Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
uchinchilari shaytondir”. Ya’ni, shayton ularga vasvasa solib, shahvatlarini qo‘zg‘atadi.
Shuning uchun bir ayolning shahar ichida olomon orasida ma’lum yerdan
booshqa bir
yerga mahramisiz, zaruratan borishi lozim bo‘lsa (yolg‘iz qolmaslik sharti bilan), taksida
ketishining zarari yo‘q. Kechasi, shahar chetiga erining iznisiz yolg‘iz shofyor bilan
taksida ketishi harom. Allohdan qo‘rqqan musulmon ayol o‘qishda bo‘ladimi,
ishda
bo‘ladimi, eshigi yopiq bir xonada erkak bilan yolg‘iz qolishlikdan o‘zini saqlaydi.
Ayolning haj uchun mahrami bo‘lmasa turmushga chiqishi joizmi?
Bu mavzu ba’zi o‘tkinchi (manfaatparast)lar tarafidan suiiste’mol qilinib, bir qancha
ayollar tuzoqqa tushirilgan. Islom dinining kechasi ham kunduziday oydin. Ya’ni,
dinimizda yopiq qolgan mavzu yo‘q. Muvaqqat (vaqtinchalik) nikoh harom. Haj qilmoq
uchun ma’lum muddatga erkak bilan ayolning nikohlanishiga hech bir mujtahid imom izn
bermagan. Lekin ayol tul bo‘lib, jiddiy turmush ko‘rmoq istasa, erkak ham umr bo‘yi
yashamoqni o‘ylab, niyat qilib uylanmoqchi bo‘lsa, tabiiyki
bunga hech qanday qonuniy
to‘sqin yo‘q. Ayol kishi yolg‘iz bo‘lib, hech qanday mahrami bo‘lmasa, u ayolga haj farz
bo‘lmaydi. Lekin u ayolning mablag‘i bo‘lsa-yu, haj ibodatini qilishni xohlasa ishonchli,
o‘zi tanigan ayollar guruhiga qo‘shilib borishi mumkin.
Tarixdan ayonki, yuksak fazilat va axloq sohiblari doimo jamiyatning oz qismini tashkil
etib
kelishgan, talay qismi esa fisqu fujur, fahsh va turli buzuqliklardan xoli emas edi.
Bularga nisbatan moddiy tarbiya vositalari va Alloh tarafidan yuborilgan barcha
payg‘ambarlarning shariatlari shuningdek, Islom
dini ham jazo choralari, jazoi
mu’ayyidalar belgilagan.
Zino
1. Zinoning yomonligi: Islom dini turmush qurishga buyurgan va turmush qurganga bir
qancha savoblar va’da etgan. Ayniqsa, turmush qurishni osonlashtirgan va
qulaylashtirgan; uylanadigan ayollar sonini zarur bo‘lganda to‘rttaga chiqargan.
Bular
sog‘lom va baxtli turmushni ta’min etish uchundir, odamlarni zinodan saqlash uchundir.
Islom zinoni turmushning asosiy dushmani deb e’lon qilgan.
Zino – nikohsiz jinsiy munosabat qilmoqdir. Turmush qurish odamga qancha foyda va
baxt keltirsa, zino shuncha zarar va baxtsizlik keltiradi.
Zino so‘ngsiz, qon bilan yuvilmaydigan g‘avg‘olarga boshlaydi.
Oilaga oilada
bo‘lmaganlarni aralashtiradi. Bir begonani umr bo‘yi boqqani kabi, asl oiladan
bo‘lganlarni merosdan mahrum etadi. Oilaga sharmandalik tamg‘asi bosilib, tuzalishi
mushkul moddiy va ma’naviy xastaliklarga sabab bo‘ladi.
Zino Alloh kitobida, Rasululloh
(s.a.v.) sunnatida qattiq qoralangan. Qur’oni Karim:
Do'stlaringiz bilan baham: