i, foizda
Tuzatish koeffitsiyentlari
30
0,526
40
0,594
50
0,661
60
0,729
70
0,797
Har xil sifatli yerlar uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining
hisoblab chiqilgan daromad me'yori 3.7-jadvalda keltirilgan.
3.7-jadval
Qishloq xo‘ jalik ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan daromad me’yori
Ball
Daromad
Ball
Daromad
boniteti
me’yori, foizda
boniteti
me'yori, foizda
10
-
60
18
20
6
70
21
30
9
80
24
40
12
90
27
50
15
100
30
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish intensivligi darajasiga bog‘liq
koeffitsiyent respublika bo‘yicha o‘rtacha darajaga nisbatan viloyatlar uchun
quyidagi ko‘rsatkichlarda qabul qiligan: Andijon - 1,2, Toshkent - 1,2,
Samarqand - 1,2, Surxondaryo - 1,3, Farg‘ona - 1,1, Namangan - 1 ,1 , Xorazm
- 1,0, Buxoro - 1,0, Jizzax - 0,8, Qashqadaryo - 0,8, Navoiy - 0,8, Sirdaryo -
0,8, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 0,7, respublika bo‘yicha - 1,0.
69
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sug‘oriladigan yerlaming me’yoriy bahosini aniqlashda shu yeming
aholi yashash joylariga va mahsulotlar sotiladigan bozorga nisbatan joylashuvi
hisobga olinadi va tegishli tuzatish koeffitsiyentlari qo‘llaniladi (3.8-jadval).
3.8-jadval
Sug‘oriladigan yerlarning me'yoriy bahosiga uning aholi yashash va
mahsulotni topshirish joylaridan qanday uzoqlikda joylashganligi bo‘yicha
tuzatish koeffitsiyentlari
Aholi yashash joyidan
uzoqligi, km
Mahsulotni topshirish
joyidan uzoqligi, km
Tuzatish
koeffitsiyenti
2 gacha
4 gacha
1,50
2-4
1,47
4-6
1,44
6 dan yuqori
1,41
o'rtacha
1,46
2 gacha
4-8
1,38
2-4
1,35
4-6
1,32
6 dan yuqori
1,29
o'rtacha
1,33
2 gacha
8-12
1,26
2-4
1,23
4-6
1,21
6 dan yuqori
1,19
o‘rtacha
1,22
2 gacha
12-16
1,17
2-4
1,15
4-6
1,13
6 dan yuqori
1,11
o‘rtacha
1,14
2 gacha
16-20
1,09
2-4
1,07
4-6
1,05
6 dan yuqori
1,03
o‘rtacha
1,06
2 gacha
20 dan yuqori
1,01
2-4
1,00
4-6
1,00
6 dan yuqori
1,00
o‘rtacha
1,00
70
www.ziyouz.com kutubxonasi
Viloyat markaziga nisbatan xo'jalik 10-20 km radiusda joylashgan
bo‘lsa ushbu koeffitsiyentlar 10-15 foizga, Toshkent shahri atrofida esa 20-30
foizga oshirilishi mumkin.
Bahorikor yerlarda faqat yog'ingarchiliklardan tuproqda yig'ilgan
namlik hisobigagina qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish mumkin.
Mamlakatimizda bahorikor yerlar o‘ziga xos iqlim sharoitiga ega, ko‘p yillar
mobaynida yillik o'rtacha yog‘ingarchilik 200 mm dan 500 mm gacha
yog‘adigan joylarda joylashgan. Amalda yog‘ingarchilik bilan ta'minlangan,
yarim ta'minlangan va ta'minlanmagan yerlarga baho beriladi. Bu boTinish
tuproqning vertikal qismlar bo‘yicha joylashuviga mos keladi. Yuqori qismda
joylashgan qo‘ng‘ir va bo‘z tuproqli yerlarga yog‘ingarchilik bilan
ta'minlangan, o‘rta qismdagi tipik bo‘z tuproqli yerlarga yarim ta’minlangan va
pastki qismda joylashgan och bo‘z tuproqli yerlarga yog‘ingarchilik bilan
ta'minlanmagan bahorikor yerlar to‘g ‘ri keladi.
Bahorikor yerlarda yetakchi qishloq xo‘jalik ekini boTib boshoqli don
hisoblanishini e'tiborga olib, bahorikor yerlaming me'yoriy bahosi shu ekin
bo'yicha hisoblab chiqiladi. Ko‘p yillik maTumotlar bo‘yicha o‘rtacha
hosildorlik yog'ngarchilik bilan taTninlanmagan bahorikor yerlarda 3,5 s/ga,
yarim ta'minlangan bahorikor yerlarda 6,5 s/ga va yog'ingarchilik bilan
ta'minlangan bahorikor yerlarda esa 9,0 s/ga atrofida boTadi.
Me'yoriy sof foyda va 1 gektar bahorikor yerning me'yoriy bahosi
sug‘oriladigan yerlar uchim keltirilgan formulalar yordamida aniqlanadi.
Zamrat boTgan hollarda bahorikor yerlarning me'yoriy bahosiga 3.8-jadvaldagi
koeffitsiyentlar orqali tuzatish kiritiladi.
Barcha xorijiy mamlakatlarda davlat mulkdorlaming yerdan maqsadli
foydalanishi va huquqiy rejimga mos kelishini qattiq nazorat qiladi. Masalan,
Fransiyaning fuqarolik kodeksi yerga ishlov bermaydigan, tuproq unumdorligi
pasayishiga yo‘1 qo‘ygan yoki jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi
mulkdorlardan yemi olib qo‘yilishi mumkin boTgan holatlami ko‘zda tutgan.
Germaniyada barcha qishloq xo'jalik yerlari mulkdorlari ulardan yemi tortib
olinishi xavfi borligi tufayli yerga ishlov berishga majburdirlar.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda mulkchilik va ijara bir-birining o‘rnini
bosuvchi yer huquqining asosiy shakllari hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrlarga
qaramasdan, xorijda yer mulkdoiiari o‘z yer uchastkalarini boshqarish huquqini
mutlaqo erkin tasarmf eta olmaydilar. Hamma joyda yer uchastkalarini sotish
va ijaraga berish, ulami meros qoldirish, garovga berish, sovg‘a qilish tartibini
o'matish shaklida amalga oshiriladigan yer munosabatlariga davlatning kuchli
aralashuvi mavjud. Ba’zi mamlakatlarda yer huquqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
cheklovlardan tashqari bilvosita xarakterga ega, lekin undan kam boTmagan
samaraga ega chora-tadbilar ham muvaffaqiyat bilan qoTlanilmoqda. Masalan,
ushbu maqsadlarda Angliyada quyidagi tartibga solish vositalari ishlatiladi: yer
71
www.ziyouz.com kutubxonasi
oldi-sotdi bitimlariga yuqori soliq stavkalari; yer sotib olishda kredit uchun
yuqori foizlar; yemi sotib olish uchun kredit rasmiylashtirishda sezilarli
byurokratik to‘siqlar va hokazo.
Xorij mamlakatlarining yer resurslaridan foydalanish jarayonlarini
boshqarish
tajribalarini
umumlashtirish
quyidagi
xulosalami
keltirib
chiqarishga imlcon beradi:
• dunyoning hech bir mamlakatida yerga cheklanmagan mulkchilik mavjud
emas, har qanday mulk shaldining amal qilishi jamiyat va davlat
manfaatlarining ustunligini ta'minlashni inobatga oladi;
• barcha rivojlangan mamlakatlarda davlat yer munosabatlarini huquqiy va
iqtisodiy tartibga solish, yer resurslaridan foydalanish va ulami saqlash
bo'yicha nazoratni amalga oshirish orqali yer munosabatlariga faol aralashadi;
• yer bozori (ayniqsa qishloq xo'jalik yerlariga nisbatan) davlat tomonidan
qat'iy chegaralanadi va nazorat qilinadi, bu yer uchastkalari bozori aylanmasi
tezligida namoyon bo‘ladi:
• rivojlangan xorijiy mamlakatlarda yer resurslarini boshqarishda
davlatning yetakchilik rolini saqlash uchun mulkchilikdan yer uchastkalari
ijarasiga o'tish ustuvorligiga erishish tendensiyasi shakllanmoqda;
• dunyoning barcha mamlakatlarida unumli qishloq xo‘jalik yerlarini
noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun oborotdan chiqib ketishidan himoyalash
maqsadida qishloq xo'jalik yer egaligi va yerdan foydalanishning ustuvorligi
tamoyillari rasman e’lon qilingan va qat'iyan amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jalik yerlarini noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun
ajratishni cheklash, turli toifadagi yerlar qiymatini baholash, yemi qurilish
maqsadlari uchun ajratishda bir martalik to‘lovlar miqdori hamda soliq
stavkalarini belgilashda yuqorida izohlangan xorij mamlakatlari tajribalaridan
0 ‘zbekiston sharoitida ham amalda foydalanish mumkin.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yog'ingarchilik miqdori kamayishi
munosabati bilan suv resurslari tanqisligi sezilmoqda. Masalan, 2008-yilda
bahor oylarida yog'ingarchilikning kam boiishi natijasida mamlakatimiz
qishloq xo'jaligi tarm ogi talab etiladigan me'yoming 75 foizi miqdoridagi suv
bilan ta'minlandi xolos. Shu sababli respublikamiz hukumati tomonidan suv
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va suv resurslaridan
foydalanishning zamonaviy, tejamli
usullaridan foydalanishga e'tibor
kuchaytirilmoqda.
2008-yil
28-noyabrdagi
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash,
ulaming barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-
tadbirlari
dasturi to‘g‘risida»gi
PF-4058-sonli
Farmonida
2009-yilda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 2
ming gektarli umumiy maydonda, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlami jalb
72
www.ziyouz.com kutubxonasi
etgan holda qishloq xo'jalik ekinlarini tomchilab sug‘orish texnologiyalarini
joriy etish nazarda tutilgan edi.
Mamlakatimizning ayrim hududlarida ilmiy asoslangan holda sel
suvlarini saqlab qoluvchi inshootlami barpo etish orqali ham suv resursi bilan
ta'minlanganlikni yaxshilash va sug'oriladigan yerlar maydonini oshirishga
erishish mumkin.
Snv resurslaridan unumli foydalanish ustidan qat'iy nazorat o'rnatish
va sug‘orishning zamonaviy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Egat oralab sug‘orish mamlakatimizda aw aldan foydalanib kelinadi.
Bu sug‘orish usuhning bir qator afzalliklari bilan birga, kamchiliklari ham
mavjud. Awalo, sug‘oriladigan suvning o'rtacha 25-36 foiz (ayrim joylarda 60
foizgacha) qismi yerga singadi, yeming tekisligi talabga nihoyatda javob
berishi zarur, ma'lum qiyalik saqlanishi e'tiborga olinadi. Shu jihatdan
qaraganda sug‘orishning tejamkor usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Joylaming tabiiy-meliorativ sharoitlarini hisobga olgan holda yomg'irlatib,
tuproq ostidan, tomchilatib sug'orish usullarini qo‘llash katta amaliy ahamiyat
kasb etadi. Bu usullami qo'llash natijasida ekinzorlami bir yo‘la katta
hududlarda sug‘orishga erishiladi. Shuningdek, sug‘orish me’yori kamida 50-
60 foizga qisqaradi, hosildorlik oshadi, begona o'tlaming o‘sishi juda ham
kamayadi, grunt suvlarining sathi ko‘tarilmaydi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |