- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga mos emaslik;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emasligi.
Tegishli xarajat moddalarini favqulodda zararlar moddasiga kiritish
yoki kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan
sharoitlami ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo'jalik yurituvchi subyekt
alohida iqlim
sharoitlarida joylashgan boTsa, u holda iqlim sharoitlariga
bogTiq holdagi ishlamasdan turib qolishlar favqulodda deb baholanishi
mumkin emas, chunki ushbu modda bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi
kerakligi to‘g‘risidagi mezonga mos kelmaydi.
5) sof foyda. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun soliq toTangungacha
boTgan foydadan toTanadigan soliqlar summasini ayirish lozim. Bunda
quyidagi formuladan foydalaniladi:
SF
=
STF - ST
Bunda:
S F -
sof foyda;
S T -
toTanadigan soliqlar va boshqa toTovlar summasi.
Sof foyda xo'jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoluvchi foyda boTib,
u muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlikka
baho berishda asosan sof
foyda summasiga e'tibor berish kerak.
Iqtisodiy samaradorlikka baho berishda mutlaq ko'rsatkichlar bilan bir
qatorda nisbiy ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan biri rentabelluk
darajasidir.
Rentabellik darajasi korxonalar faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga
baho berishda qoTlaniladigan asosiy mezon ko‘rsalkich hisoblanadi.
Rentabellik darajasi qilingan xarajatlarning samaradorligini tavsiflaydi, ya'ni
qilingan har bir birlik xarajat evaziga qancha sof foyda olinganligini ko‘rsatadi.
Uning darajasini aniqlash uchun sof foydani tannarxga kiritilga xarajatlarga
taqsimlab, natija
100 ga ko'paytiriladi.
Bunda quyidagi tenglikdan
foydalaniladi:
OP
Rd
= -— xlOO
T
Bunda: Rd - rentabellik darajasi, foizda.
Bu ko‘rsatkich yordamida korxona, tarmoq miqyosida yoki alohida
mahsulotlar turlari bo'yicha xarajatlaming iqtisodiy samaradorlik darajasi
aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar darajasi
qanchalik yuqori boTsa, bu iqtisodiy
samaradorlik darajasi ham shunchalik yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Masalan, rentabellik darajasi 20 foiz boTsa, bu qilingan har bir so‘m xarajat
evaziga korxonada 20 tiyindan sof foyda olinganligini anglatadi.
Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga baho berishda
rentabellik me'yori ko'rsatkichidan ham foydalaniladi.
Ushbu koVsatkichni
244
www.ziyouz.com kutubxonasi
aniqlash uchun sof foyda summasi xo‘jalikda foydalanilayotgan barcha ishlab
chiqarish fondlari umumiy qiymatiga taqsimlanadi va natija 100 ga
ko'paytiriladi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
SF
Rm=
------------ xlOO
OFq+ AFq
Bunda: Rm - rentabellik me'yori, foizda;
OFq
- aylanma fondlaming o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda;
AFq
- asosiy fondarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda;
Bu ko'rsatkich korxonada sarflangan barcha ishlab chiqarish
fondlarining bir birligi evaziga qancha foyda olinganligini anglatadi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlari bosqichma-
bosqich shakllantirilmoqda. So‘nggi yillarda qishloq xo'jaligining yalpi
mahsuloti,
shuningdek, daromadlari ham ortib bormoqda. Lekin qishloq
xo'jaligi mahsulotlari baholariga nisbatan sanoat mahsulotlari baholarining
o‘sish darajasi yuqori bo'lganligi uchun tarmoqda olinayotgan sof foyda
summasi
doimo
ham
ortayotgani
yo‘q.
Masalan,
qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining 1991-1998-yillarda o‘rtacha sotish bahosi 15150,9
martaga
oshgan bo‘lsa, sanoat mahsulotlarining o'rtacha sotish baholari 134431 martaga
oshgan. Ular o'rtasidagi mutanosibat 1:8,9 ga teng. Bunday hol qishloq
xo‘jaligida foydaning oshishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari
qishloq xo‘jaligi korxonalari barcha ishlab chiqarish resurslaridan yetarli
darajada samarali foydalanmagan.
Hukumatimiz tomonidan barcha tarmoqlarda bo‘lgani singari qishloq
xo‘jaligida ham iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo'yicha
islohotlar izchil
amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida so‘nggi yillardagi iqtisodiy islohotlar ijobiy natija
bermoqda. Jumladan, ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanish natijasida
tarmoqning yalpi mahsuloti hajmi oshmoqda va samaradorlik darajasi ham
yaxshilanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: