O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

Axborotni tahlil qilish
moduli boshqa modullar tomonidan turli xil 
manbalardan olingan matnlarni tahlil qilish uchun javobgar. Masalan: tarmoq trafigi, 
maʼlumotni saqlash qurilmalaridagi hujjatlar. Baʼzi tizimlar rasmlardagi matnni va 
ovozli xabarlarni tanib olish qobiliyatiga ega. Barcha tahlil qilingan matnlar 
oldindan belgilangan qoidalar bilan taqqoslanadi va moslik topilgandan so‘ng 
tegishli amallar bajariladi. 
14.3.
 
DLP tizimi tarkibiy qismlari 
Odatda 
DLP tizimi quyidagi qismlardan
iborat bo‘ladi: 
1)
Quyidagi funksiyalarni bajaradigan 
markaziy boshqaruv serveri


tizimning boshqa barcha tarkibiy qismlarini yagona tizimga birlashtirish; 

konfidensial maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan maʼlumotlarning belgisi 
(signaturasi); 


148 

konfidensial maʼlumotlar bilan ishlash siyosatini yaratish, tahrirlash va 
tarqatish; 

hodisalarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash, hisobotlarni tuzish va uzatish; 

axborot xavfsizligi xodimlariga tizimni boshqarish uchun rollarga 
asoslangan kirish huquqini taqdim etish. 
2)
Tarmoq kanallari orqali uzatiladigan konfidensial maʼlumotlarni kuzatish 
va blokirovka qilish uchun modul – DLP tarmoq shlyuzi. U ikkala funksiyani amalga 
oshiradigan 1 ta qurilma sifatida yoki alohida qurilma sifatida taqdim etilishi 
mumkin (masalan, Network Monitor, Network Prevent for Web, Network Prevent 
for Email). 
3)
Ishchi stantsiyalari va serverlar uchun nazoratni taʼminlaydigan 
agentlar


konfidensial maʼlumotlarni tashuvchi vositalarga nusxalash (USB, 
CD/DVD va boshqalar); 

maʼlumot almashish buferiga joylashtirish ("Copy/Paste" funksiyasi); 

ekrandan skrinshot olish funksiyasi ("Print Screen"); 

lokal disklarda konfidensial maʼlumotlarni qidirish funksiyasini 
boshqarish. 
Xodimlarning harakatlarini nazorat qilish uchun ularning ishchi stansiyalarida 
maxsus agentlarni o‘rnatish mumkin. Bunday agent foydalanuvchining taʼsiridan 
himoyalangan bo‘lishi kerak va uning harakatlarini passiv kuzatib borishi kerak. 
Foydalanuvchi tomonidan tashkilotning xavfsizlik siyosati bilan taqiqlangan harakat 
sodir etilganida ushbu agent faol aralashishi mumkin. 
Nazorat qilinadigan harakatlar ro‘yxati: 

Foydalanuvchining tizimga kirishi va undan chiqish; 

USB qurilmalarini ulash; 

tarmoq protokollarini ushlab qolish va blokirovka qilish; 

har qanday tashqi tashuvchiga hujjatlarni nusxalash, lokal va tarmoq 
printerlariga hujjatlarni chop etish, Wi-Fi orqali maʼlumotlarni uzatish. 


149 
Korporativ maʼlumotlarni sizib chiqishdan himoya qilish uchun 
maʼlumotlarni maxfiy va maxfiy bo‘lmaganlarga ajratishning o‘zi yеtarli emas. 
Maʼlumotni funksional mansubligi (moliyaviy, ishlab chiqarish, texnologik, tijorat, 
marketing) bo‘yicha sinflarga ajratish va har bir sinf ichida uni ruxsatlar darajasi 
bo‘yicha (ochiq, cheklangan holda foydalanish, xizmat doirasida foydalanish uchun, 
konfidensial, maxfiy, o‘ta maxfiy va h.k.) toifalarga ajratish maqsadga muvofiq. 
Zamonaviy DLP tizimlari juda ko‘p parametrlarga va xususiyatlarga ega 
bo‘lib, konfidensial maʼlumotlarni sizib chiqishdan himoya qilish uchun yеchim 
tanlashda ushbu parametrlarga eʼtiborga berish kerak. Ulardan eng muhimi 
foydalanilgan tarmoq arxitekturasi. Ushbu parametrga ko‘ra, DLP tizimlari 2 ta katta 
guruhga bo‘linadi: 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish