Bog'liq «jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar»
fanidan keys-stadi va masalalar. 2.1. «Jahon iqtisodityoti va xim» fanidan talabalar uchun keys – stadilar Po’lat kiritishga bojlar qo’yildi AQSHda po’latni mamlakatga kiritishning yangi tariflarini o’zida
mujassamlashtirgan qonun kuchga kirdi. Yangi stavkalar 30% ni tashkil qilib, 3
yil muddatgacha amal qiladi. Po’latni import qilish shart-sharoitlarini o’zgarganligi
haqida 2002 yil mart oyining boshida e’lon qilingan edi.
Prezident Bush bu qaror
milliy metallurglarga kiritiladigan po’latga tariflarning pastligi sababli yuzaga
kelgan va uzoqqa chuzilgan krizisdan chiqib olishga yordam beradi, degan fikrda.
Bu albatta boshqa po’lat kuyuvchilar noroziligini keltirib chiqardi.
Evroittifoq birinchilardan bo’lib JSTga rasmiy ravishda o’z shikoyatini
bildirdi. Yevroittifoq po’lat quyuvchilar vakillarining fikricha Yangi tariflar
kiritilgani oqibatida ushbu soxa xar yili 2 mlrd. dollar foydadan voz kechishga
majbur bo’ladi. Yevroittifoq xam o’z po’lat quyuvchilarini ximoyalash maksadida
AQSHga qarshi sanktsiyalar qo’llashga hozirlanmokda. Bunday fikrlar jahonning
boshqa davlatlari tomonidan xam bildirib o’tildi. Yangi tariflar kiritishi Rossiya
Federatsiyasi, Xitoy Braziliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Norvegiya, Avstraliya
va Yangi Zellandiya kabi davlatlar eksporti uchun zararlidir. Ammo Janubiy
Afrika Respublikasi kabi rivojlanayotgan davlatlar AQSHning “qora ro’yxat”iga
tushmagan. SHuningdek yangi tariflar Kanada, Meksika, Isroil va Iordaniya kabi
AQSH bilan erkin savdo qilish to’g’risidagi shartnoma tuzilgan davlatlarga
qo’llanilmaydi.
Bundan tashqari tariflarining tasdiqlanishi AQSHning po’lat maxsulotlarini
ishlatuvchi kompaniyalar noroziligiga xam sabab bo’ldi. Ularning fikriga ko’ra,
buning oqibatida po’latning narxi oshadi va soxadagi ishchilar soni qisqaradi.
Djordj Bush yangi tariflar kiritilayotganida bunday natija bo’lishini kutgan edi.
Ammo siyosiy mantiq va muammoni keskin choralar ko’rish bilan bartaraf etish
ustun keldi. Po’lat quyish kompaniyalari shu yil Kongressda bo’ladigan
saylovlarda xal qiluvchi rolь o’ynashlari mumkin. Bundan tashqari ular 2004 yilgi
prezident saylovlariga xam ta’sir ko’satishlari mumkin. AQSHning yangi tariflar
kiritishi masalasi JST da bir necha oy va xatto yillab davom etishi mumkin. Bu
masala AQSHning xarakatiga qarshi savdo sheriklari amalga oshiradigan
xarakatlardan keyin yanada aktuallashishi turgan gap. Iqtisodiy xamkorlik va
rivojlanish tashkiloti
(OECD) fikricha, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o’z
biznesining daromadliligini saklash maqsadida o’z quvvatini 100 mln. tonnagacha
kamaytirishi lozim.