•
tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga
oshirilayotgan agrar-
iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ulami rivojlantirish
yo'llarini;
•
qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari,
ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yoilari;
•
tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va
ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish
lartibini o'rganish, ulami takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab
berish;
•
qishloq xo'jaligida qilinadigan doimiy va o‘zgamvchan, o‘rtacha
xarajatlarni, ulaming tarkibi va kamaytirish yo‘llarini,
yetishtirilgan
mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini
o'rgatish;
•
tarmoqda
iqtisodiy
munosabatlami
amalga
oshirishda
l'oydalanilayotgan baholar tizimini, daromad va foydani aniqlash, ulami oqilona
laqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish;
•
qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishining
qay
darajada
ixtisoslashganligini,
joylashganligini
hamda
ichki
va
tashqi
integratsiyalashganligini va boshqa
masalalarini
o‘rganish.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z predmetini o‘rganishda
quyidagi usullardan foydalanadi:
a) dialektika usuli. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘zining
maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni
dialektika qonuniga asoslangan holda tadqiq etadi. Bunda barcha iqtisodiy
jarayonlar o‘zaro bogiiqlikda va doimiy rivojlanishda deb qaraladi.
b) deduksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi nazariy
g‘oyalarga asoslangan holda ulami amaliyotga
tatbiq qilish mexanizmini
o‘rganish deduksiya usulining mohiyatidir.
d)
induksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami
o‘rganib, shular asosida nazariy g'oyalami yaratish jarayoni induksiya
usulining mohiyatidir.
Demak, qishloq xo'jaligida har qanday iqtisodiy muammoni avval
uning nazariyasidan, ya’ni g‘oyasidan amal qilishiga qarab o‘rganish yoki bu
muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi holatiga
asoslangan holda g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish
mumkin. Ikkala holatda ham iqtisodiy muammolaming
yechimi samarali
aniqlanishi kerak. Yuqorida ta’kidlangan tadqiq qilish, o‘rganish usullari
qo‘llangan holda muammoni hal etishning iqtisodiy strategiyasi belgilanadi.
Tanlab olingan tadqiqot strategiyasini joriy etish mexanizmlari va ulami
amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukammal o‘rganishlari lozim.
Masalan, respublika qishloq xo‘jaligida mulkning turli shakllarini barpo etish
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
g‘oyasi bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi nazariy g‘oyalarga va
ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda
respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotidagi holat, ma'lumotlar asos qilib olinib,
bu jarayon tobora rivojantirilmoqda.
e) analiz usuli. Ko'zlangan maqsadga erishish maqsadida biror
iqtisodiy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotni qismlarga ajratib o‘rganish usulidir.
f) sintez usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami
umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish usulidir.
g) iqtisodiy-statistik usul. Ushbu usul qishloq xo'jaligidagi keng
ko'lamli iqtisodiy jarayonlami o'rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy-statistik usul
tegishli xulosalar chiqarish maqsadida ma'lum yo‘nalishdagi ma'lumotlami
to‘plash, gumhlash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni anglatadi.
h) monografik usul. O'rganilayotgan mavzu bo‘yicha
umumiy
xulosalar chiqarish maqsadida mazkur yo'nalishdagi ilg‘or mintaqalar va
xo‘jaliklar faoliyatini chuqur o'rganish va taqqoslash mazkur usulning
mohiyatidir.
i) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul bir qancha omillar ta'sir
etuvchi murakkab iqtisodiy jarayonlarai o‘rganishda qo‘llaniladi. Ma'lum
ishlab chiqarish omillari mavjud bo'lganda biror natijaga erishish uchun turli
muqobil variantlarni o'zaro taqqoslab, ular orasidan eng ma'qulini tanlab
olishda iqtisodiy-matematik usullaming ahamiyati kattadir. Bunda kompyuter
texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan
tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining
nazariy asoslarini,
yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‘rgatish
orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni
rivojlantirishga oid muammolami qo‘yish va uni hal etish, samaradorligini
oshirish yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor
iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashga
ko‘maklashadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda barcha iqtisodiy
fanlar,
shu
jumladan
«Iqtisodiyot
nazariyasi»,
«Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot»,
«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi», «Statistika»,
«Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy tahlil» kabi fanlardan olingan nazariy
va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Iqtisodiyot
nazariyasi» fanini o‘rganmasdan qishloq xo'jaligi
iqtisodiyotini, unda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, ulaming ahamiyatini baholab bo'lmaydi.
Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ulaming har birining mazmunini, amal qilish
mexanizmini o'zlashtirmasdan qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy munosabatlar
tizimini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, mehnatni tejash va uning
unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin. «Mikroiqtisodiyot» fanidan talab
14
www.ziyouz.com kutubxonasi
vti taldif kabi iqtisodiy qonunlaming korxonalarda amal qilishini o'rganmasdan
t|ishloq xo'jaligida qanday mahsulotni, qayerda, qancha miqdorda yetishtirish
/.arurligmi to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: